Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi



Download 126,16 Kb.
bet11/28
Sana25.06.2022
Hajmi126,16 Kb.
#704749
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
Safdorlar uchun Savol javob (2)

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; ma'daniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyottahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazoratdispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.

  1. “Халқ” тушунчасига таъриф беринг?

Xalq — bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. Masalan biz Oʻzbekiston aholisi va oʻzbek xalqi deymiz.
Xalq — 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) tarixiy birlikning turli shakllari (qabila, elat, millat). X.larning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini oʻrganishda ijtimoiy fanlarda "etnos" (yun. "xalq") va "etnik birlik" iboralari qoʻllaniladi (qarang Etnos, Etnik birlik).

  1. Ўзбек халқи деганда кимлар тушунилади ва улар ҳақида нималарни биласиз?

Oʻzbeklar — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (36 million), Tojikistonda (2,5 million koʻproq), Qirgʻizistonda (2.5 million kishi), Qozogʻistonda (600 minghan kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (8 milliondan 9 milliongacha), Rossiyada (800 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (13 ming kishi, 1998-yil), Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklarning umumiy soni 45-50 milliondan ortiq (2022). Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

  1. “Расадхона” деганда нимани тушунасиз ва Мирзо Улуғбек расадхонаси ҳақида гапириб беринг?

Rasadxona (observatoriya) — astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obʼyektlarni kuzatish bilan shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin i.t. muassasasiga aylangan. Oʻrta asrlarda Sharqda koʻplab R.lar kurilgan (qarang Ulugʻbek rasadxonasi). Keyinchalik (16-asr oʻrtalaridan) Yevropada R.lar optik, radiofizik va boshqa asboblar bilan taʼminlana boshladi. Oʻzbekistonda optik asboblar bilan jihozlangan R. birinchi marta 1973 yilda Toshkentda Turkiston harbiy okrugi Harbiy topografiya boʻlimi tizimida astronomiya va fizika R.si sifatida tashkil qilindi. Unda i.t. ishlari (vaqtni oʻlchash, quyosh faolligi, quyosh va oy tutilishi, meteorologik, seysmik kuzatishlar va boshqa ishlar) olib boriladi (qarang Astronomiya instituti). R.larda astronomik, magnit, gidrometeorologik, seysmik va boshqa kuzatish hamda tadqiqotlar olib boriladi. Astronomik R.lardan tashqari, aerologik R., dengiz R.si, geofizik R., kosmik R., magnit R., meteorologik R.lar mavjud.[1]

Download 126,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish