Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniaa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov gʻoyasi bilan bunyod etilgan meʼmoriybadiiy maj-mua. Oʻzbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda oʻrnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi Yer sharida Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil Oʻzbekiston mamlakati mustahkam oʻrin olganini ifodalaydi. 2005-yil 28 dek.da ushbu monument oldiga farzan-dini bagʻriga bosib turgan munis oʻzbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali oʻrnatildi (haykaltarosh I.Jab-borov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yoʻlak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uygʻun ifodalagan ushbu yodgorlik M. va e.m. deb ataldi.
“Авесто” кимларнинг муқаддас китоби ва Авестода қайд этилган инсон ҳаётининг асосий қоидаси бўлиши керак бўлган ғояларни санаб беринг?
«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari toʻplami.
Космополитлар кимлар ва “Ўтроқ ҳаёт” деганда нимани тушунасиз?
Bu shaxs qadriyatlarini milliy manfatlaridan ustun qo’yadigan va o’zini hech qanday millatga mansub deb bilmaydigan, yani butun sayyorani o’z vatani deb biladigan shaxs
Чингизхонга қарши курашларда жасорат кўрсатиб, уни лол қолдирган ватандошимиз ким ва у ҳақида нималарни биласиз?
1221 yil noyabrda Hind daryosi bo’yida yuz bergan jangda son jihatdan ancha ustun bo’lgan mo’g’ullar g’alaba qozondi. Baribir Jaloliddinni asirga tushirolmadilar, u 4 ming askari bilan Hind daryosining narigi tomoniga o’tib olishga erishdi. Jaloliddin umrining oxirigacha (1231) mo’g’ullarga qarshi kurashdi.
Иккинчи жаҳон уруши йилларида юртимизга фашистлар босиб олган ҳудудлардан кўчириб келтирилган миллатлар ҳақида нималарни биласиз?
200000 dan ortiq yetim bolalar o‘zbekistonliklar oilasida issiq
boshpana, rizq-ro‘z, eng muhimi, mehribonlik topdilar. Turli millat-
larga mansub bo‘lgan 14 bolani farzandlikka olgan toshkentlik temirchi
usta Shoahmad Sho
mahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar
oilasi yuksak insoniylik fazilatlarini ko‘rsatib ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi.
Urushdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan katta
qo‘rg‘onlik Hamid
Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima
Qosimovalar oilasi 10 bolani o‘z quchog‘iga olib, mehr qo‘ri bilan
ularning qalbini isitdi, dilini yoritdi.
O‘nlab bolalarni farzandlikka olib, tarbiyalab voyaga yetkazgan
oilalar respublikamizda anchagina. Ularning buyuk insonparvarlik,
vatanparvarlik jasorati tahsinga sazovor.
9 май – Хотира ва қадрлаш куни қайси йилдан буён юртимизда кенг нишонланиб келинмоқда ва бу байрам нима мақсадда ташкил этилган?
1999-yil dan buyon nishonlanadi sen har doim qalbimdasan
Иккинчи жаҳон уруши арафасида Ўзбекистонда қанча аҳоли яшаган ва шундан қанчаси Иккинчи жаҳон урушидаги жангларда иштирок этган?
Ma`lumki, urushdan oldin yurtimizda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1 million 433 mingtasi ikkinchi jahon urushida qatnashgan va bu 60% mehnatga layoqatli aholini tashkil etadi. 450 mingdan ortiq o`zbek urushdan qaytib kelmagan, 130 mingdan ko`prog`i nom nishonsiz ketgan. Aholining asosiy qatlamini bolalar va qariyalardan tashkil etganini hisobga olgan holda, mehnatga layoqatli 60 foiz aholi frontga jalb etilgan, beshvqat urush hech bir oilani chetda qoldirmadi.