Davlat iqtisodiy siyosatining
maqsadi va vositalari
Davlat iqtisodiyotga o ‘z siyosati bilan ta ’sir etadi.
Davlatning siyosati — bu makroiqtisodiy siyosat
bo‘lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga
taalluqli y o i-y o ‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-
harakatlaridan iboratdir.
Davlatning siyosati har doim milliy b o ia d i, m am
lakat rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi.
Siyosatda eng a w a l m am lakat iqtisodiyotining holati,
xalqaro iqtisodiy konyunkturaning milliy iqtisodiyotga
n e c h o g iiq ta ’sir etishi, unda kutilayotgan o ‘zgarishlar
mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatning qan-
dayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan ta ’m in-
lanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan
ch o ra-tad b irlar bergan natija ham hisobga olinadi.
Davlat siyosati davlat rahbarlarining erk-irodasi va
qat’iyatligiga va yetilgan iqtisodiy m uam m olam i naqadar
idrok etishlariga ham b o g iiq b o iad i.
D avlatning
siyosati
milliy
manfaatlardan
kelib
chiqqan holda m a’lum maqsadlarni ko'zlaydi. Bulardan
asosiylari quyidagilar:
1.
Barqaror iqtisodiy o ‘sishni ta’minlash. Bu yalpi ichki
mahsulotning bir m arom da va yetarli sur’atlar bilan o'sishi-
ga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki Y alM qanchalik tez
o ‘ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi.
428
XX b о b. Iqtisodiy siyosat
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uni
chet elga qaram bo ‘lishiga yo‘l qo'ymaslik. Iqtisodiyot
qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik milliy manfaatlarga
ko'proq xizmat qiladi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy
oborotning uzluksizligini, ya’ni takror ishlab chiqarish
ning to'xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l
qo'yilmasligini bildiradi.
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’min
lash, m am lakatdagi pul m uom alasining m e’yorida bo-
rishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning m untazam
ishlab turuvchi vositasiga aylantirish.
5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib, iqti
sodiyotning ijtimoiyligini to 'la ro q yuzaga chiqarishga
ko'maklashish.
6
.
Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar
va glohalizatsiyada faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyot
da o 'z o'rnini topishi, baynalmilal iqtisodiy m unosabat-
larning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish.
7. Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni
uni uzoq kelajakda o'sib borishiga sharoit hozirlash.
Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davr-
ga mo'ljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa
vaqtdagi taktik, ya’ni ju z ’iy maqsadlari ham bor. Bular
jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning
barqarorligini ta ’m inlash, investitsion faollikni rag'bat-
lantirish, eksport salohiyatini oshirish, novatsiyalarni
ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar
kiradi. Ju z ’iy m aqsadlar strategik m aqsadlardan kelib
chiqadi va ularga xizmat qiladi.
Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vosi
talar bilan erishiladi. Birinchisi, iqtisodiy vositalar bo'lib,
bular jum lasiga
soliqlar,
subsidiyalar,
litsenziyalar,
eksport kvotalari, uchyot stavkalari, davlat buyurtmalari,
davlat
investitsiyalari,
transfertlar,
turli
iqtisodiy
sanksiyalar (jazolash vositalari) kabilar kiradi. Ikkinchisi,
yuridik
vositalar.
Bu
iqtisodiy faoliyat tartibi
va
qoidalarini, uning davlat tom onidan rag'batlantirilishini
belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi
429
I I В О ‘ L I M . Bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari
qonun osti hujuatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish
va joriy etishdan iboratdir.
Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgi
lab beradi, bular esa bozor iqtisodiyotining obyektiv iqti
sodiy qonunlari talabidan kelib chiqishi zarur. Iqtiso
diyotga oid yuridik qonunlarni parlam ent qabul qiladi.
Hukum at esa ularning amalga oshirilishini ta ’minlaydi-
gan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqadi. Tegishli
davlat idoralari qonunlam ing amalga oshirilishini nazo-
ratga oladi.
Xitoy tilida,
siyosiy-m a’muriy vositalar.
Davlat hokimiyat sohibi boigan id an o ‘z siyosatiga rioya
etilishini o ‘z organlari kuchi bilan ta ’minlaydi. Davlat
oliy siyosiy institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va
buyruqlariga hamm a itoat etishi kerak b o iad i. M a’muriy
usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizim ida yaxshi
natija berm aganidan cheklangan holda qoilaniladi.
20.4. Davlat iqtisodiy siyosatining
asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiyot yaxlit b o ia r ekan iqtisodiy siyosat ham
yagonadir. Lekin davlat siyosatining aniq yo ‘nalishlari
bor.
Monetar siyosat — bu davlatning pul-kredit siyosati
b o iib , pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi
o'rtasidagi m uvozanatni ta ’m inlash, iqtisodiyotdagi pul
oqim larini boshqarib turish siyosati hisoblanadi. Uning
m aqsadi narxlarni va shunga k o 'ra m illiy pul birligi
xarid qurbini, uning valuta kursini barqarorlashtirish,
oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini m uvo-
zanatlashtirishdan iborat bo'ladi.
M onetar siyosatning 3ta asosiy jihati bor:
1.
Qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati. Bunda
davlat nom idan m arkaziy banklar uchyot stavkasini
o'zgartiradi. Stavka oshganda pul qim m atlashib, unga
talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga
talab oshadi.
Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qim m at
bo'lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit hisobidan
430
XX b o b . Iqtisodiy siyosat
yuboriladigan investitsiyalarni o ‘zgartirib, uning o ‘sishiga
ta ’sir etadi.
Masalan, Yevropa mamlakatlarida qayta moliyalashti
rish stavkasi 2001-yil oxirida 1,7% bo'lsa, 2002-yil oxiri-
da bu 0,9% ga tushdi. Bu bilan kredit arzonlashtirildi,
chunki kommersiya banklari shunga qarab kredit uchun
undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar.
2. Ochiq bozorda operatsiyalar o'tkazish siyosati. Bu
davlat obligatsiyalarini chiqarib firm alar, banklar va
aholiga sotish va vaqti kelganda ularni qaytadan sotib
olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish qulay bo'ladi,
chunki ularga q at’iy belgilangan foizni davlat to'laydi,
bu bilan ularning darom adliligi kafolatlanadi. Davlat
obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog'lanib qoladi,
natijada uning m uomaladagi m iqdori qisqaradi. Aksin
cha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan bo'shab
m uom alaga keladi, u yerdagi pul m iqdori ko'payadi.
Demak, bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi.
3. Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan
markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursi-
ning majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga ko'ra bank
lar kreditga beriladigan pulning bir qism ini M arkaziy
banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli
qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul ko'paydi. Masalan,
m am lakatda jam i kredit resurslari 80 m lrd. dollar.
Shundan 10% rezervga o'tkazilsa 72 mlrd. doll, kredit
uchun pul qoladi. Bordi-yu bu rezerv 15% ga chiqarilsa,
kreditga 68 mlrd. dolllar qoladi. Bu bilan kreditga
m o ijallan g an pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi.
Shunga qarab kredit olish goh oshib, goh qisqarib tura
di. M onetar siyosatning aytilgan yo'nalishlari shuni
ko'rsatadiki, unda turli iqtisodiy vositalar qo'llaniladi.
M onetar siyosat 2 xil bo'ladi:
1.
Qattiq siyosat, bunda pul massasi qisqartiriladi,
uni emissiya (pul chiqarish) hisobidan o'sishi q a t’iy
chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib tovar mas-
sasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi,
narxlar esa o'sm aydi, pul birligining xarid qurbi bar-
qarorlashadi. Pul topishga intilish iqtisodiyotning jonla-
431
I I В О ‘ L I M . Bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari
nishiga olib keladi. Bunday siyosat biz ilgari ko'rgani-
m izdek odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki
inflyatsiyani jadal bostirish uchun qo‘llaniladi.
2.
Yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul mas-
sasining ortishiga to 'sqin lik qilm aydi, pul emissiyasi
hadeb cheklanaverm aydi, natijada pul ko'payib uning
arzonlashuvi yuz beradi. Yum shoq siyosat iqtisodiyot
o'sish pallasida bo'lganda ko'proq qo'llaniladi, chunki
pul m assasining o'sishiga qarab tovarlar massasi ham
o'sadi. Bunda tovar-pul m uvozanati pulni qisqartirish
hisobidan em as, balki tovarlarning ko'payishi tufayli
ta ’minlanib turadi.
Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq-byudjet siyosatidir,
unga binoan soliqlar belgilanadi, byudjet mablag'lari aniq
maqsadlar y o iid a ishlatiladi. Soliq siyosati soliqlar vosi
tasida byudjetga pul to'plashga qaratiladi. Unga binoan
soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan
obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgi
lanadi.
Soliqlar
davlatning
iqtisodiyotga
ta ’sir
etishida
qo'llaniladigan asosiy vositadir. “ Soliq tizim i nafaqat
soliqlami undirish, balki birinchi galda, rag'batlantirish
xususiyatiga ega b o iish i lozim ” 1.
Iqtisodiyotni rag'batlantirish zarur bo'lganda soliqlar-
dan im tiyozlar beriladi. Bunda soliq kam aytiriladi,
soliqni undirish m uhlati cho'ziladi yoki um um an soliq
undirilm aydi.
N atijada
firm alarga
tegadigan
foyda
ko'payadi, ular foydani reinvestitsiya
qiladi, ya’ni qay
tadan ishlab chiqarishni o'stirishga yuboradi. Ishlab
chiqarishni rag'batlantirish maqsadida 0 ‘zbekistonda foy-
dadan to ia n a d ig a n soliq stavkasi 2004-yili 24% dan
20% ga tushirildi. Ishlab chiqarish qizib ketganda uning
o ‘sishini sekinlashtirish zarur b o is a soliqlar oshiriladi.
Bu usul kapitalning eski tarm oqlardan chiqib yangi
istiqbolli tarm oqlarga k o'ch ib o'tishiga ham yordam
Do'stlaringiz bilan baham: |