O’quv ishlari.
Pedagogik amaliyot boshlanganda ta’lim muassasining ichki tartib qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishdim. Ta’lim muassasi direktori, ilmiy bo’lim mudiri va ma’naviy ishlar bo’yicha direktor muovini bilan suhbatlashdim. Menga biriktirilgan 7- “A” sinf o’quvchilari bilan tanishdim.Sinf rahbarlik ish faoliyatini yaqindan o’rgandim. Keyingi kunlarda darslarni kuzatib va dars tahlilini olib bordim. Bir nechta darslarni o`tdim:
5-“E” sinf Tarixdan hikoyalar fanidan “Oʻzbekistonning gʻalabaga qoʻshgan hissasi” mavzusida o’tkazilgan darsda urushning qanchalik darajada dahshatli ekanligi hamda urushda jasorat ko`rsatgan vatandoshlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlar aytishdi va tarqatma materiallardan unumli foydalanildi.
7-“A” sinf Jahon tarixi “Salib yurishlari” mavzusida ochiq darsni kuzatdim. Bu dars davomida sinf o’quvchilari guruhlarga bo’lib turli metodlar yordamida o’tkazildi. Mavzu o’quvchilar xotirasida yaxshi saqlanib qoldi.
8-"A" sinf Oʻzbekiston tarixi ,, Shayboniylar davlati" mavzusida dars oʻtildi. Darsda mavzu yuzasidan umumiy tushuncha berib oʻtildi.
7-"D" sinf Oʻzbekiston tarixi ,, Temuriylar davlati va madaniyati" mavzusida dars mashgʻuloti tashkil etildi. Dars yakunida analizga kirgsn oʻqituvchilar oʻquvchilarning kamchiliklari haqida gapirib oʻtishdi va ularga yechim izlashni topshirishdi.
6-"B" sinf Qadimgi dunyo tarixi ,, Qadimgi Rim imperiyasi" mavzusida dars mashgʻuloti tashkil etildi. Bugungi dars mustahkamlash darsi boʻldi. Mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
9-"D" sinf Oʻzbekiston tarixi ,, Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi" mavzusida tashkil etildi. Mavzu oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini tekshirib koʻrish usulida oʻtildi. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Dars yakunida oʻquvchilarga mavzuga oid fotosuratlar hamda videoroliklar namoyish etildi.
Darslarni kuzatish davomida o’zim uchun bir nechta o’qituvchilardan kerakli ko’nikmalarni oldim. Darsni to’g’ri tashkil etish va metodlardan, ko’rgazmali qurollardan unumli foydalanishni o’rgandim.
4-aprel 2022-yilda O`zbekiston tarixi fanidan “Amir Temur buyuk sarkarda, dono shoh” mavzusida Amir Temur o`z davlatini qurishda,asosan, nimalarga e`tabor berganlari va ichki kurashlari haqida ma`lumot berildi. Darsda “T” metodi qo`llanildi.Bunda o`quvchilarni mantiqiy fikrlatishga o`rgatish maqsad va tezkorlikni o`rgatish. 3-may 2022-yilda 5-“E”sinfga Tarixdan hikoyalar fanidan “Xotira aziz” mavzusida dars mashg’ulotini olib bordim. Bu darsda Xaritadan va mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” metodidan foydalandim. Uyga vazifani so’rashda savol-javobdan foydalandim.
Darslar davomida birinchi sinflarda o'quvchilarni ismidan, shaxsiy xususiyatlaridan, individual qobiliyatlaridan va bilimlaridan xabardor emasligim sababli qiyinchiliklarga duch keldim.
Kichkina hayajonim tufayli qiyinchiliklar ham yuz berdi, ba'zida men voqealar paytida adashib qoldim. Barcha dastlabki darslarning boshida o‘quvchilarning intizomi bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lgan, ammo dars davomida bu qiyinchiliklar hal qilindi, chunki biz bir-birimizni yaxshiroq bilib oldik va o‘quvchilar bilan til topisha oldik.
Keyingi darslar a'lo darajada o'tdi.Men tartibni buzuvchilarni allaqachon bilganman, ularning qoidabuzarliklarini to'xtatganman. U o'quvchilarning ismlarini va ularning mavzuga bo'lgan munosabatlarini, mavzu bo'yicha bilimlarni, o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini bilardi, bu ular bilan muloqotimni va individual topshiriqlarni taqsimlashni osonlashtirdi.
Darsda o‘tira olmaydigan o‘quvchilarni quyidagi tartibda jazoladim va ularni ogoxlantirdim. Ular o‘z xatolarini tushunib yetishdi va boshqa bunday qilmasliklari haqida aytib uzur so‘rashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |