Davlat muzey fondi



Download 22,6 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi22,6 Kb.
#673486
1   2
Bog'liq
2 5204403325025393754

Ilmiy - zaxira ishlari
Zaxiralar bilan muzeyning barcha ilmiy bo‘linmalari ishlaydi, va bu ish muzey predmetlarini saqlashga, tadqiq etishga, ulardan foydalanishga qaratilgan. Saqlash ishi, predmetning yashash muhitida aniqlash bosqichidayoq boshlanadi va muzey faoliyatining muhim yo‘nalishidan biri - zaxiralarni komplektlash maqsadini tashkil etadi. Predmetlarni tanlash bosqichida ularni o‘rganish jarayoni boshlanadi, bundan maqsad, predmetning muzey qimmatiga egami, yo‘qmi ekanligini aniqlashdan iborat.
Muzeyga olingan predmetlarning barchasi, davlat mulki sifatida xujjatlashtiriladi. Shu tarzda ularning yuridik saqlovi - zaxiralar hisobi amalga oshiriladi. Bu ish kelgusidagi muzey predmetlarini o‘rganish jarayonida olib boriladi, chunki ular xaqida xujjatlarda qayd etilgan faqat ilmiy ma’lumotgina kornkret predmet haqida nisbiy yozish ishlari olib borishga imkon beradi.
Muzey predmetini aniqlash jarayonida, unga xos barcha belgilar solishtiriladi. U boshqa o‘ziga o‘xshash va bir xildagi predmetlar bilan taqqoslanadi. Bu ishda ilmiy va so‘rov adabiyotlari katta yordam ko‘rsatadi – monografiyalar, so‘rovnomalar, kataloglar, yo‘lko‘rsatkichlar shular jumlasidandir. Shuningdek, predmetlarni aniqlashga yordam berishga mo‘ljallangan maxsus nashrlar ham mavjud. Ularda bir – biriga o‘xshash predmetlarning belgilari ajratilgan va yozilgan bo‘lib, illyustratsiyaga boy nashrdir. Aniqlovchi adabiyotlarning birlari materiali bo‘yicha o‘xshash predmetlarni, boshqalari nimaga mo‘ljallanganligi yoki keltirilagan muhiti bo‘yicha o‘xshash predmetlarning o‘xshash belgilarini yozadi.
Aniqlash natijasida predmetdan olingan ma’lumotlar, muzey zaxiralarining xisob xujjatlari va ilmiy - so‘rov apparatida yozib qo‘yiladi.
Muzey predmetlarini o‘rganishning keyingi bosqichi – tasniflash va sistematizatsiyalash bo‘lib, predmetlarning o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi. Tasniflash muzeyga kerakli predmetlarning bir – biriga aloqadorlik belgilari bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi. U muzey tomonidan ishlab chiqilgan tasniflash sxemalari bo‘yicha amalga oshiriladi, va nafaqat muzeydagi bor predmetlarni, balki unda bo‘lishi lozim bo‘lganlarini ham qamrab oladi. Shu bilan u muzey to‘plamida mavjud yetishmovchiliklarni aniqlaydi.
Zamonaviy davrning ko‘p predmetlari xaqida aniq ma’lumot olish imkoniyati, yanada tafsiliy ravishda tasniflash va sistematizatsiyani o‘tkazishga imkon beradi.
Tadqiqotchi nafaqat alohidagi predmetlarni, balki, ularning koleksiya tashkil etadigan majmuini ham o‘rganishi mumkin. Lekin muzey kolleksiyalari va to‘plamlarini o‘rganish nazariyasi va usulbiyati ham ishlab chiqilmagan.
Predmetlarni o‘rganish, ularni topib olingan joyidayoq boshlanadi, hamda muzey to‘plamiga kiritish uchun tanlanayotganda ham o‘rganiladi. Aniq qimmatli tavsiflarga ega, real muhit predmetlari, muzey predmetlariga aylanadi, va bu muzey tomonidan, o‘z faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan – muzey zaxiralarini komplektlash natijasida amalga oshiriladi.
Muzey zaxiralarini komplektlash
Muzey zaxiralarini komplektlash – muzey faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning mohiyati muzey ahamiyatidagi predmetlarni yig‘ish va aniqlashdan iborat va maqsadi ularni muzey predmetiga aylantirish va muzey to‘plamini to‘ldirishdir. Komplektlash muzey hayotining barcha bosqichlarida davom etib, zaxiralarni ilmiy loyixalash dasturiga mos tarzda muntazam olib boriladi.
Oldinlari komplektlash zaxira ishlarining yo‘nalishlaridan biri xisoblanar edi. XX asrning oxiriga kelib, komplektlashni – muzey faoliyatining mustaqil yo‘nalishi qilib ajratish xaqida tendensiyalar mavjud bo‘ladi.
Zaxiralarni komplektlash - muzey ishining zamonaviy amaliyoti va nazariyasining juda murakkab va kam ishlab chiqilgan muammolaridan biridir. XX asrning II yarmigacha “muzey zaxiralarini komplektlash” terimini “yig‘uvchilik ishi” termini bilan tenglashtirib kelingan edi. Keyinchalik yig‘uvchilik ishi – muzey zaxiralarini komplektlashning tarkibiy qismi deb yuritila boshlandi va komplektlash dasturini amalga oshirishdagi amaliy faoliyat deb qaraldi.
Shuday qilib “muzey zaxiralarini komplektlash” tushunchasi yangi mazmun bilan to‘ldirilib, muzey to‘plamlari bilan ishlashning yangi, konseprual darajasini aks ettira boshladi.
Muzey zaxiralarini komplektlashning ilmiy konsepiyasi, muzey ilmiy konsepiyasining tarkibiy qismi bo‘ladi. U muzey ixtisosligi va uning muzey tarmog‘idagi o‘rniga mos ravishda - maqsadlari, yo‘nalishlari, shakllari va komplektlash uslublari xaqidagi umumlashtirilgan sistemali tasavvurga egadir. Unda muzey maqsad va vazifalariga qarab, zaxiralarga material tanlash mezoni aniqlanadi.
Sistematik va tematik komplektlashning vazifalari kompleksili komplektlashni birlashtiradi, bu asosan uncha katta bo‘lmagan muzeylarda amalga oshiriladi.
Ekspeditsiyaning asosiy xujjati – dala ro‘yxati bo‘lib, muzey ahamiyatiga ega predmetlarni ro‘yxati va xisobi yoziladi. Unda predmetning tartib raqami; topilgan kuni va joyi (yoki sotib olingan); nomlanishi va qisqa ta’rifi; predmetlarning soni (ba’zida bitta raqam ostida bir necha o‘xshash predmetlar yoziladi); predmetning ishlangan vaqti, texnikasi, materiali (ishlangan vaqti aniq bo‘lmasa, taxminan yoziladi); uni nimaga mo‘ljallanganligi, yashash muhitida qanday foydalanilganligi va saqlanganligi; o‘z muhitidagi tarixi; kirim manbasi yoki predmetning egasi haqida ma’lumot; bahosi (shu yerda sovg‘a qilinganligi xaqida xam yoziladi); ilova yoziladi. Berilgan raqamlar ostida dala ro‘yxatiga barcha dala xizmatlari kiritiladi.
Ikkinchi asosiy xujjat – dala kundaligi xisoblanadi. Unda xronologik tartibda yig‘uvchilik ishining olib borilishi, voqelik ustida kuzatuv, uchrashuvlar, dala ro‘yxati rubrikasidan tashqari doiraga kiruvchi predmetlar xaqida ma’lumot, xarakatlanish grafigi, kelgusi tadqiqot va izlanishlar xaqidagi taxliliy reja kabilar yozib boriladi.
Ekspeditsiyadan muzeyga qaytgach, yig‘ilgan materiallarni dala xujjatlari bilan birga zaxira – sotibolish kommissiyasi ko‘rib chiqadi. U kolleksiyani bir butunligicha – qo‘yilgan mavzuni aks ettirlishining to‘liqligi nuqtai nazaridan, va har bir predmetni alohida – uning muzey ahamiyatiga ega ekanligi nuqtai nazaridan baholaydi. Zaxira komissiyasi qaror qabul qilganidan so‘ng, predmetlarning bir qismi asosiy zaxirani, qolgani – ilmiy – yordamchi zaxirani to‘ldiradi, va bularning hammasi maxsus protokolga yozib qo‘yiladi. Dala ro‘yxatining oxirgi betlarida, materiallarni zaxira xodimlariga berilganligi xaqida fakt ham yozib qo‘yiladi, va boshqa ekspeditsion xujjatlar bilan birgalikda doimiy saqlovga topshiriladi.
Bunda turli tipdagi predmetlardan tashkil topgan tematik ekspeditsiya kolleksiyalari, turli zaxira bo‘linmalariga ajratib yuboriladi.
Xar bir predmet mavjud muzey to‘plami tasnifi asosida shakllangan, ma’lum muzey kolleksiyasi tarkibida, mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, saqlanishi lozim.
Shunday qilib, zaxiralarni komplektlash jarayonini qo‘yidagi o‘zaro bog‘liq bosqichlarga bo‘lish mumkin. Avvalambor, muzey zaxiralarini komplektlashning ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Unda muzeyda mavjud zaxiraning mazmuni va tuzilishining bahosi; kolleksiyalarni to‘ldirish yoki komplektlash tavsifining yo‘nalishini asoslash; muzey oldida turgan maqsad vazifalarni xisobga olgan holda zaxiralarga material tanlash mezonlarini aniqlash kabilar yoziladi.
Oldinlari komplektlash, zaxira ishlari strukturasida ko‘rib chiqilar edi; endilikda, qoidaga ko‘ra, muzey faoliyatining mustaqil yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Muzey zaxiralarini xisobga olish
Muzey zaxiralarini xisobga olish, zaxira ishlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. Uning maqsadi, muzey zaxiralarini, xamda muzey predmetlari va kolleksiyalarini o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar xuquqini yuridik saqlashdan iborat. Zaxiralarning xisobi, uzluksiz davom etuvchi jarayondir, chunki, muzey zaxiralari doimo to‘ldirib boriladi, predmetlarning xarakati va ularning holati nazorat qilinadi. Muzey predmetlarini xisobga olish, saqlash va ilmiy qayta ishlash, muzey tegishli bo‘lgan vazirlikning meyoriy xujjatlari bo‘yicha boshqariladi.
Qimmatbaho metallar, toshlar, orden va medalar, qurol aslahalardan ibrat predmetlarni qabul qilish maxsus meyoriy xujjatlar orqali amalga oshiriladi.
Tegishli zaxira bo‘linmalariga keltirishdan oldin, predmetlar birlamchi registratsiyadan o‘tadi, bu bilan ularning butunlay muzeyga tegishligi mustaxkamlanadi. Predmetlar muzey eksponatlarining kirish kitobiga yoki ilmiy – yordamchi materiallar xisob daftariga kiritiladi, uning shakli ma’lum instruksiya bo‘yicha bo‘lishi kerak. Tabiiy – ilmiy muzeylarda ashyoviy materiallar – ashyoviy materiallarning xisob daftarida registratsiya qilinadi.
Muzeyga vaqtinchalik saqlovga keltirilgan predmetlar, vaqtinchalik foydalanuv kirish kitobiga yoziladi. Ular akt bo‘yicha qaytariladi va akt direktor buyrug‘iga binoan tuzilib, predmetni saqlangan zaxira bo‘linmasi mudiri, moddiy javobgarlik saqloviga vaqtincha qabul qilgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Uning to‘liq xisob belgisi misol uchun qo‘yidagicha bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston Davlat San’at muzeyi - DSM, kirish kitobi- KK deb belgilangan.
Xisob belgisi qo‘yayotganda predmetning tashqi ko‘rinishiga shikast yetkazmaslik muhim, shuningdek uni shunday qo‘yish kerakki, saqlovchi va tadqiqotchiga ko‘rinadigan, to‘kilib ketmaydigan, o‘chmaydigan bo‘yoqda yozilishi kerak. Masalan, metall predmetlarga u emal buyoqda, sopol buyumlarda tush yoki moy bo‘yoqda yoziladi.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan qilingan predmetlar inventarlarga faqat materialning asl nusxaligini va aniq og‘irligini tasdiqlovchi, zargar ekspertizasi akti bo‘lgandagina yoziladi. Maxsus inventar kitoblarida ularning qo‘shimcha xisobi olib boriladi, shuning uchun boshqa predmetlardan farqi, ular ikki emas, uch nomerga ega bo‘ladi.
Yozma manbalar turli tuman arxiv boshqaruv organlari ishlab chiqargan qoidalarga ko‘ra xisobga olinadi. Xisobga olish arxiv zaxiralari, arxiv kolleksiyalari, xisob birligi bo‘yicha olib boriladi. Arxiv zaxiralarining ro‘yxati yuridik tomondan ilmiy inventarizatsiya kitoblariga tenglashtiriladi.
Ilmiy inventarga yozish qo‘shimcha tuzilgan predmetning ilmiy ro‘yxati kartochkalari asosida qilinadi, ularning grafalari, inventar grafalariga mos tushishi lozim. U muzey predmetini aniqlash jarayonida to‘ldiriladi va uning barcha asosiy belgilarini o‘rganish natijalarini yozadi. Tavsiflash matni ilmiy inventarga kiritilguniga qadar zaxira bo‘limalari mudiri ilmiy bo‘lim direktor o‘rinbosari yoki bosh saqlovchi tomonidan qo‘shimcha tekshirilib qayd belgisi qo‘yiladi.
Ilmiy tavsiflash jarayonida kartochkaning mazmuni to‘ldirilishi, aniqlashtirilishi va xattoki o‘zgartirilishi mumkin. Bunda ilmiy inventarga kiritiladigan barcha o‘zgarishlar, xuddi kirish kitobidagi qoida kabi rasmiylashtiriladi.
Muzey zaxilari uzuluksiz xarakatda bo‘ladi. Chunki predmetlar boshqa muzey va muassasalarga almashinuv tartibida doimiy foydalanuvga yoki vaqtinchalik ekspozitsiyalar, ko‘rgazmalar yaratishga beriladi. Muzey ichidagi predmetlar yanada aktivroq joydan joyga ko‘chiriladi. Ular boshqa bo‘limlarga ekspozitsion – ko‘rgazma ishlari uchun vaqtinchalik foydalanuvga, o‘rganishga, ta’mirlashga, fotonusxalashga berib turiladi. Muzey ichida uzoq muddatga berish (boshqa zaxira bshlinmalariga, ekspozitsiyaga) ichki muzey akti bilan rasmiylashtiriladi (berish akti) va bosh saqlovchi tomonidan imzolanadi. Zaxira bo‘linmalaridan muzeyning boshqa bo‘limlariga, masalan fotolabaratoriyaga, qisqa muddatga beriladigan predmetlar, maxsus kitobda, qabul qilib olingan shaxs tilxati bilan registratsiya qilinadi.
“Xisob xujjatlari” “termini bilan bir qatorda yanada kengroq ma’noli” – “zaxira xujjatlari” tushunchasi mavjud. Xisobdan tashqari u zaxiralarni fizikaviy saqlovi jarayonida paydo bo‘ladigan xujjatlarni, shuningdek ularning tasniflanishida va sistematizatsiyalanishida yuzaga keladigan – tasnifiy sxemalar, kataloglar va ko‘rsatkichlar kabi xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib zaxira xujjatlari ham zaxiralarining o‘zi xaqida, ham muzey predmetlari xujjatlashtiradigan jarayonlar va hodisalar xaqidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi va o‘z ichiga oladi. Demak, u informatsion sistemani o‘zida ifodalaydi. Zaxira xujjatlaridan tashqari, unga alohidagi predmetlar va ularning guruhi tadqiqotlarining monografiya va maqola tarzida yozilganlari, shuningdek ixtisoslik sohalarida, muzey predmetlari asosida yaratilgan tadqiqotlar ham kiradi.
Muzey zaxiralarini saqlash
Muzey zaxiralarining maqsadi, muzey boyliklarini saqlanishini ta’minlanish, ularni yemirishlish, shikastlanish, o‘g‘irlanishidan ximoya qilish, shuningdek kolleksiyani ko‘satish va o‘rganish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.
Zaxiralarni saqlash ishlari zaxira saqlov xonalarida, ekspozitsiyada, predmetning muzey ichida va tashqarisida xarakatlanishi davrida amalga oshiriladi. Zaxiralarni saqlashni tashkil etish xaqidagi prinsipial qonunlar, umumdavlat meyorlari bo‘yicha aniqlanadi va bunga barcha muzeylar amal qilishi kerak. Lekin xar bir muzey zaxirasi o‘zining spetsifikasiga ega; u zaxiralarning strukturasi va tarkibida, predmetlarning soni va ularning saqlanganlik darajasida, muzey binosi va zaxira xonalarining qurilishidagi o‘ziga xosliklarda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun asosiy meyoriy xujjatlarga qo‘shimcha tarzda muzeylarda ichki foydalanuv uchun zaxiralarni saqlash bo‘yicha instruksiya ishlab chiqiladi.
Zaxiralarni saqlash tartibining turlari
Muzeylardagi asosiy muammolardan biri, turli xil tarixiy va madaniy yodgorliklarni o‘z holicha saqlab qolishdan iboratdir. Zamonaviy muzeyshunoslikda “Saqlash” deganda, eksponatlarning uzoq vaqt saqlanishi uchun sharoit yaratib berish tushuniladi. Bunga eksponatlarning fizikaviy, kimyoviy va texnologik hususiyatlaridan kelib chiqib amalga qilinadi. Shuningdek muzey binosining qurilishi, moslashtirilish darajasi ham predmetlarni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Predmetlarda doimiy ravishda eskirish jarayoni kuzatilishi tabiiy va uni to‘xtatib bo‘lmaydi, faqat bu jarayonni sekinlashtirish va minimumga tushirish mumkin halos. Predmetlarning saqlash sharoitini ta’minlash, zaxira saqlovchilari va ta’mirlovchilar zimmasiga yuklanadi, ya’ni ular sharoit yaratishga javobgar shaxs xisoblanadilar.
Saqlash jarayonida asosiy o‘rinni iqlim egallaydi – bu xarorat, namlik yoritish va tozalik uyg‘unligidir.
Xarorat – namlik tartibining beqarorligi, turli fasllarga keskin o‘zgarib turishi predmetlarning eskirish jarayonini tezlashtiruvchi asosiy omillardan biridir. Xarorat va namlik darajasining predmetga ta’sir kuchi va tavsifi, ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, predmet tayyorlangan material, uning tuzilishi, muzey keltirilgunga qadar turgan muhiti shular jumlasidandir. Masalan, qalaydan qilingan buyumlar +13 dan past xaroratda yemiriladi. Predmet o‘zining strukturasini o‘zgartiradi, unda oldiniga kulrang dog‘lar, keyin bo‘shliqlar paydo bo‘lib, zararlangan joylari kukunga o‘xshab to‘kila boshlaydi. Harorat +25S0 dan yuqori bo‘lsa, mumdan qilingan va plastmass buyumlar zararlanadi.
Charm, yog‘och, gazlama, qog‘oz va boshqa organik gigroskopik materiallardan qilingan buyumlar ham yuqori, ham past namlikdan talofat ko‘radi. Yuqori namlikda bu materiallar osonlikcha shishadi, tolalari orasidagi zichlik buziladi va predmet deformatsiyalanadi (ya’ni o‘z shaklini yo‘qotadi). Masalan, xaddan tashqari namlik ko‘p bo‘lsa, pergament qayishadi, natijada uning ustidagi qadimiy qo‘lyozmalarning nozik bo‘yoq qatlami to‘kila boshlaydi. Yuqori namlik mog‘or paydo bo‘lishiga olib keladi, bu esa organik materiallarni yo‘q qiladi, xaddan ziyod quruq havo esa ularning ko‘plarini mo‘rt qiladi, predmetga sal tegilsa ham buzilib ketishi mumkin. Ayniqsa, haroratning keskin oshib yoki pasayib ketishi, rangtasvir, haykaltaroshlik, yog‘och o‘ymkorligi, shuningdek turli kengayish koeffitsentiga ega materiallardan yaratilgan (masalan, yog‘ochning har xil turidan inkrustatsiya qilib ishlangan mebel) predmetlar uchun juda havfli.
Namlikning keskin o‘zgarishi ham zararli. Har bir o‘zgarish yuz berganda materialning tez ta’sirlanuvchi yuza qatlami, ichki qatlamiga nisbatan deformatsiyalanadi. Agar namlikning o‘zgarishi tez-tez takrorlansa, yorilishlar va buzilishlar paydo bo‘ladi.
Harorat va namlik predmetga bir-biri bilan bog‘liq ta’sir ko‘rsatadi. Nam tortish xususiyatiga ega materiallar uchun, past namlik, harorat yuqori bo‘lsa, juda xafvli. Yuqori namlikda past harorat ham predmetlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, fayans yoki koshinning teshiklariga yig‘ilgan namlik muzlab qolsa, predmetga jiddiy shikast yetkazishi mumkin. Haroratning o‘zgarishi, namlikning ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun “harorat-namlik tartibi” tushunchasi paydo bo‘lgan.
Harorat-namlik tartibining o‘zgaruvchanligi asosan organik materiallarni yemiradi, organik emas materiallardan birinchi bo‘lib, arxeologik predmetlar yemiriladi.
Muzeyga keltirilgan predmetlarning harorat-namlik tartibini aniqlash uchun, uning oldinlari qanday sharoitlarda saqlanganligini bilish zarur. Masalan, yer osti suvlari ta’sirida bo‘lgan arxeologik shisha buyumga pasaytirilgan namlik zarur, nam yerdan qazib olingan arxeologik yog‘och buyumni esa juda kuchli namlikda saqlash lozim.
Harorat-namlik tartibining eng qulay parametrlari mutaxassislar tomonidan o‘rganiladi. Turli muzey predmetlari bir xil bo‘lmagan sharoitlarni, saqlash moslamalarini talab etadi. Harorat-namlik tartibining nisbiy unversal ko‘rsatkichi, harorat 18 + 10S va namlik 55% + 5% hisoblanadi. Yorug‘lik salbiy ta’sir qiladigan materiallarni, yorug‘likdan himoya qiladigan zaxira moslamasida saqlash lozim. Ular bilan ishlaganda yorug‘lik 50-75 lyuksdan oshmasligi kerak.
Yorug‘lik manbalari kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlarning faqat ko‘chirma nusxasi (kopiya) ekspozitsiyaga qo‘yiladi. Asl nusxalari esa vaqtinchalik ko‘rgazmalarda namoyish etib turiladi.
Muzey predmetlarini yuqori saqlov tartibi bilan ta’minlash uchun ularni havo ifloslanishidan himoya qilish zarur, chunki bu predmetlarning yemirilishi va eskirish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Serovodorod (vodorod sulfid), oltingugurtli gaz, ammiak, xlor, chang, qurum shular jumlasidandir.
Serovodorod sanoat ishlab chiqarishi va chirish jarayonlari natijasida paydo bo‘ladi. Rezina yoki kazeinli bo‘yoqlardan foydalanib yaratilgan muzey jihozlari ham uning manbasi bo‘lishi mumkin. Bu materiallar eskirganda o‘zidan serovodorod ajratib chiqaradi.
Ammiak ham chirish natijasida paydo bo‘lib, ayniqsa kumush, bo‘yoq, lakka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xlor, ko‘p materiallar uchun havfli bo‘lib, havoga xlordan texnologik jarayonlarda foydalanayotganda chiqadi, masalan, tekstil va qog‘oz ishlab chiqarishda. Namlik bilan qo‘shilganda u xlorid kislota hosil qiladi. Oltingugurtli gaz – yonish jarayonining natijasidir. Namlik bilan qo‘shilib avvaliga oltingugurtli, so‘ng sulfat kislota hosil qiladi, shuning uchun materiallarning ko‘pchiligi uchun havlidir. U gazlamalarni, rangtasvir, charm, qog‘oz, gips, dur, marmar, bronza, qalay kabilarni kuchli yemirilishiga olib keladi.
Chang va qurum suv shimadigan materiallarning teshiklariga kirib, predmetdagi namlikni ushlab turadi, kimyoviy jarayonlarni kuchaytiradi, rangtasvir asarlarining bo‘yoqli qatlamiga qalin kirlanish beradi. Chang-biologik zararkunandalar uchun yaxshi muhit yaratib beradi.
Muzey kolleksiyalarini havo ifloslovchilaridan himoya qilishning asosiy usuli-zahira xonalarni havo kirmaydigan-chiqmaydigan, ya’ni germetik qilib yopib, konditsionerlardan, havoni filtrlaydigan moslamalardan foydalanib, predmetlarni esa doimo alohida qilib chexollarga, futlyarlarga, papkalarga solib qo‘yish kerak. Muzey ekspozitsion maydonlarini, xonalarini, texnik moslamalarni tez-tez tozalab turish ham zarur.
Mikroorganizmlar – bakteriyalar va mog‘or ko‘p turdagi predmetlarni yemiradi. Birinchi bo‘lib organik materiallardan qilingan, ya’ni rangtasvir, qog‘oz, gazlama, suyak, yog‘och predmetlar zararlanadi. Mog‘orning barcha turlari ketgazish qiyin bo‘lgan dog‘ hosil qiladi, ba’zilari esa tolalarni yemiradi. Ayniqsa, namlik 70%, harorat +200S bo‘lsa mog‘orlash jarayoni tezlashadi. Mog‘or zamburug‘larini yuqtirish, zamburug‘ bo‘laklari va havo orqali o‘tadigan sporalar yoki zararlangan predmetlar bilan aloqada bo‘lganda sodir bo‘ladi. Shuning uchun mog‘orlagan predmet alohida saqlanadi. Mog‘orlashni oldini olish maqsadida muzey uskunalari vaqti-vaqti bilan formaldegidning 2% spirtli aralashmasi bilan artib turiladi.
Metall, shisha va keramika buyumlaridan boshqa muzey predmetlari uchun, hashoratlar ya’ni turli qo‘ng‘izlar, kuyalar, suvaraklar, pashshalar o‘ta havflidir. Ular muzeyga oynalardan, eshiklardan yoki muzeyga keltirilgan predmetlar orqali kiradi. Ularni yo‘q qilish uchun suyuq insektitsidlardan foydalaniladi. Har bir muzeyda predmetlarni zararlanganligini tekshiradigan maxsus xona va zararsizlantiradigan maxsus kamera bo‘lishi kerak.
Biologik zararkunandalarni yo‘q qilish uchun muzeylarda ishlatish uchun ruxsat etilgan vositalardan foydalaniladi. Xashoratlarni yo‘q qilishda esa albatta ta’mirlovchi qatnashadi. Sichqon va kalamushlar ham muzey predmetlari uchun havfli bo‘lib, ulardan saqlash chora-tadbirlari ko‘riladi.
Muzey predmetlarini saqlashda konservatsiya va ta’mirlash ham katta ahamiyatga ega. Konservatsiya - bu predmetlarning tabiiy eskirishi jarayonlarini sekinlashtirish uchun zarur saqlash tartibini yaratadigan va endi boshlangan yemiruvchilik jarayonlarini turli kimyoviy va fizikaviy vositalar yordamida to‘sib, so‘ngra predmetlarni mustahkamlaydigan usuldir. Buni faqat maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis-ta’mirlovchi amalga oshiradi.
Muzey predmetlari turli sabablarga ko‘ra o‘zining oldingi qiyofasini yo‘qotishi, sinishi, lat yetishi, yirtilishi mumkin. Ularni asl holiga keltirish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Saqlovchilar va ta’mirlovchilar doimo muzey to‘plamlarini tekshirib, ular orasidan konservatsiya va restavratsiyaga muxtojlarini yig‘ib oladilar. Ko‘rik natijalari maxsus ro‘yxatga kiritilib, predmetning saqlanish holati yozib boriladi.
Muzey zaxiralarini saqlash sistemasi
Muzey zaxiralarini saqlash sistemasi predmetlarning fizikaviy, kimyoviy xususiyatlari, manbalar tipiga, soniga, xajmiga, joylashishiga, xona va zaxira saqlovxonalarining texnik jihozlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Zaxiralarni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit, maxsus saqlash sistemasi tuzilganda samarali natija beradi. Shuning uchun har bir saqlov uchun ajratilgan alohida xonada, saqlash tartibi bir-biriga yaqin predmetlarni joylashtirish lozim. Kompleksli sistemada saqlashda esa bir xonada turli predmetlardan ishlangan predmetlar joylashtiriladi. Bunday holda saqlash tartibi o‘rtacha ko‘rsatkichga qo‘yiladi. Saqlashning kompleksli sistemasi faqat xonalar kam bo‘lsa yoki predmetlar kam bo‘lganda qo‘llaniladi.
Arxeologik yodgorliklar alohidagi saqlash guruhlariga ajratiladi.
Boshqa bir qator buyumlar manba qatorida, qoidaga ko‘ra matolar, jun, charm va ulardan qilingan buyumlar bitta saqlash guruhini tashkil etadi. O‘z navbatida bu predmetlar yana mayda guruhlarga ajratiladi.
Gazlamalar, kashtalar, krujevalar suriladigan lotok-qutili shkaflarda, xajmiga qarab gorizontal taxlanadi, usti chit bilan yopiladi. Uncha katta bo‘lmagan lavhalarni esa ramkaga tortilgan matolarga tikib, usti yopilib, tortib chiqarsa bo‘ladigan vertikal planshetlarda saqlash mumkin. Jun, ipak, zig‘ir, paxta, sintetik tolali matolar turli shkaflarda saqlanadi.
Shuningdek, gorizontal holatdagi lotok-qutilarda dur, tilla va kumush iplar bilan bezak berilgan zardo‘zi buyumlar ham saqlanadi.
Kiyim-kechaklarni esa iloji boricha qanday matodan tikilganiga qarab, guruhlarga ajratilib, yumshoq narsa o‘ralgan veshalkalarga ilinadi, ustidagi chit chexol bilan yopiladi va vertikal holatda shkaflarda saqlanadi.
Charm va jundan qilingan tekis buyumlar ham matolar singari gorizontal lotok-qutilarga taxlanadi. Charm va jundan tikilgan kiyimlar ham matodan tikilgan kiyimlar singari, vertikal holatda, yumshoq kiyimosgichlarga ilinib, shkaflarga qo‘yiladi.
Bosh kiyimlar dumaloq shakldagi g‘o‘lalarga kiydiriladi yoki kartonga o‘xshagan qog‘oz bilan ichi to‘ldirilib, futlyarga solib, shkaflarda saqlanadi.
Oyoq kiyimlarining ichi yumshoq qog‘ozlar bilan to‘ldirilib, korobkaga solinib, shkafda saqlanadi.
Bayroqlar-dumaloq qilib atroflari tekislangan uzun yog‘ochlar ustiga o‘raladi, chexol kiygaziladi va vertikal holatda stoykalarga qo‘yiladi.
Gilamlar, shpaleralar o‘ng tomoni ichiga qilib valga o‘raladi va chexolga solinadi, vertikal holatda saqlanadi.
Suyakdan ishlangan predmetlar alohida oynali javonlarda saqlanadi, chunki yorug‘lik kam bo‘lsa, u rangini o‘zgartiradi.
Yog‘ochdan yasalgan predmetlarning turli xajmdagilari, turli narsalarga mo‘ljallanganlari bir guruhga birlashtirib, birga saqlanadi. Ular orasidagi me’moriy yodgorliklarning yog‘och detallari; suvda (kema, qayiq, sol va x.k.) va quruqlikda (kareta, arava, chena va hokazo) harakatlanishga mo‘ljallangan moslamalar; ish qurollari; mebel, shuningdek, uy-ro‘zg‘ori buyumlari va boshqa mayda predmetlar ham mavjud. Yog‘ochdan ishlangan predmetlar bilan qamishdan qilinganlari ham birga saqlanadi. Zaxira strukturasi bo‘yicha, haykallar tasviriy manbaga kiritilsada, yog‘ochdan ishlanganlari yog‘och buyumlar bilan saqlanadi.
Me’moriy inshootlarning qismlari, maxsus jihozlangan devorlarga osiladi. Yer va suvda harakatlanish vositalari kolodka ustiga qo‘yiladi. Mebel va katta xajmdagi haykaltaroshlik asarlari ham poldan balandroq qilib, tagiga narsa qo‘yib tiklanadi. Uncha katta bo‘lmagan predmetlar, uy ro‘zg‘ori buyumlari, o‘yinchoqlar, mayda haykaltaroshlik namunalari xajmiga qarab, shkaflarga qo‘yiladi. Stend, stellaj va shkaflardagi buyumlar bir-biriga tegmasligi kerak.
Sopol va shishadan ishlangan predmetlar guruhlarga bo‘linadi va nimaga ishlatilishiga qarab ajratiladi. Idish-tovoq, koshinlar, yoritgich moslamalari, texnik va laboratoriya shishalari va hokazo. Shuningdek bu saqlov guruhiga sopol haykaltaroshlik buyumlari ham kiradi. Predmetlar qanday materialdan qilingani hisobga olinib joylashtiriladi. Masalan, fayans, farfor, mayolikadan qilingan buyumlar bir guruhga yig‘iladi. Rangli shishalar alohida guruhlarga ajratiladi.
Sopol va shishadan qilingan predmetlar shkaflarda saqlanadi. Ularni tokchalarga bir-biridan uzoqroqqa taxlab, og‘irligi ham hisobga olinadi. Chunki tokcha predmetlarning og‘irligidan tushib ketib, buyumlar sinishi mumkin. Tekis yuzali predmetlar, masalan, tarelkalar maxsus podstavkalarga vertikal joylashtiriladi. Agar ular gorizontal holatda saqlansa, orasiga yumshoq qog‘oz yoki mato qo‘yilib, 6 tadan ko‘p bir-birini ustiga qo‘yilmaydi.
Katta hajmdagi dekorativ vazalar, haykallar tokchali ochiq javonlarga yoki tagliklarga qo‘yiladi. Osib qo‘yiladigan yoritgich asboblari shtangalarga mahkamlanadi.
Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, numizmatika, qurol-aslahalar moslashtirilgan maxsus xonalarda, seyflarda saqlanadi. Katta muzeylarda ular mustaqil saqlanish guruhlarini tashkil etadi.
Qimmatbaho metall predmetlar shkaflarda, javonlarda, lotok-qutilarda saqlanadi. Platina, tilla, kumushdan qilingan mayda buyumlar futlyarga solinib, seyfga qo‘yiladi.
Numizmatikaga oid buyumlardan – tangalar, medallar, znachoklar, jetonlar, plaketakalar va boshqalar korobkalarga solinib, lotok-qutilarda saqlanadi. Shuningdek ularni qattiq kartondan qilingan kartonlarga birma-bir solib, vertikal taxlash ham mumkin.
Qurol-aslahalar, hajmiga qarab podstavkalarning ustida, bir necha tokchali ochiq javonlarda, shkaflarda saqlanadi. Katta xajmlilari, zambarak, pulimyot va xokazolar podstavkalarga o‘rnatiladi. Qurol, miltiq, pistoletlar, ichida ushlab turadigan reykasi bor maxsus shkaflarga qo‘yiladi. Kalta ushlagichli qurollar (pistolet), shuningdek, lotok-qutili shkaflarda ham saqlanadi. Har xil turdagi nayzalar vertikal holatda, maxsus podstavkalarga o‘rnatiladi. Sovuq qurollar, ya’ni qilich, shpaga, xanjar kabilar gorizontal holatda yoki maxsus moslamalarga osilgan holatda saqlanadi.
Tasviriy manbalar ham saqlash guruhlariga bo‘linadi: rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, fotosuratlar. Alohida guruhga kartografik materiallarni ajratish maqsadga muvofiqdir (kartografiya-geografik xaritalar).
Rangtasvir asarlari zaxira saqlovxonalarining devorlariga osiladi, to‘siqlarga yoki ochiq javonli shkaflariga joylashtirilishi mumkin. To‘siqlar suriladigan va surilmaydigan bo‘ladi. Surilmaydigani ma’qulroq ko‘riladi. Javonlar havo sirkulyatsiyasi (aylanishi)ni ta’minlash uchun reshetkali va har bir kartina uchun yacheykali bo‘lishi kerak. Yuqorida qayd etilgan joylarga, moslamalarga qo‘yish asarlarning to‘planish strukturasi, xajmi yoki inventar nomeriga qarab taxlanishi mumkin.
Ko‘mirda, yumshoq qalamlarda, pastelda chizilgan chizmatasvirlar oyna tagida saqlanadi. Ushbu chizmatasvirlar va akvarel, gravyura, litografiyalar yacheyka moslamali shkaflarga vertikal qo‘yiladi. Predmetlarni joylashtirishda to‘plash strukturasiga qaraladi yoki xajmiga, inventar nomeriga qarab qo‘yib chiqiladi. Xuddi shu prinsipda akvarel, chizmatasvir, gravyura, litografiya albomlari ham joylashtiriladi. Akvarel, qalamtasvir, gravyura, litografiya tasvirli listlar alohida papkalarda, inventar nomeri bo‘yicha 30 tadan oshirmay taxlanadi. Papkalarda tortma qutili shkaflarda gorizontal saqlanadi.
Atlaslar shkaf polkalarida, xarita va loyixalar papkalarda saqlanadi. Katta xajmdagi xaritalar doka yoki chitga yelimlangan bo‘lib, o‘ng tomoni tashqariga qaratilib, val yoki karton trubkalarga o‘raladi, chexolga solib, gorizontal holatda maxsus shkaf yoki polkalarda saqlanadi. Globuslar - korobkalarga solinib, shkafga joylanadi. Katta xajmdagilari esa, ustiga chexol yopilib, maxsus tagliklarga qo‘yiladi.
Negativlar, pozitivlar alohida saqlanishi kerak. Negativlar alohida konvertlarga solinib, xajmi bo‘yicha qutilarga vertikal taxlanib, shkaflarga qo‘yiladi. Pozitivlar qattiq qog‘ozlarga o‘ralib, konvertlarga solinib vertikal tarzda qutilarga taxlanadi.
Magnit lentalari yog‘och moslamada, bir xil xajmli qutilarga vertikal taxlanadi. Yiliga bir marta magnit lentalarini qayta o‘rab, ichki kuchlanishi yo‘qotiladi. Gram-plastikalar alohidagi konvertlarda vertikal qo‘yiladi. To‘planish tarkibi va inventar nomeriga qarab joylashtiriladi.
Zaxira saqlovxonalaridagi moslamalar maxsus talablarga yuz foiz javob bera olishi kerak. Birinchidan, predmetlarning maksimal saqlanishini ta’minlash lozim.
Shuning uchun moslamalarni muzey predmetlarini saqlashga yaroqli, ishlatishga qulay, texnik zararlardan, changdan saqlay oladigan, namlikni o‘ziga singdirmaydigan bo‘lishi kerak. Shuningdek qulflanadigan, plomba va muxr bosilsa bo‘ladigan bo‘lishi lozim. Yorug‘lik tushishi havfli bo‘lgan predmetlar, yorug‘lik tushmaydigan shkaflarda saqlanadi.
Ikkinchidan zaxiralardagi moslamalar saqlanayotgan predmetlar uchun ham, ularni olib ishlatadigan ilmiy xodimlar uchun ham qulay bo‘lishi lozim.
Muzey predmetlarini o‘rash va transportda tashish uslublari
Transportirovka maxsus meyoriy xujjatlar asosida, qoidalarga amal qilingan holda amalga oshiriladi. Har bitta transportirovkaga tayyor qutini ichiga, upakovka uchun javobgar shaxs, ta’mirlovchi, upakovkalovchi tomonidan imzolangan akt qo‘yiladi. Predmetlar ko‘zlangan joyga yetib borgach, bir sutka davomida ularga tegilmaydi. Chunki ular yangi iqlimga ko‘nikishi lozim. Qutilar ochilgandan so‘ng, predmetlar har tomonlama tekshiriladi. Zarurat bo‘lsa, maxsus kameralarda zararsizlantirish amalga oshiriladi. Shundan so‘ngina ekspozitsiyaga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Download 22,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish