Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3
150
pul mablag’larini qarzga berishi uning moliya bozo-
ridagi harakatining faol shakli sifatida qaralishi
mumkin. Chunki davlat qarz oluvchilarga mablag’-
larni belgilangan muddatda qaytarish va shu mab-
lag’lardan foydalanganlik evaziga to’lovni amalga
oshirish (foiz to’lash) shartlari bilan beradi.
1-rasm. Davlat qarziga ta’riflar
Davlatning kafolat berish faoliyati Davlat
moliyasi statistikasi Bo’yicha Qo’llanmada (XVJ,
2001 yil) quyidagicha aks ettirilgan: Davlat bosh-
qaruvi sektorining birliklari ko’pchilik hollarda
boshqa birliklar tomonidan olingan qarz majburi-
yatlari bo’yicha kafolatlar beradi. Ko’pchilik hollar-
da kreditor debitor (qarzdor)ga davlat boshqaruvi
sektorining birligi tomonidan qarz bo’yicha kafolat
berilgan taqdirda qarz berishga tayyordir[4]. Qarz-
ning olinishi kreditor tomonidan kafolatni talab
etish imkoniyati yaratiluvchi shartnoma shartlari
qo’llanilishi, davlat boshqaruvi sektori birligi esa
asosiy qarzdor yoki debitor sifatida qarz bo’yicha
majburiyat olinishi sharoitida yuzaga keladi. Shun-
day qilib, qarzni qabul qilishda uch institutsional
birlik qatnashadi – davlat boshqaruvi setori birligi,
kreditor va birlamchi debitor (qarzdor). Davlat
boshqaruvi organlari kreditorga nisbatan yangi
majburiyatni qabul qiladilar, debitorning birlamchi
majburiyati esa tugatiladi. Yangi qarz shartlari bir-
lamchi qarz shartlari bilan bir xil bo’lishi mumkin
yoki kafolatlarni qo’llash natijasida yangi shartlar
kuchga kirishi mumkin.
Davlat kafolatlari shakllari
quyidagilardir:
davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlari yoki soliq organlari tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan byud-
jet ssudalari, tovar kreditlari, imtiyozli kredit va
soliq to’lovining kechiktirilishi ko’rinishidagi inves-
titsion soliq kreditlari.
Moliya bozorida ishtirok etish davlatga tak-
ror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan muhim tar-
moqlar (infratuzilma, uy-joy qurilishi, qishloq xo’ja-
ligi)ni moliyalashtirish orqali moliyaviy imkoniyat-
larni kengaytirishga, ijtimoiy rivojlanishga ta’sir
ko’rsatishga, iqtisodiyotni tartibga solishga imkoni-
yat yaratadi. Ammo, asossiz va samarasiz hamda
ta’minlanmagan pul mablag’larining taqdim etilishi
soliq yukining oshib ketishiga, kapital chiqib keti-
shiga va boshqa salbiy natijalarga (iqtisodiyot to’liq
beqarorlashuvigacha) olib kelishi mumkin.
Ko’pchilik hollarda mamlakatning davlat
qarzini barqarorlik darajasi Maastrixt mezonlari
bo’yicha baholanadi: davlat qarzi YaIMga nisbatan
60 foizdan oshib ketmasligi kerak. Xalqaro tasnif
asosida qabul qilingan ekspertlarning baholashlari
quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Mamlakat katta qarzga ega, agar:
xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi
YaMM ning 80 foizdan oshib ketsa;
xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eks-
portning 220 foizdan oshib ketsa.
2. Mamlakat o’rtacha qarzga ega, agar:
xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi
YaMMning 48-80% doirasida bo’lsa;
xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eks-
Do'stlaringiz bilan baham: