i “DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI BUDJETLARINING IJROSI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTLARNING SHAKLLARINI TASDIQLASH VA MUDDATLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2624-2] O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 166-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son “O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiruvchi davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-son “Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2624, 2014-yil 10-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 46-son, 553-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV Toshkent sh.,
2020-yil 4-dekabr,
55-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 4-dekabrdagi 55-son buyrug‘iga
ILOVA
“Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to‘g‘risida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. Buyruqda:
a) nomidagi “hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to‘g‘risida” degan so‘zlar “hisobot shaklini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ilovaga muvofiq:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
davlat maqsadli jamg‘armasi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda taqdim etadilar.”;
v) 3-banddagi “budjetlarining ijrosining asosiy ko‘rsatkichlari” degan so‘zlar “faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 1-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. 2 — 6, 8 — 13, 15 — 20-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.