Davlat moliya statistika tizimi. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish. Hozirda Davlat faoliyatining sezilarli qismi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti jarayoni doirasidan tashqarida amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan davlat tadbirlarining aksariyat qismi budjetdan tashqari manbalar, ya’ni budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan bajarilmoqda. Bu tarzdagi xarajatlar esa Parlament tomonidan tasdiqlanadigan yillik budjet miqdorlari hamda Parlamentga taqdim etiladigan hisobotlarda aks etmaydi. Ayrim davlat korxonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga qaramasdan, iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlat korxonalari faoliyatida davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish. Hozirgi vaqtda fiskal tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish va boshqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Asosiy makroiqtisodiy tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor qilinishi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarz olish ustidan qat’iy nazoratning mavjudligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan berilgan davlat qarzlari va kafolatlari to‘g‘risidagi jami ma’lumotlar oshkor etilishiga qaramasdan, fiskal tavakkalchiliklarning alohida yo‘nalishlari oshkor qilinmaydi va hisobi yuritilmaydi. Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini to‘laqonli joriy etish uchun qadrlar tayyorlash va tegishli dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish zarur bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, uzoq muddatni talab etadi. Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit xizmati ta’sis etilgan. Biroq, ichki audit xizmati faoliyatining huquqiy va uslubiy asoslari mavjud emasligi, ularning faoliyati faqat budjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilganligi tufayli ushbu xizmatlarni ko‘rsatish faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan.
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |