DAVLAT MUZEY FONDI
Muzey faoliyati, muzey zaxiralari asosida yuritiladi. Zaxiradagi predmetlarni muzey xodimlari yig‘ib, ko‘paytirib borishlari, saqlashlari, tadqiqot o‘tkazishlari, shuningdek ta’lim-tarbiya va ilmiy ishlarida foydalanishga sharoit yaratishlari zarur. Zaxira orqali muzey o‘tmish bilan hozirgi davrni bog‘lashi mumkin.
Muzey zaxiralarining arxiv va kutubxona zaxiralaridan farqi shundaki, muzey predmetlarining o‘ziga hos hususiyatlari bor. Boshqa farqli tomoni – muzey zaxirasida tarixiy jarayonlar majmuasi xujjatlashtiriladi. Arxiv va kutubxonalar muzeylarga o‘xshab ko‘plab manbalarni yig‘ishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi. Muzeylar uchun predmetga ta’luqli ma’lumotning faqat mazmuni va xajmigina yetarli emas, bu predmet nima maqsadda, qanday qilib yaratilganligi haqida ham axborot kerak, ya’ni predmetning tarbiatini aniqlovchi ma’lumotni yetkazib berish hususiyati bo‘lishi lozim.
“Muzey zaxiralari” deganda, muzeyga doimiy saqlovga qabul qilingan, ilmiy tashkllashtirilgan materiallarning yig‘indisi tushuniladi. Bunda ular nafaqat zaxira saqlovi va ekspozitsiyada, balki boshqa muzey yoki muassasaga vaqtinchalik ko‘rgazmaga berilgan bo‘lishi, shuningdek ekspertiza, ta’mirlash uchun jo‘natilgan bo‘lishi mumkin.
Muzey zaxiralari asosini – muzey predmetlari tashkil etadi. Bularga tarix va madaniyat yodgorliklari, ijtimoiy va tabiiy jarayon va hodisalarni xujjatlashtira olish hususiyatiga ega, o‘z muhitidan ajratib keltirilgan tabiat obyektlari kiradi.. Ulardan tashqari, zaxiralarga ilmiy – yordamchi materiallar ham kiradi. Lekin bu materiallar muzey predmeti xususiyatga ega bo‘lmay, muzey predmetlarini o‘rganish va ekspozitsiyalashga yordam beradi. Predmetni o‘rganish jarayonida yoki bevosita ekspozitsion zaruriyat uchun yaratilgan rekonstruksiyalar, maketlar, modellar, xaritalar, loyixalar, grafiklar, tablitsalar, turli sxemalarga ilmiy yordamchi material deyiladi. Ularning birlari, ba’zi bir sabablarga ko‘ra ekspozitsiyaga joylashtirib bo‘yalmaydigan predmetlarning tashqi qiyofasini tasavvur qilishga imkoniyat yaratadi. Boshqalari, predmet haqida qo‘shimcha axborot beradi.
“O‘ziga xos” va “Nodir” tushunchalari bilan ifodalanadigan muzey predmetlari qiymati ham noteng qimmatga ega.
Namunali (tipovoy) muzey predmeti deb, o‘ziga xos xodisalarni aks ettiruvchi va xozirgi davrda mavjud, ko‘p xajmdagi predmetlarga xos hususiyatga ega bo‘lgan buyumlarga aytiladi. Bunga namunali (tipovoy) xujjatlar, standart sanoat maxsulotlari misol bo‘la oladi. Mazkur predmetlar agar muzeyda yagona nusxada saqlansada, namunali (tipovoy) deb ataladi, chunki kundalik turmushda u bilan bir xil predmetlar mavjud. Tipovoy predmetlar faqat seriyali ishlab chiqarish namunalari bo‘lmaydi; ular ma’lum xodisalarni tavsiflovchi kamdan – kam uchraydigan predmetlar ham bo‘lib, muzeylarda uncha katta bo‘lmagan xajmda saqlanadi. Bunga neolit davrining tosh qurollarini misol qilish mumkin.
Muzey predmetlarining turli tiplaridan shakllangan kolleksiya (xujjatlar, fotolar, san’at asarlari, buyumlar), o‘zlarining majmuasida ma’lum mavzuni ochib beradi va bunga tematik kolleksiya deyiladi. Agar turli tipdagi predmetlar yig‘indisi ma’lum shaxs yoki tarixiy voqea bilan bog‘liq bo‘lsa – memorial kolleksiya xisoblanadi. Ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan va muzey saqloviga keltirilgan kolleksiyaga –xususiy kolleksiya deyiladi.
Muzey zaxiralarini yana bir necha qismga ajratish mumkin. Lekin bu masala ko‘p munozarali xisoblanadi. Masalan, ba’zi muzeyshunoslar, chegaralangan vaqtga, ekspozitsiya, ko‘rgazma yoki ilmiy qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlar, muzeylar va shaxslardan olingan predmetlar vaqtinchalik saqlov zaxirasiga kiritilishi kerak deb xisoblaydilar.
Muzey zaxiralari “muzey predmetlari zaxirasi” va “ilmiy – yordamchi materiallar” zaxirasiga bo‘linadi. Muzey to‘plamlari zaxira asosini tashkil etib, uning bazasida muzeyning asosiy predmetlari saqlanadi. Muzey muxtoj bo‘lmagan qolgan muzey predmetlari almashtirishga oid zaxiraga kiritiladi. Undagi predmetlar madaniyat Vazirligi ruxsatiga binoan boshqa muzeylarga bepul asosda berishga yoki ixtisoslikka xos predmetlar bilan almashtirishga mo‘ljallangan.
Namunali (tipovoy) va nodir predmetlar fan va madaniyat uchun turli ahamiyat kasb etganligi bois, ularni kolleksion zaxira tarkibidagi dublet zaxira, ixtisoslikka oid bo‘lmagan predmetlar zaxirasi, ortiqcha dublet materiallari zaxirasiga ajratish, mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi.
Memorial muzeylarda kolleksion zaxirani memorial predmetlar zaxirasi va memorial ahamiyatga ega bo‘lmagan predmetlar zaxirasiga ajratish tavsiya etilgan.
Bir qator tabiiy – ilmiy muzeylarning zaxiralari ma’lum o‘ziga xosliklarga ega. Individual va betakror bo‘lgani uchun, tabiat obyektlari almashtirishga oid yoki dublet zaxiralarga ajratilmaydi. Ba’zi yirik muzeylarda asosiy zaxira, ilmiy zaxira va ekspozitsion zaxiraga bo‘linadi. Shunday bo‘linish asosida, materialni turli fiksatsiyalash uslubi va konservatsiyalash shakllari yotadi. Bu ekspozitsiyalash va tadqiq etish uchun muhim ahamiyatga ega.
Spirt aralashmalari yordamida fiksatsiya qilingan nam preparatlar, tez rangsizlanadi va ekspozitsion ko‘rinishini yo‘qotadi. Lekin organizmning morfologik va anotomik o‘ziga xosliklari to‘liqligicha saqlanadi, bu esa navbatida tadqiqot o‘tkazish uchun zarur. Fiksatsiyalashda formalinli aralashmadan foydalanilgan preparatlar juda sezilarsiz darajada rangsizlanadi, lekin matolarning tuzilishi (stukturasi) o‘zgaradi. Shuning uchun ular ekspozitsion ko‘rkamligini saqlab qolsada, amalda to‘liq ilmiy tadqiq etish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Predmetlarning asosiy yoki ilmiy yordamchi zaxiralarga oid ekanligi, turli xujjatlar orqali rasmiylashtiriladi. Mamlakatimizdagi barcha muzeylarining muzey predmetlari, O‘zbekiston Respublikasining Muzey zaxirasini tashkil etadi.
Ashyoviy (buyumli) manbalar – insonlar tomonidan qilinib, o‘zga xos manfaatdorlikka ega buyumlar bo‘lgan muzey predmetlaridir. Bu mehnat qurollari, turmush asbob – anjomlari, xarakatlanish vositalari, qurollar va boshqa narsalarga mo‘ljallangan premetlar bo‘lib, ular xo‘jalik faoliyati, turmush tarzi, ijtimoiy tuzum, estetik va diniy tasavvurlar xaqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. Ashyoviy manbada mavjud axborot, bevosita predmetning material tomoni uning shakli, tuzilishi, materiali, razmeri, vazni, rangi orqali yetkazib beriladi.
Tasviriy manbalarga – tasviriy san’at asarlari – rangtasvir, xaykaltaroshlik, grafika kabilar karadi. Bundan tashqari, sxematik tasvirlar – chizmalar, loyihalar xaritalar ham kiradi.
Yozma man’balarga - yozuv belgilari - xarf, raqam va boshqa timsollar orqali qayd qilingan ma’lumotlarga ega muzey predmetlari kiradi. Yozma manbalar juda xilma – xil; ularga yilnomalar, solnomalar, xujjatlar, statistik ma’lumotlar, adabiy va publitsistik asarlar, noyob kitoblar kiradi.
Ovozli manbalar – bu maxsus texnik vositalari yordamida yozib qo‘yilgan, inson nutqi, musiqa ovozi kabi manbalardan tashkil topgan muzey predmetlaridir. Ular atoqli shaxslarning ovozini, o‘quvchi nutqining o‘ziga xosligi, musiqachilarning ijro mohorati kabilarni yetkazib berishi mumkin. Bunga patefon, grammofon plastinkalari, magnit lentalari, kompakt disklar misol bo‘la oladi.
Foto - manbalar fotoapparatura yordamida olingan tasvir ko‘rinishdagi axborotni saqlaydigan muzey predmetidir. Bularga faqat foto suratlar emas, oyna ustidagi, plyonkadagi va boshqa materiallardagi negativlar; qog‘ozdagi, keramikadagi, metalldagi fotootpechatkalar; plenka yoki oyna ustidagi diopozitivlar misol bo‘la oladi.
Kino manbalar - dinamik tasvir ko‘rinishidagi, texnika vositalari orqali yoziladigan va namoyish etiladigan muzey predmetlaridir.
Ma’lum manba turiga oid predmetlar, ko‘p hollarda boshqa turdagi manbalarning elementini saqlaydi. Masalan, portretlar va janrli tasvirlar vazalarda, idishlarda, gilamlarda uchraydi. Lekin bunda yodgorliklarning moddiy madaniyat yodgorligiga tegishliligi o‘zgarmaydi, ya’ni ular ashyoviy manbaligicha qoladi. Tasviriy san’at manbalari elemetlari ko‘pincha kitoblarda, miniatyuralar ko‘rinishda ham uchraydi.
Zaxiralarda u yoki bu turdagi muzey predmetlarining o‘zaro nisbati muzey ixtisosligi va uning konkret spetsifikasiga bog‘liq. Masalan, fan va texnika muzeylarida mashina, aniq asboblar, mexanizmlar kabi ashyoviy manbalar ustuvorlik qiladi, adabiyot muzeylarida esa zaxira asosini yozma manbalar tashkil etadi. Lekin bunda ta’sviriy, manbalar, kino – manbalar, tovushli manbalar roli xech qancha pasaymaydi.
Tasviriy san’at kolleksialari manbalarni ko‘p hollarda tasviriy san’at asarlari kolleksiyasi va sxematik tasvirlar kolleksiyasiga bo‘ladilar. Tasviriy san’at asarlari oldin turlari bo‘yicha – rangtasvir, xaykaltaroshlik, grafika; so‘ngra yaratilish vaqti, maktablari, janrlari, muallifga oidligi bo‘yicha bo‘linadi. Sxematik tasvirlarning bo‘linish prinsiplari sifatida territorial belgilar, yaratilish vaqti, tayorlanish texnikasi, mazmuniga e’tibor qaratiladi.
Yozma manbalar kolleksiyasi qo‘yidagi muzey predmetlari turlariga ajratiladi: qo‘lyozma va bosma, shaxsiy va muassasa materiallari, vaqtli nashrlar, kitoblar, ro‘znomalar, blanklar. Tarixiy ixtisoslikdagi muzeylarda ular tematik va soha prinsiplari bo‘yicha ham bo‘linadi.
Foto manbalar tayorlanish texnikasi bo‘yicha negativlar, pozitivlar, dagerrotiplarga tasniflanadi; tematik prinsipi bo‘yicha – fotoportret, syujetli foto suratlar va boshqalarga tasniflanadi. Lekin, shuni takidlash joizki, muzeyshunoslikda foto xujjatlarning ma’lum muzey manbalari turiga oidligi haqida yagona fiklar mavjud emas. Bir muzeylarda ular mustaqil guruhni tashkil etadi, boshqa muzeylarda ular tasviriy zaxiraga kiritiladi, uchinchi, muzeylarda – yozma manbalar bilan birlashtirib, xujjatli fondga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |