Davlat qarzlarini boshqarishning xorijiy tajribalari va ularni qo’llash masalalari.
Davlat qarzini boshqarishni uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichda rikardocha ekvivalentlik uchun shartlar bajariladi, soliqlar va qarzlar o‘rtasida tanlov ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Yetarli shart shunday: soliqlar bir summada tushadi; kelajakdagi daromadlar, xarajatlar va foiz stavkalariga nisbatan noma’lumliklar yo‘q; kapital bozori mukammal; uy xo‘jaliklari uchun vaqt doirasi cheksiz. Unda soliqlarning joriy qiymati byudjet xarajatlari bilan belgilanadi. Bunday manzara (davlat uchun “tekin tushlik”ning yo‘qligi) davlat to “Pontsi o‘yinlari”ni boshlaguniga qadar davom etadi. Qarzlar soliqlarning joriy qiymatiga emas, balki yig‘ilish grafigiga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni bir dollarga kamaytirish uchun qarzga olingan keyingi har bir dollar kelajakdagi soliqlarning joriy qiymati bir dollarga ko‘tarilganini bildiradi.
Biz yuqorida keltirgan shartlar bo‘lganda “e’tiborli” uy xo‘jaligi faqat soliqlarning joriy qiymati bilan qiziqadi. Soliqlarni to‘lash vaqti muhim emas. Qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan soliqlarning pasayishi ularning joriy qiymatini o‘zgartirmaydi. Shu sababli soliqlarni pasaytirish iste’mol talabini ham o‘zgartirmaydi. Uy xo‘jaliklari soliqlarning pasayishi bahonasida chiqariladigan qo‘shimcha davlat qimmatli qog‘ozlarini foiz stavkalari uchun biron-bir oqibatlarni o‘ylab o‘tirmay, bajonudil sotib oladilar. Davlat nojamg‘armalarining har bir yangi dollari xususiy jamg‘armalarning navbatdagi dollari bilan qoplanadi va shu sababli milliy jamg‘armalar o‘zgarishsiz qoladi. Bunday rikardocha ekvivalentlik olamida davlat qarzini maqsadga muvofiq boshqarishning 169 hech qizig‘i yo‘q. Qarzning faqat shakli emas, balki miqdori ham hech bir ahamiyatga ega emas. Asosiy shartlarga bir qadar yangiliklar kiritilgandan keyin ham rikardocha ekvivalentlik saqlanib qoladi. Faraz qilamizki, uy xo‘jaliklari kuni yetganda o‘ladigan bandalar. Agar uy xo‘jaliklari altruizmga asoslangan faol avlodlararo o‘tkazmalar tarmog‘i orqali kelajak avlodlarga “bog‘langan” bo‘lsalar, unda ham soliqlar va qarzlardan birini tanlash ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, soliqlarning pasayishini qarzlar bilan moliyalashtirish boylikning bir qismini avlodlardan ajdodlarga olib o‘tadi. Ammo tipik ajdodlar bu o‘tkazishning qadriga etmaydilar, chunki ular resurslarni avlodlarga ixtiyoriy beradilar. Demak, avlodlar boyligi va u bilan birga iste’mol talabi ilgarigidek qoladi. Rikardocha ekvivalentlikning o‘rinsizligiga eng muhim sabab soliqqa tortishning buzuvchilik samarasidir. Daromad solig‘i qancha, qayerda va qachon ishlash qaroriga ta’sir ko‘rsatsa, xarajatlar va ishlab chiqarishga soliqlar qancha, qayerda va qachon sarflashga va ishlab chiqarish qarorlariga ta’sir etmay qolmaydi. Bunday hollarda iqtisodiy tanlov soliqlarning joriy qiymati bilan birga ularni to‘lash vaqtiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kishilar daromad solig‘i stavkalari yuqori bo‘lganda kamroq, bu soliq stavkalari past bo‘lganda ko‘proq ishlashga moyil bo‘ladilar. Bu ikkinchi bosqichda davlat soliq stavkalarini vaqt bo‘yicha ravonlashtirish maqsadlarida qarz tuzilmasini o‘zgartirmoqchi bo‘ladi. Ravonlashtirish soliqqa tortishning buzuvchanlik samarasini pasaytiradi. Empirik nuqtayi nazardan bundan ikki xulosa kelib chiqishi mumkin. Birinchidan, xarajatlar vaqtinchalik yuqori bo‘lganda budjetni defitsitga keltirish lozim. Klassik holat – “harbiy qarzlar”. To‘planib qolgan qarzni moliyalashtirish tinchlik paytida ham soliqlarning o‘sishini talab etadi. Bu o‘sish qarz o‘sishiga mutanosib bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq, tinchlik paytida budjetni profitsitga keltirish kerak. Xuddi shu narsa tabiiy ofatlarga ham taalluqli. Ularning oqibatlarini bartaraf etish xarajatlarini, asosan, qarzlar orqali moliyalashtirish, qarzni esa soliqlardan to‘lash lozim. Xarajatlarni qarzlardan to‘lash siyosati xarajatlar o‘sishi vaqtinchalik bo‘lgan hollardagina “ishlaydi”. Agar xarajatlar ko‘p martalab va hamisha o‘sib borsa, unda qarzni moliyalashtirish kelajakda soliqlarning yanada o‘sishini qisman ko‘payib ketgan xarajatlarni qoplash uchun, qisman yangi qarzga xizmat ko‘rsatish uchun bildiradi. Shunday qilib, xarajatlarni uzluksiz ortib borishiga to‘g‘ri javob soliq tushumlarini shunga teng qilib uzil-kesil oshirish, vassalom. Retsessiyaga katta defitsit, yuksalishga past defitsit, yaxshisi profitsit to‘g‘ri keladi. Agar xarajatlar retsessiya vaqtida real daromadga mutanosib qisqarmaydigan bo‘lsa, muvozanatlangan byudjet siyosati soliqlar stavkalarini oshirishni talab etadi. Bu talab esa soliq stavkalarini vaqt bo‘yicha ravonlashtirish vazifasiga zid keladi. Demak, davlat retsessiya vaqtida soliqlar stavkalarini o‘zgartirmaslik uchun qarzini ko‘paytirishi lozim. Yuksalish vaqtlarida, real daromad o‘sganda xuddi o‘sha stavkalarda soliq tushumlari ham ko‘payadi. Ikkinchi bosqichda soliqlar va qarzdan birini tanlash muhim, rikardocha ekvivalentlik esa yo‘q. Ammo qarz dastaklarini tanlash hali ahamiyat kasb etmaydi. Foiz stavkalari, narxlar, valyuta kurslari va boshqa o‘zgaruvchanlarga nisbatan to‘la aniqlik bo‘lganda qarz vositalari bozorida maqbul narxlar belgilanishi qarzning har qanday tuzilmasida ham real foiz to‘lovlarining vaqt bo‘yicha aynan bir xil taqsimlanishini ta’minlaydi. Qarz tuzilmasining maqbulligini baholash uchun noma’lumlik mavjud bo‘ladigan uchinchi bosqichga o‘tish kerak. Xarajatlar, real YaIM (soliq bazasi unga bog‘liq) va foiz stavkalari (davlat qimmatli qog‘ozlari daromaddorligi ularga bog‘liq) bo‘yicha ham aniqlik bo‘lmasa, unda soliqlarni maqbullashtirish muammosi noma’lumlik muhitida xarajatlarni moliyalashtirishda o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan zararning joriy qiymatini minimallashtirishdan iborat bo‘ladi. Agar davlat va xususiy sektorning ayni bir moliya aktivlaridan foydalanishga imkoniyat bo‘lganda ham bu muammoning mamlakat oldidagi umumiy xatarga aloqasi yo‘q. Faraz qilaylik, davlat o‘z ixtiyoricha valyuta obligatsiyalarini chiqaradi va milliy valutada denominatsiyalangan ayrim obligatsiyalar haqini to‘laydi. Bu o‘zgarish xususiy sektor tomonidan qoplanish harakatlari bo‘lmaganda mamlakat yo‘liqishi mumkin bo‘lgan umumiy xatarni ko‘paytiradi (valyuta xatari hisobiga). Agar milliy valyuta retsessiya vaqtida devalvatsiya qilinsa, unda tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar real ifodada o‘sib ketadi. Ammo, xususiy sektor o‘z portfelidagi milliy valutada denominatsiyalangan obligatsiyalarni valyuta obligatsiyalariga almashtirsa, umumiy xatarni oldingi darajasida qoldirgan bo‘ladi. Xususiy sektorning bunday javobi (ishi) umumiy xatarni davlatning tashqi va ichki qarzlar o‘rtasidagi ixtiyoriy (o‘zboshimchalik) tanloviga “befarq” holga keltiradi. Demak, umumiy xatar soliq bosimining kuchayishidan ko‘riladigan o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan zararning joriy qiymatiga xarajatlar va YaIMning salbiy ta’sir ko‘rsatishini ifoda etadi. Noma’lumlik davlatning xatarni tekislab yuborishga qurbi etadigan obligatsiyalarni chiqarishga qiziqishini orttiradi. Masalan, davlat xarajatlar katta bo‘lganda kam daromad beradigan va xarajtlar kam bo‘lganda katta daromad beradigan obligatsiyalarni chiqarishi ham mumkin edi. Ayrim tadqiqotchilar xarajatlar bo‘yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalarni chiqarish davlat uchun ma’naviy muammoni paydo etadi deb hisoblaydilar. Xususan, bu davlatni keragidan ortiqcha sarflashga, hatto davomli urushlar olib borishga rag‘batlantiradi (Adam Smit va David Rikardo XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Buyuk Britaniyaga nisbatan shunday dalillarni olg‘a surgan edilar). Balki, ehtimol, shu muammo sabab bo‘lib, xarajatlar bo‘yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalar chiqarilmaydi.
Davlat, shuningdek, past YaIM sharoitida ham (soliqlar past bo‘lganda) kam daromad beradigan va yuqori YaIM sharoitida (soliqlar baland bo‘lganda) yuqori daromad beradigan obligatsiyalarni chiqarishi ham mumkin edi. Buning uchun YaIM bo‘yicha obligatsiyalarni indeksatsiyalash kerak. Ammo tushunib bo‘lmaydigan sabablarga ko‘ra bunday obligatsiyalar ham chiqarilmaydi. Balki, muammo milliy hisobchilikdagi indeksatsiyani murakkablashtiradigan xatoliklar va uning bu vazifalarga ulgurmasligida bo‘lishi mumkin. Nihoyat, davlat budjetni foiz stavkalarining tebranishlaridan xoli qo‘yadigan obligatsiyalarni chiqarishi mumkin. Bu o‘rinda gap real daromadli obligatsiyalar haqida bormoqda. Davlat dastlab ularni narxlar dinamikasining biron-bir keng ko‘rsatkichiga, masalan, iste’mol narxlari indeksiga “bog‘lab” qo‘yadi, so‘ngra ma’qul keladigan muddatli qarz tuzilmasini tanlaydi. Aytaylik, qisqa muddatli real daromadli obligatsiyalar daromaddorlikka ega. Agar shunday obligatsiyalar juda ko‘p bo‘lsa, daromaddorlik tebranishlari qayta moliyalashtirish xarajatlarining tebranishlariga olib keladi. Xarajatlar tebranishlari, o‘z navbatida, kelajakda soliqlarni o‘zgartirishni talab qiladi. Masalan, 1994-yilda Meksikaning juda ko‘p qisqa muddatli real daromadli obligatsiyalari (va valyuta obligatsiyalari ham) bo‘lgan, chuqur siyosiy o‘zgarishlar ta’sirida daromaddorlikning tez o‘sishi Meksika budjetiga katta bosim ko‘rsatdi. Xuddi shunga o‘xshash qarz tarkibida qisqa muddatli davlat qimmatli qog‘ozlarining ko‘p bo‘lishi 1998-yilda Rossiya uchun, 1999-yilda Braziliya uchun moliyaviy falokatga aylandi (ushbu holatda zarur qisqa muddatli qarz 172 konsepsiyasi – davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalada bo‘lishidagi rasmiy muddati emas, balki foiz xarajatlarining qisqa muddatli real bozor stavkalari tebranishlaridan zaif himoyasidan iborat). Qayta moliyalashtirishga xarajatlarni pasaytirish mumkin. Buning uchun qarzni cho‘zish, uzaytirish kerak. Cho‘zishning ma’nosi – shunday qilish kerakki, har yili qarzning katta bo‘lmagan bir xil qismi qayta moliyalashtirilsin (yillik qaytarish summasi birdek qoladi). Kutiladigan xarajatlar va YaIM har bir davrda o‘zgarmas bo‘lgan bazaviy vaziyatda, yaxshisi, davlat qilishi mumkin bo‘lgan ish – daromaddorligi har bir davrda bir xil bo‘lgan obligatsiyalardan foydalanish. Foizli obligatsiya uchun bunday tartibga indeksatsiyalangan muddatsiz obligatsiyalar yoki Buyuk Britaniyada XVIII va XIX asrlarda keng tarqalgan konsollar10 mos keladi. Konsol – juda uzoq muddatli qog‘oz, garchi uning dyuratsiyasi (xizmat muddati) hozirgi zamonaviy real daromadli obligatsiyalar, masalan, Amerika, Kanada, Buyuk Britaniya, Shvetsiya obligatsiyalari dyuratsiyasidan u qadar farq qilmaydi. Bu mamlakatlarda qisqa muddatli qarzlar, asosan, nominalli, inflatsiya bo‘yicha indeksatsiyalanmagan. Agar xarajatlar va YaIM taxminan ma’lum bo‘lsa, konsollarni qo‘llash budjetni foiz stavkalari tebranishlaridan to‘liq himoya qilishga imkoniyat beradi (qarzni qayta moliyalashtirish lozim bo‘lmaydi). Yanada umumiyroq olganda, xarajatlar va YaIMga nisbatan noma’lumlik (xarajatlar va YaIMga “bog‘langan” obligatsiyalar bo‘lmaganda) qarzni qayta moliyalashtirish yoki to‘lashga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Demak, unda stavkalar tebranishlari budjetga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Ammo qarzni cho‘zish bu ta’sirni kamaytirishga yordam beradi. Uzoq muddatli qarzga qarshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir e’tiroz – bu defolt jozibasining o‘sishi. Ammo davlat qisqa qarzlar bo‘yicha ham, masalan, 1998 yilda Rossiyada bo‘lgani kabi, defolt e’lon qilishi mumkin. Shu munosabat bilan nima uchun uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha defolt xatari yuqori bo‘lishi kerak degan qarashlarni izohlash qiyin. Milliy valutada chiqarilgan nominal obligatsiyalar bilan qanday munosabatda bo‘lmoq kerak? Inflatsiya kuchayishi bilan bu obligatsiyalarning real daromadi tushib ketadi. Demak, inflatsiya tebranishlari moliyalashtirishda real ehtiyojlarning tebranishini keltirib chiqaradi va u bilan birga kelajakdagi soliqlar ham o‘zgarishlarga uchraydi. Agar davlat soliq stavkalarini tekislashtirishga harakat qilsa, unda inflatsiyaning tasodifiy tebranishlarida nominal obligatsiyalar indeksatsiyalangan obligatsiyalar kabi davlat uchun u qadar jozibador bo‘lmay qoladi. Agar davlat baribir nominal obligatsiyalarni chiqarishga majbur bo‘lganda qarzning maqbul muddatli tuzilmasi boshqacha bo‘ladi. Inflatsiya va nominal foiz stavkalarining tebranishlari uzoq muddatli nominal obligatsiyalari narxiga qisqa muddatli obligatsiyalar narxiga qaraganda kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli davlat qarzni qisqartirib, inflatsiyaning budjetga bosimini susaytirishi mumkin. Lekin nominal obligatsiyalar chiqarish zaruratiga maqbul javob tarzidagi qisqartirilgan qarz budjetni inflatsiya tebranishlaridan yanada zaifroq qiladi. Yuqoridagi tahlilda ko‘rganimizdek, qarzni uzaytirishdan maqsad budjetni bu tebranishlardan himoya qilish edi. Inflatsiyaning tasodifiy tebranishlari defitsitni moliyalashtirish uchun nominal obligatsiyalar real daromadli obligatsiyalarga qaraganda yaroqsizroq ekanligini ko‘rsatadi. Ammo, budjetga ta’sir ko‘rsatadigan inflatsiya va real xarajatlar hamda real YaIM o‘rtasida korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) mavjud bo‘lsa, bu fikr noto‘g‘ri bo‘ladi. Odatda, inflatsiya va xarajatlar korrelyatsiyasi musbat (inflatsiya urushlar vaqtida, xarajatlar ulkan bo‘lganda yuqori), inflatsiya va YaIM korrelyatsiyasi esa manfiy (inflatsiya retsessiyaning yaqinligidan darak beradi) deb hisoblanadi11 . Bunday korrelyatsiyada xarajatlar katta, YaIM oz bo‘lganda nominal obligatsiyalar kamroq foiz keltiradi. Davlat bunday bog‘liqlikdan foydalanishga uringanligini yuqorida, xarajatlar va YaIMga “bog‘langan” obligatsiyalar misolida ko‘rib o‘tgan edik. Agar ularni chiqarishning iloji bo‘lmasa, unda nominal obligatsiyalar “o‘ziga tortar” bo‘lib qoladi. Nominal obligatsiyalar davlatga ayrim kutilmagan, tasodifiy voqealarga inflatsiyaning korrelyatsiyalanmaydigan tebranishlari ta’sirida budjetning tasodifiy tebranishlari evaziga bo‘lsa-da, javob berish imkoniyatini yaratadi. Agar xarajatlar bo‘yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalar yo‘qligi sababi davlatning ma’naviy muammosi bo‘lsa, bu dalil nominal obligatsiyalar uchun o‘rinli emas. Inflatsiya va xarajatlarning musbat korrelatsiyasi darajasiga qarab nominal qarzning bo‘lishi davlatni keragidan ko‘proq (xarajatlar bo‘yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalar chiqarishi kabi) sarflashga undaydi. Nominal obligatsiyalar davlat uchun xuddi shu (yana o‘sha) ma’naviy muammoni yaratadi va shu sababli inflatsiya tasodifiy bo‘lgani uchun ular to‘la qimmatga ega emas. Agar xarajatlar bo‘yicha indeksatsiyalangan obligatsiyalarni chiqarmaslik uchun ma’naviy muammo jiddiy bo‘lsa, unda bu real daromadli obligatsiyalarni chiqarish foydasiga nominal obligatsiyalarni chiqarishdan voz kechishga sabab bo‘ladi YaIMga “bog‘langan” obligatsiyalar foydasiga dalillar u qadar tushunarli emas. Agar bunday obligatsiyalarning yo‘qligi YaIMni hisoblashga aloqador texnik sabablarga bog‘liq bo‘lsa, unda inflatsiya va YaIMning manfiy korrelyatsiyasi holatida nominal obligatsiyalar jozibadorroq bo‘lib qolishi mumkin. Va nihoyat, valyuta obligatsiyalariga munosabat haqida. Ichki real daromadli obligatsiyalardan farq qilgan holda valyuta obligatsiyalari byudjet uchun real almashuv kursi dinamikasi bilan bog‘liq tebranishlarni yaratadi. Agar milliy valyuta iqtisodiy siklda pasayish yuz bergan vaqtida real arzonlashadigan bo‘lsa, tashqi qarz budjetga ayni YaIM (soliq bazasi) stagnatsiyaga uchragan paytda yomon ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi qarz xarajatlarni moliyalashtirish muammosini hal qilishni murakkablashtirib, ichki real daromadli obligatsiyalarga qaraganda jozibasizroq ko‘rinadi. Ehtimol, valyuta obligatsiyalarini chiqarish (ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda) sababi AQSH dollari va boshqa bir nechta valutalarning jahon moliya bozorida kontraktlar valutasi bo‘lib xizmat qilishida bo‘lsa kerak. Valyuta obligatsiyalarining juda keng tarqalganligini o‘zgacha izohlash qiyin.
Xalqaro amaliyot tajribasi shundan dalolat beradiki, hozir dunyoda xalqaro moliya institutlaridan, yirik tijorat banklaridan va boshqa mamlakat hukumatlaridan ma’lum miqdorda tashqi qarz olingan davlat uchramaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda yuzaga chiqqan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etish maqsadida iqtisodiyotni taraqqiy etgan davlatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va hozirgi vaqtda Gretsiya, Portugaliya va Ispaniya kabi ko‘plab davlatlar o‘z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga katta mablag‘larni yo‘naltirish uchun ulkan tashqi qarzlarni olishga majbur bo‘ldi. Ushbu holat esa juda ko‘plab mamlakatlarda katta miqdordagi davlat budjeti taqchilligi bilan birga davlat tashqi qarzlarini keltirib chiqardi. Yevropa Ittifoqiga a’zo va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 175 o‘zlarining rivojlanish bosqichida davlat tashqi qarzi va davlat budjeti taqchilligi o‘ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida (yevrohudud mamlakatlariga hozirda 27 mamlakat kiradi) Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar uchun “yevro zonasi”da ishtirok etishlari uchun 1993-yil 2-maydan boshlab quyidagi qat’iy mezonlar o‘rnatilgan: - davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 % dan ortmasligi lozim. Agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaniladi; - davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 % dan ortmasligi lozim (yoki ushbu ko‘rsatkichga barqaror yaqinlashib borishlik mumkin); - inflatsiya darajasi Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan eng mo’tadil narx -navo mavjud bo‘lgan uchta mamlakatdagi ko‘rsatkichdan 1,5 % dan ortmasligi lozim; Dunyoning har bir olingan mamlakatida davlat va uning vakolatli organlari o‘zlariga yuklatilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni bajarishi uchun ma’lum daromad manbalariga ega bo‘lishi lozimligi barchamizga ma’lum. Ushbu manbalarga soliqlar, turli majburiy to‘lovlar va boshqa soliqsiz daromadlar kiradi. Xuddi shu yerda davlat nima sababdan qarz oladi, degan savolga javob berish lozim. Davlatning qarz olishi, birinchidan, davlat budjetida davlat daromadlari va xarajatlari o‘rtasida muvozanat bo‘lmagan holatda, ya’ni taqchillik yuzaga chiqqanda amalga kelishi mumkin. Ikkinchidan, mamlakatda ko‘p yillik yirik davlat loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, mamlakatdagi favqulodda vaziyatlar (urushlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) natijasida, mavjud zaxiralar yetishmay qolganda va alohida turdagi manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri kelganda paydo bo‘ladi. Qarzga xizmat ko‘rsatish me’yori (koeffitsienti) tashqi qarz holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich mamlakat qarziga xizmat ko‘rsatish to‘lovlari foizdagi ifodasining tovar va xizmatlar eksportidan kelgan tushumlarga nisbati ko‘rinishida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich davlat tashqi qarzini va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzni tavsiflaydi. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashqi qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valutada to‘lanadi. Davlat qarzining darajasi, ya’ni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yig‘indisini davlat budjeti summasiga nisbati bilan o‘lchanadi, ya’ni:
bunda: D.Q.B – davlat qarz darajasi, D.Q – davlat qarzi, S (%) –foiz summasi, D.B.S-davlat budjeti summasi. To‘lov majburiyati budjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni to‘lash uchun zarur pul budjetda soliqlarni oshirish orqali to‘planadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning ko‘payib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham to‘g‘ri keladi. Vaqtida to‘lanmagan tashqi qarzga qo‘shimcha foiz to‘lanadi, undiriladigan foiz qarzga qo‘shilib, uning miqdori yanada oshadi. Davlat qarzining bo‘lishi uni boshqarishni taqozo etadi, ya’ni qarzni olish va to‘lash bilan bog‘liq muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Qarz va uning foizlarini to‘lash uchun budjetdan pul ajratish davlat qarziga xizmat qilish deyiladi. Davlat qarzini to‘lashdagi shart-sharoitlarning o‘zgarishi davlat qarzining restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining o‘zgarishi konversiya deyiladi. Qarz to‘lash muddati cho‘zilganda davlat qarzi prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va davlat qarzining konsolidatsiyasi yuz beradi. Davlat qarziga o‘rin bo‘lmasligi uchun davlat harajatlari davlat daromadlari darajasida bo‘lishi lozim. Bunda taqchillikka yo‘l berilmaydi yoki minimal darajaga keltiriladi. Yevropadagi eng kambag‘al 5 mamlakat haqida gapirganda Latviyaning bu ro‘yxatga tushib qolishini hech kim kutmagan edi. Bu kutilmagan antiqa ko‘rsatkichdir. Albaniya haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi, ushbu mamlakatda velosiped haqiqiy boylik hisoblanadi. Umumiy ro‘yxatga nazar tashlasak, Yevropada shunday kambag‘al mamlakatlar borligini bilib, hayron qolish mumkin.12 17- oktabrda qashshoqlikdan qutulish bo‘yicha xalqaro bayram nishonlanadi. Qora kontinent va Sharq mamlakatlari haqida gapirmay, o‘zini-o‘zi boqa oladigan Yevropa haqida gap ketmoqdaki, u yerda ham kambag‘allik muammosi zaruriy choralardan biriga aylangan. Ruminiya – Sobiq Sovetlar hokimiyati iqtisodiy rivojlanishi uchun katta yordam qilgan o‘tmishdagi sotsialistik mamlakat. 80-yillar boshida neftning narxi tushishi sababli bu mamlakatda katta davlat qarzi hosil bo‘ldi. O‘sha paytda mamlakat prezidenti bo‘lgan Nikolay Chausheski davlat oldida turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. U iqtisodiy modelni o‘zgartirishga qaratilgan katta reformalar qabul qildi. Bunda u ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi. Lekin Chausheski davlat qarzini to‘laganda, noma’lum snayperlar tinch namoyishchilarni o‘qqa tutishdi. Nikolay va uning oilasini qo‘lga olib, keyinchalik “qonxo‘r diktator” haqidagi afsonani tarqatdilar. Mamlakat “demokratlashish” ga kirishdi va hozirgi kunda ulkan “baxtli” davlat qarzi botqog‘iga kirib qolgan. Albaniya-mamlakati ko‘pdan buyon iqtisodiy muammolarni yecha olmaydi. Savodxonlik darajasi juda past. Ish ta’minoti va kelajakning yo‘qligi aholini chet ellarga borib ishlab, kun o‘tkazishga majbur qiladi. Bundan tashqari, mamlakat AQSH va NATO tayanchi ostida Kosovo tarixiy serb hududiga qo‘shilishi uchun yo‘naltirilgan siyosatni olib bormoqda. Albanlar qadimiy xristian muqaddas joylarini buzishmoqda, tinch serb aholisini o‘ldirishmoqda. Mamlakatdagi bunday holat unga nisbatan xalqaro ishonchni yo‘qotadi va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Latviya – qachonlardir Sovetlar davrida boy mamlakat, hozirgi kunda bechora hol Yevropasimon davlatchaga aylangan. Gap shundaki, 90-yillar Latviya (barcha Boltiq bo‘yi mamlakatlari singari) Sovetlar davridan qolgan boyliklarni sotish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgach, mamlakatning eksport zaxiralari tugagan edi, shartnomaga asosan esa mamlakat baliq va shakarni yetkazib berishni ya’ni o‘zining an’anaviy eksport turini to‘xtatishi shart. Endi esa mamlakatda katta davlat qarzi ko‘rsatkichi va mehnat emigratsiyasining oqimi kutilmoqda. Gretsiya-zamonaviy ellada. Afsuski, bu mamlakat ham hayot darajasining yuqoriligi bilan bizni quvontirmaydi. Yevropa Ittifoqiga kirgach ko‘pgina chekinishlarga rozi bo‘ldi. Misol uchun Yevropa foydasi uchun o‘z milliy valutasi – draxmadan voz kechdi. Hozirgi kunda Gretsiyaning qarzi 15 mlrd Yevrodan ziyod summani tashkil etadi. Uni to‘lash uchun mamlakat ko‘pgina davlat dasturlaridan kechishiga to‘g‘ri keladi. Ukrainani ham eng kambag‘al davlatlar qatoriga kirib qolganini tan olish kerak. Bu regionning asosiy muammosi aholining yuqori darajada tarqoqligi. Sharqiy Ukraina – Molorossiya o‘zini haqqoniy ravishda Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydi va bor kuchi bilan tarixiy vataniga qaytish ishtiyoqida. Shu vaqtning o‘zida g‘arbiy qism – Galitsiya Ukrainani alohida, mustaqil mamlakat deb jar solmoqda. Mamlakatda moliyaviy korruptsiya, poraxo‘rlik, o‘g‘irlik davlat faoliyatining barcha tizimlariga singib ketgan. Bu esa iqtisodda fojiali yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. Turli mamlakatlarning davlat qarzi majburiyatlari umidliligiga baho berish borasida Xalqaro Valyuta Fondi ma’lumotlari bizga juda ham aniq emasdek tuyulmoqda, birinchidan, XVFning xalqaro rezervlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hamma rezervlarni to‘liq egallay olmaydi, berilgan ma’lumotlarga asoslanib, ular orqali yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tuzilgan, bu yerda rezervlarning “joylashtirilmagan” (unallocated) deb atalgan anchagina katta hajmlar borki, u joylashtirilgan hajmlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Ikkinchidan, rezerv valutalarida joylashtirilgan aktivlarning davlat qarzini taqdim qiluvchilari hammasi emas. Rivojlangan mamlakatlarning qarz majburiyatlarini bostirish bahosi, chet ellik ushlab turuvchilar (aktivlarni) har xil mamlakatlar bo‘yicha aynan qarz statistikasi bo‘yicha tahlil qilish mumkin. Ushbu analiz chet el investorlari va avvalo, davlat institutlarining, markaziy banklarning, suveren fondlarning va o‘sib kelayotgan pul qo‘yishlari yana kamroq qarz uskunalarining ta’minlanishi qanchalik isbotlanganligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Yuqorida qarz va YaIMning nisbati, aholi jon boshiga rezerv va qarzlarning, shu bilan birga oltin zaxiralarining nisbati sifatida rivojlanlangan davlatlarning davlat qarzi nisbiy parametrlari ko‘rib chiqilgan. Hozirgi kunda bu barcha nisbatlar juda izdan chiqqan (balansdan chiqib ketgan) va qariyb hamma ko‘rib chiqilgan iqtisodlar uchun real aktivlar bilan ta’minlanishning juda kichik holatini namoyish etmoqda, yoki bu ma’muriy rezervlar, oltin yoki mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lishidan qat’iy nazar. Shu bilan bir vaqtda xalqaro rezervlar bozorida bu uskunalarning alternativsizligi sababli rivojlangan mamlakatlarning qarz majburiyatlariga chet el tomonidan pul qo‘yishlari doimo o‘sadi. Bu bilan bog‘liq holda bu majburiyatlarni emitatsiya qiluvchi davlatlar o‘z vazifasini bajara oladimi, degan savol tug‘iladiki, ular yana ham ko‘proq moliyaviy piramidani eslatadi, ular orqali hisob-kitob qilganda yoki qarzni va to‘lovni taqdim etishda chet el investorlari rad javob bilan to‘qnash keladilar. 1971-yilda AQSHning oltin bilan qarzlarni to‘lashni rad etganiga o‘xshab. Bu muammoni tahlil qilish uchun rivojlangan davlatlarning rezervlari bilan hamma qarzni emas, hattoki sof qarzlarni ham emas, faqatgina chet el investorlari egalik qilayotgan qismini, ya’ni ularning asosiysi esa davlat institutlari hisoblanadi. Chet el pul mablag‘larini ushlab turgan mamlakatlardan yagonasi o‘z rezervlari davlat qarzlaridan yuqori bo‘lgan yirik rivojlangan mamlakat – bu Yaponiya. Yaponiyada chet el investorlari oltin valyuta zaxiralari davlat qarzi hajmidan taxminan ikki barobar ko‘p. Qolgan mamlakatlarda investorlar uchun ahvol juda noqulay, chunki qarzlar miqdori rezerv hajmidan ancha ko‘p. Odatiy peshqadam bo‘lib, qarzlarni qoplash bo‘yicha kuchsiz hisoblangan mamlakat – bu AQSH. Chet el investorlari oldida 4.5 trln. dollardan ortiq qarzi bo‘la turib, 2013-yilda davlat rezervi bor yo‘g‘i 133 mlrd. dollarni tashkil qilgan, bu chet el investorlari oldidagi qarzdan 35 marta kam degani. Chet el investorlari oldidagi holat Yevropada anchagina durustroq. Lekin davlat moliyasi holatiga ijobiy baho berib bo‘lmaydi. Ko‘pchilik yirik Yevropa mamlakatlarida chet elliklar oldidagi qarzdorlik milliy rezervga nisbatan 5 – 7 barobar ko‘p. Bizning qarashimizcha, bu holat anchagina tashvishli va yaqin kelajakda dunyo qarzining jadallashib o‘sish sur’atiga olib keladi. Bu rivojlangan mamlakatlar tomonidan hozirgi kunda davlat qarz majburiyatlarini so‘ndirish uchun qo‘yilgan mablag‘larni yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bir qator Yevropa mamlakatlarida oxirgi yillarda, asosan, inqiroz va qarz muammolarini tezlashuvi rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzi masalasi, qarz nisbiy ko‘rsatkichlarining jadal o‘sishi natijasida, yalpi qarz va YaIM hajmini solishtirish natijasida (ko‘pgina mamlakatlarda 100% nuqtadan oshib ketdi yoki bu nuqtaga yaqinlashdi) aktual zaruriy kundalik masalaga aylanib qoldi. Bu an’ana yetarlicha xavotirli hisoblanadi, lekin yana ham rivojlangan mamlakatlarning davlat moliyasiga nisbatan qarz yuklamasi holatig to‘liqroq baho berish uchun qarz hajmiga bog‘liq bo‘lgan ayrim boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2013-yil 1-noyabrda Yevropa Ittifoqi haqida shartnomaning kuchga kirganligiga 20-yil to‘ldi (yoki noma’muriy – Maastrixt shartnomasi).13 Shaxsiy yubileyini Yevropa faqatgina iqtisodiyot retsessiya holatiga emas, hatto ularning ko‘pchiligi Mastrix asos solgan vazifalarni bajarmaslik bilan kutib oldi. Shunday qilib, 2013-yilning ikkinchi kvartali natijalariga ko‘ra umumiy 28 Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining davlat qarzi 86.8% (YaIM ga nisbatan), Yevrohududning 17 mamlakatida davlat qarzi 93.4%ni (YaIMga nisbatan) ko‘rsatdi, bu esa Maastrixt shartnomasi va stabillik aktiga asosan o‘rnatilgan qoidalarga binoan (limit va suveren qarz YaIM o‘lchovidan 60% idan oshmasligi shart)14 qo‘yilgan shartlarni buzib, nisbatan ko‘tarilib ketadi.
2013-yil 5-noyabrda 2015-yilgacha bo‘lgan bir yo‘la ham Yevrohudud ham Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiy o‘sishini tahlil qila turib valyuta ishlari va iqtisodi bo‘yicha Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Olli Ren aytib o‘tdi. Yevropa iqtisodida keskin burilish punktining yana ham ko‘proq belgilari kuzatilmoqda. Byudjet konsolidatsiyasi va tizim reformalari ( Yevropada qo‘llanilgan) o‘sishning yangi asosini yaratdilar. Shu bilan bir vaqtda g‘alabani e’lon qilish uchun hali juda erta, ishsizlik haligacha yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada qolmoqda. Yevrokomissiya ma’lumotlariga asosan, 2013-yilda YaIM nol qiymatda o‘zgarmadi. Prognoziga ko‘ra, 2015-yilda esa Yevropa iqtisodida o‘sish tempi 1.9 % gacha kuchayadi. Yevrohududda esa 2013-yilda 0.4% region YaIMning pasayishi, 2014-yilda 1.1% YaIM o‘sishi, 2015-yilda YaIM 1.7% gacha o‘sish tempining kuchayishi habar qilinadi. Bunda oldingi Yevrokomissiya ma’lumotlariga nisbatan o‘tayotgan yilda 0.1% ga Yevropa Ittifoqi YaIMning qisqarishi tahmin qilingan. Yevropa Ittifoqi YaIM o‘sishi 2013-yilda 0.1% ga yaxshilangan, lekin Yevrohudud YaIM o‘sish tempi 2014-yilda bahosi, aksincha, pasaygan, oldingi prognozga qaraganda 0.1% ga, Yevrokomissiya prognozi o‘zgartirishsiz qoldi. Yevrokomissiya fikri bo‘yicha, 2013- yilning ikkinchi kvartalida 0.3% ga Yevrohudud YaIMning o‘sishi region iqtisodidagi tizimiy o‘zgarishlarga emas, balki qulay ob-havo sharoiti va mavsum faktorining ijobiy ta’siriga bog‘liq. Yevrokomissiya ekspertlari aytishlaricha, 2013-yil ikkinchi yarmida YaIM regionda o‘sishi kamtar ko‘rinishda qoldi. Yevropa Ittifoqi turli davlatlarda real sektorni kreditlash sharoitida farqlarning ortib borishi va hajmlarning pasayishi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (bu holatni belgilash uchun Yevropa ekspertlari hatto mahsus atama, “moliyaviy flagmentatsiya”ni o‘ylab topdilar). Tavakkalchilikning ko‘tarilishi va noma’lumlik yangi ish o‘rinlari yaratish uchun Yevropani stabillashtirishiga yomon ta’sir ko‘rsatishida davom etadi. Jorj Soros: Toki hokimiyat mavjud siyosiy kursda ish yuritar ekan, ular zulmatli sahnadan Yevropada uzoq davom etadigan iqtisodiy tush14 “Mastrixt shartnomasi”14 1992-yil 181 kunlikdan qochib qutulolmaydilar va buning natijasida Yevrohududning siyosiy yakdilligiga tarqalib ketishi xavfi tug‘iladi” 15. Uning mulohazasiga ko‘ra, Yevroni qutqarish uchun inqirozdan chiqishning tezkor choralari va uzoq muddatli tizimiy o‘zgarishlar o‘tkazish zarur. Bundan tashqari, Soros Yevropa Ittifoqi iqtisodiy integratsiya qilishni yo‘lga qo‘yish va davom etish kerak deb tavsiya beradi. Sorosning fikricha16 Yevropa fondi bazasida moliyaviy stabillikda to‘laqonli Yevropa Moliya vazirligini shakllantirish bo‘yicha a’zo davlatlar orasida kelishish shartnomasi tuzish zarur, shundan keyin Yevropa Ittifoqi qo‘mitasi agar to‘lay olmaslik xavfi tug‘ilish holatida vazirlikning agentlik vakolatini Yevropa banki komissiyasiga o‘tkazishi mumkin, unda bank moliyaviy javobgarlikdan xolos bo‘ladi. Soros bu choralarni faqat Yevropa Ittifoqi rivojlanishida “jadallashuvni (strategiyani)” qayta ko‘rib chiqqandagina amalga oshirish mumkin deb tan oladi. U bunday vazirlik tizimiga ko‘pgina mamlakatlar, birinchi navbatda Germaniya qarshi chiqadi, chunki ko‘pgina davlatlar hukumati Yevroni inkor etish yoki foydalanishda o‘z shaxsiy qarorlarini qabul qila olishlariga ishonib kelmoqdalar..
Xulosa
Har bir mamlakat o‘z xarajatlarini soliqlar yoki qarzlar bilan moliyalashtirishni mo‘ljallaydi va defolt kutilmaydi. Qarz olish davlatni diskontlash yo‘li bilan joriy vaqtga keltirilgan soliqlar undirish zaruratidan ozod qilmaydi. Qarzlar miqdori va shakllarini tanlash soliqlarning kutiladigan joriy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo soliqlar yig‘ish grafigiga va soliqlarning iqtisodiy oqibatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat qarzini boshqarishning maqsadi xarajatlarni moliyalashtirishdan ko‘riladigan zararning joriy qiymatini minimallashtiriladi. Fan yutuqlari davlat qarzini boshqaruvchilar tafakkurida davlat qarzini boshqarish maqsadlariga erishish vositalariga aylanadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini moliya bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Davlat olayotgan qarzlari davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog‘ozlari bo‘lib, bozorda erkin aylanishi mumkin bo‘ladi. Davlat qarzdorliklari ikkita vazifani bajaradi: davlat g‘aznasiga pul mablag‘larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish. Davlat qarzlarini boshqarish davlat moliyaviy resurslar fondini shakllantirish va uni taqsimlash tizimini o‘rganish bilan birga, iqtisodiy-matematik modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish va uning maqsadlari O’zbekistonda innovatsion loyihalar olib borish har xil sohalarni rivojlantirish hususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |