Davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. Gulyamov toshkent sh



Download 55,96 Kb.
Sana08.03.2022
Hajmi55,96 Kb.
#486237
Bog'liq
335 17.11.2010




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
BUYRUG‘I
POLIMER MATERIALLARNI REAKTOR ORQALI OLIShDA XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2010-yil 30-noyabr 6-24/13-11355/6-son]
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 28-29-son, 234-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-noyabr,
335-son
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 17-noyabrdagi 335-son buyrug‘iga
ILOVA
Polimer materiallarni reaktor bilan olishda xavfsizlik
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq polimer materiallarni reaktor orqali olishda xavfsizlik tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar polimer materiallarni reaktor orqali oluvchi tashkilotlar (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
II. Umumiy xavfsizlik talablari
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
5. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
2-§. Sanitariya va gigiyena
7. Tashkilot xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
8. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
9. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sun’iy yorug‘liligi darajasi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va suniy yorug‘lik” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
10. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
11. Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va o‘tirib ishlash uchun GOST 12.2.032-78 va GOST 12.2.033-78 talablariga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
3-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
12. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos bo‘lishi lozim.
13. Yoritish vositalarida ko‘zni qamashtirishdan saqlovchi choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
14. Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanish qo‘llanishi lozim.
15. Ko‘chma yoritish vositalarini ishlatishda rezina shlangli egiluvchan o‘tkazgichdan foydalanilishi lozim.
16. Yoritish vositalarini ta’mirlash va uning ichki elementlarini ko‘zdan kechirish, kuygan lampa va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tarmog‘idan o‘chirilgan holda bajarilishi lozim.
17. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
18. Yoritish vositalarini nazorat qilish va ta’mirlash ishlari shu ishlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
19. Elektr yoritish o‘tkazgichlari poldan 2,5 m dan past bo‘lmagan balandlikda bo‘lishi kerak.
20. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
21. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik talablari
22. Polimer materiallarni reaktor orqali olishdagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 talablariga muvofiq bo‘lishi va xodimlarni zararli moddalar bilan bevosita munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun zararli moddalarni ajralishini chegaralovchi yopiq siklli, zichlashtirilgan jihozlarni qo‘llanishi hisobiga, mexanizatsiyalashgan va avtomatizatsiyalashgan, bundan tashqari texnologik jarayonlar va amaliyotlari avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
23. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
24. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan talablar texnologik hujjatlarda bayon etilgan bo‘lishi shart.
25. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
26. Mahalliy ventilatsiya tizimlari texnologik uskunalarni ishga tushirish qurilmalari bilan blokirovka qilinib, ular yoqilishi bilan baravariga yoqilishi va texnologik uskuna to‘xtaganidan keyin 3 daqiqadan keyin o‘chishi lozim.
27. Texnologik uskunalar bilan blokirovka qilinmagan mahalliy ventilatsiya tizimlarini, uskunalarda ish boshlanishidan oldin yoqilishi va ish tugatilganidan keyin 3 min dan keyin o‘chirish lozim.
28. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda toksikligi va uchuvchanligi pastroq bo‘lgan xomashyo va qo‘shimchalar qo‘llanishi kerak.
29. Akril, metakril kislota va uning efirlarini o‘z holicha polimerizatsiyalanishini bartaraf etish uchun yuqori samarali ingibitorlarni qo‘llanishi nazarda tutilishi kerak.
30. Stirol polimerlar va sopolimerlar ishlab chiqarilishida polimerizatsiya massasini qizdirib blokli va qizdirmasdan emulsiya-suspenziya usulida ishlab chiqarishda avariyaviy to‘kish uchun zaxira sig‘imlar nazarda tutilishi lozim.
31. Pentanni izopentanga izomerlash jarayonida quyidagi holatlarni bildiruvchi signalizatsiyalar ko‘zda tutilishi lozim:
reaktor devorlari harorati 300° S dan oshganini;
reaktorda bosimlar farqi ortganini.
32. Suyuq konsentratsiyalangan chiqindilar kanalizatsiyaga tushirilishidan oldin, vaqtincha yuk saqlanadigan joyga ko‘chirilishi yoki termik, organik qo‘shimchalar bilan zararsizlantirilishi quvurlarda yoki zich yopilgan sig‘imlarda bajarilishi lozim.
33. Sex sig‘imlari va apparatlariga xomashyoni, yarim mahsulotlarni, suyuq mahsulotlarni (monomerlarni, forpolimerni, stiroldagi kauchuk eritmasini, penopoliuretan uchun A va B komponentlarni, formalinni, fenolni, epixlorgidrinni, toluolni, aldegidlarni, kislotalarni, ishqorlarni, latekslarni, eritmalarni, faollashtiruvchi aralashmalarini) berilishi yopiq quvurlar tizimi orqali amalga oshirilishi lozim.
34. Yangidan tayyorlangan polimer materiallari (penopoliuretan, polistirol va boshqa polimerlarni) pishish jarayoni ish hududi havosini ifloslantirmaydigan sharoitda o‘tkazilishi lozim.
35. Apparatlar, quvurlar va kommunikatsiyalarda flanetslarni birikmalari zichlangan bo‘lishi lozim.
36. Polimerizatsiya aralashmalarini tayyorlash, dastlabki polimerizatsiya va sintez, haydash kublari, aralashtiruvchi, yuvuvchi apparatlarning lyuk va shtutserlari oson va zich yopilishi kerak.
37. Texnologik jarayon bo‘yicha ingridiyentlarni aralashtirish apparatlari ekranlashtirilgan aralashtirgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
38. Jihozlarni tozalash (polimerizatorlar, yuvuvchilar, tsentrifuga, quritish pechlari) qo‘l mehnatini istisno etuvchi gidravlik va mexanik usullardan foydalanish orqali, changdan tozalash esa — chang tozalovchi qurilmalarda bajarilishi lozim.
39. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda qoldiqni bartaraf qilish, tozalash, zararsizlantirish, yuvish, bidonlarni, bochkalarni, barabanlarni, ishlab chiqarish apparatlarini va boshqa idishlarning bug‘lanishi himoyalangan binoda (maxsus yuvish bo‘limida) amalga oshirilishi lozim.
40. Oqimda mahsulotni tarkibini nazorat qilish (sanoat gazxromotografiya yordamida) avtomatik tarzda amalga oshirilishi lozim.
41. Avtomatik nazorat qilishga imkoniyat bo‘lmagan uchastkalarda texnologik jarayonni nazorat qilib turish uchun namunalarni olinishi zararli moddalarni sizib chiqishini istisno etishi lozim.
42. Ishlaganda ko‘p miqdorda chang hosil qiladigan materiallar, apparatlar va boshqa uskunalar yopilgan, zichlangan va ishlab chiqarish binolariga changlangan havoning kirishini yo‘qotadigan aspiratsion qurilmalar bilan ta’minlanishi shart.
43. Atmosferaga chiqariladigan havo sanitar me’yorlar talablariga javob berishi lozim.
44. Granul va kukunli to‘kiluvchi materiallar sisternadan pnevmotransport orqali omborning maxsus sig‘imlariga yoki sexning zaxiradagi sig‘imiga bo‘shatilishi lozim.
45. Transportyor tasmalari materiallarni transportirovka qilish paytida to‘kilishini oldini oluvchi va tasmadan mahsulotni qoldiqlarini mexanik tozalashga imkoniyat beruvchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
46. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
47. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yong‘in xavfsizligi” talablari bo‘yicha eng uzoq ish joylaridan ulargacha bo‘lgan masofa, shuningdek eng ko‘p sonli smenadagi ishlovchilar soniga bog‘liq holda aniqlanadi.
48. Tashkilot rahbariyati tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong‘in xavfsizligiga mas’ul xodim bo‘lishi lozim.
49. Yong‘in xavfsizligiga mas’ul xodim majburiyatlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan bo‘lishi lozim.
50. Yong‘inga qarshi asboblar to‘plami, yong‘in o‘chirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishgan bo‘lishi lozim.
51. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda band bo‘lgan xodimlar yong‘in xavfsizligi qoidalarini aniq va qat’iyan bajarishi, yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
3-§. Ishlab chiqarish uskunalari avtomatik o‘chishini ta’minlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
52. Polimer materiallarni reaktor orqali olishdagi texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimi belgilangan talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
53. Ishlab chiqarishning hamma texnologik jarayonlari nazorat-o‘lchov asboblari, jarayonni tartibga soladigan avtomatika, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
54. Texnologik jarayonlar avtomatlashtirilishi, avariyali, ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya va blokirovkani ko‘zda tutishi, shuningdek polimer materiallarni reaktor orqali olishda texnologik parametrlar chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan qiymatiga yetganda himoya tadbirlari va texnologik uskuna avariyali to‘xtatilishi ko‘zda tutilishi kerak.
55. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sxemalari shunday bajarilishi kerakki, ayrim avtomatika vositalarning ishdan chiqishi yoki ularning nosozligi ishlab chiqarishda avariya bo‘lishi sababini keltirib chiqarmasligi lozim.
56. Elektr energiyasi uzilgan yoki nazorat va boshqaruv tizimlariga siqilgan havo berilishi to‘xtatilgan taqdirda avariyaga qarshi avtomatika himoya (keyingi o‘rinlarda AQAH deb yuritiladi) tizimlari texnologik obyektni xavfsiz holatga o‘tkazishni ta’minlashi lozim.
57. Himoyalash tizimi qurilmalarining ahamiyati, o‘lchov vositalari, signalizatsiya moslamalarining ishlab ketishidagi xatoliklar, tizimning tez ishga tushishi, parametrlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan tezlik va texnologik obyektning portlashdan xavflilik toifasi hisobga olinib aniqlanadi. Qurilmalar ahamiyati loyiha va texnologik reglamentda keltiriladi.
58. Nazorat o‘lchov asboblari ishga yaroqli holatda bo‘lishi va grafik bo‘yicha muntazam ravishda tekshirilishi kerak.
59. Texnologik jarayonlarning nazorati, boshqaruvi va avariyaga qarshi himoya (keyingi o‘rinlarda AQH deb yuritiladi) tizimida qatnashadigan tiqinlovchi va tartibga soluvchi armatura, nazorat tizimlari, ijro mexanizmlari ta’mirlanib joyiga o‘rnatilishidan oldin, ishga tushish tezligiga, mustahkamlikka va yopilish zichligiga sinovdan o‘tkazilishi hamda dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi yoki pasport, jurnalga yozilishi zarur. Sinovlar davriyligi reglamentlanadi.
60. Nazorat o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlar olinishi yoki asboblar almashtirilishi uchun qulay bo‘lgan va xavfsiz joylarda joylashgan bo‘lishi kerak.
61. Foydalanishda bo‘lgan har bir asbobga pasport yoki hisobga olish jurnali yuritilishi lozim.
62. Saqlagich klapanlar soni va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob bo‘yicha tanlangan, sozlangan va tartibga solingan bo‘lishi kerak.
63. Avtomatik namuna olish moslamalari yoki datchiklar tashqaridan yong‘in va portlash xavfli bug‘larning kirishi mumkin bo‘lgan yerto‘la va yarim yerto‘la xonalarda o‘rnatilmasligi kerak.
64. Analizatorlarning o‘lchov asboblari, avtomatik gaz analizatorlari va ularga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi bo‘lgan xonalarda va portlash xavfli ochiq qurilmalarda joylashganda elektr qurilmalari tuzilishi qoidalari talablari hisobga olingan holda shamollatiladigan javonlar (kameralar)da joylanishi kerak.
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish usullari
65. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda) avtomatik signalizatorlar o‘rnatilgan va ular avariya ventilatsiyasiga ulangan bo‘lishi lozim.
66. Signalizatsiya tizimi, xonalar havosida xavfli gazlar va bug‘lar miqdori alangalanish past chegarasining 20 foiziga yetganda va avariya tortuvchi ventilatsiya ishga tushganda, ishlab ketishi kerak.
67. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati mas’ul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati e’lon qilinishi hamda bu to‘g‘risida tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
5-§. Maxsus talablar
68. Kimyoviy moddalar bilan ishlarni tashkillashtirish belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.
69. Bir ishlab chiqarish xonasida har xil zararli moddalar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uchastkalari joylashganda, ishlab chiqarish xonalariga zararli moddalarni tarqalib ketmaslik choralari nazarda tutilishi lozim.
70. Pollarni qoplovchi materiallar kimyoviy ta’sirga chidamli bo‘lishi va zararli moddalarning sorbsiyasiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
71. Havo almashinuvi tashkil qilinganida zararli moddalari ko‘p bo‘lgan yoki portlashga xavfli gaz, bug‘ va changi bo‘lgan xonadagi havoni boshqa xonalarga chiqib ketishini bartaraf etish uchun, keyingi xonalarda havoning ortiqcha bosimini ushlab turish (berilayotgan havo hajmi chiqarib yuborilayotganidan ko‘p bo‘lishi) lozim.
72. Ishlab chiqarish xonalari ventilatsiyasining loyihasi eng ko‘p xavfli va zararli moddalar ajraladigan, ishlarni og‘irlik toifasini hisobga olgan holda, muayyan ishlab chiqarish uchun hisoblanishi lozim.
73. Umumiy so‘rma qurilmalariga chang va yengil kondensatsiyalanadigan bug‘lar so‘rmalari, bundan tashqari aralashganda zararli aralashmalar yoki kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi moddalarni birlashtirilishi man etiladi.
74. Berilayotgan havoni uzatilishi asosan sozlanadigan havo taqsimlagichlar orqali ish zonasiga, mahalliy so‘rmalarni ishiga ta’sir qilmaydigan qilib berilishi nazarda tutilishi lozim.
75. So‘rma tizimlari joylashgan xonalar, har xil portlash va yong‘inga xavfli toifali bir nechta xonalarga xizmat ko‘rsatadigan bo‘lsa, nisbatan xavfliroq toifa bo‘yicha hisoblash lozim.
76. Xonaning havo muhiti tavsifini hisobga olib (ishlab chiqarish xonasining havosida chang, namlik, agressiv moddalarni bo‘lishi) himoyalangan (chang-nam o‘tkazmaydigan, yong‘inga va portlashga xavfsiz) yoritqichlar nazarda tutilishi kerak.
77. Akril va metakril monomerlar asosida (efirlar, aminlar) polimer va sopolimer ishlab chiqarishida boshlang‘ich xomashyoni tayyorlanishi yoki ishchi eritmalarni tayyorlash, monomer, polimer va sopolimerlarni olish, quritish, qadoqlash yoki quyish va tayyor mahsulotlarni vaqtincha saqlash izolatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
78. Polietilen va polipropilen ishlab chiqarganda eritmalarni regeneratsiya qilish bo‘limlarini, past bosimli polietilen va polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlarni joylash izolatsiyalangan xonalarda bo‘lishi lozim.
79. Polivinilxlorid ishlab chiqarishda, vinilxloridni polimerizatsiyasi va polimerni tsentrafugalash bo‘limlari, quritish va tayyor mahsulotni elash bo‘limlari alohida joylashgan binolarda bo‘lishi kerak.
80. Fenolformaldegid smolalarni ishlab chiqarishda smolani sintezi, suyuq smolani to‘kish va qattiq smolani idishlarga solish izolatsiyalangan bo‘limlarda amalga oshirilishi lozim.
81. Stirolni polimer va sopolimerlar ishlab chiqarilishida monomerlarni, ularning aralashmalarini tayyorlash, polimerizatsiya, ajratish va quritish alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim.
82. Penopoliuretanlarni ishlab chiqarishda xomashyoni termostatlash, penopoliuretanni namunaviy ko‘piklanishi va pishirtirish, mahsulotdagi nuqsonlarni bartaraf etish, adgezivni tayyorlash, uni quritish alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim.
83. Gaz va chang ajralib chiqadigan ishlab chiqarish xonalarida zararli moddalarni sorbsiyaga qarshi va xo‘llab tozalashga imkoniyat beruvchi qoplama devorlar bo‘lishi lozim.
84. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) hamda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
6-§. Boshlang‘ich materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni saqlashda xavfsizlik talablari
85. Omborlarning asbob va uskunasi (ombor binolari, omborlarga joylash uchun maydonlar, rezervuarli parklar) texnologik loyihalashtirish va qurilish sanitar me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
86. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
87. Yuk ortish va tushirish hamda yuklarning joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar uchun omborlar va maydonlarda hamma operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi shart.
88. Sochiladigan yuklarni yuklash va tushirish mexanizatsiyalashgan usul bilan amalga oshirilishi kerak.
89. Bunkerlar va sochiladigan yuklar boshqa idishlarning yuqori qismi, idishga xodimlarning tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus qurilmalar (panjaralar, lyuklar, to‘siqlar) bilan jihozlanishi lozim.
90. Yordamchi materiallarni saqlash uchun omborlar mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
91. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarini to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar
92. Ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
93. Ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirish va foydalanish ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
94. Kolonna va qaynatgichlarning tiqilishini, termopolimerlar hosil bo‘lishini oldini olish uchun rektifikatlash kolonnalarida qoldiqlarni muntazam ravishda chiqarib turish qurilmalari nazarda tutilishi lozim.
95. Harorat, bosim va boshqa parametrlarni nazorat qilishni talab etadigan texnologik jarayonlarni olib borish uchun masofadan boshqarish va nazorat asboblari nazarda tutilishi lozim.
96. Xodimlar reaktorlarni xavfsiz ishlatish qoidalariga qat’iy rioya qilishi va armatura, nazorat o‘lchov asboblari, saqlovchi moslamalarning texnik sozligini o‘z vaqtida tekshirib turishi kerak.
97. Uskunaning konstruksiyasi mahsulotni tushirish, butunlay chiqarish va uskunaga sanitar ishlov berishni qiyinlashtirmasligi, muammosiz yuvish va turg‘un zonalarni tozalashni ta’minlashi lozim.
98. Uskunani harakatlanadigan va aylanadigan qismlari to‘siqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. To‘siqli moslamalar yetarli zich bo‘lishi kerak, ishonchli mustahkamlanib, ishlab chiqarish ishlariga, uskunani sozlashga xalaqit bermasligi kerak.
99. Elektrostatik zaryadlar to‘planishi mumkin bo‘lgan uskuna va qurilmalar statik elektrdan himoyalangan bo‘lishi lozim.
100. Kislotalar (azot, sera, fosfor, kremne-ftorvodorodli) va ishqorlar (kaustik va kalsiyli soda) uchun sig‘imlar va yig‘gichlar yopilgan bo‘lib, sath ko‘rsatgichiga hamda pol va maydonga suyuqlikni tushmasligini ta’minlovchi moslamaga ega bo‘lishi lozim.
101. Porshenli havo kompressorlarni joylashtirish va foydalanish normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
102. Uskunalarni o‘rnatishda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
odamlar doimo bo‘ladigan joylardagi asosiy o‘tish yo‘llari, shuningdek boshqarish shchitlariga xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘yicha kengligi 2 m dan kam bo‘lmasligi;
odamlar muntazam o‘tadigan joylarda o‘tish yo‘llari balandligi 2 m dan past bo‘lmasligi;
doimiy ish o‘rinlarida, shuningdek taroqsimon boshqarish tizimlariga, mahalliy nazorat-o‘lchov asboblari va hokazolarga ega bo‘lgan mashinalar (kompressor, nasos, havo purkagichlar va h.k.) va apparatlarga xizmat ko‘rsatish maydonchalaridagi asosiy o‘tish yo‘llarining kengligi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi;
aylanma xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lganda apparatlar, shuningdek apparatlar va bino devorlari oralaridagi o‘tish yo‘llari 1 m dan kam bo‘lmasligi;
apparat va asboblarni ko‘rikdan o‘tkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun o‘tish yo‘llari 0,8 m dan kam bo‘lmasligi;
alohida turgan nasoslar orasidagi o‘tish yo‘llari 0,8 m dan kam bo‘lmasligi;
g) kompressorlar orasidagi o‘tish yo‘llari kompressorlar oldida boshqarish shitlari joylashgan hollarda 1,5 — 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
2-§. Quvurlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
103. Quvurlarni joylash, yotqizish usullari va qurilmalar QMQ 3.05.05-97 “Texnologik moslamalar va texnologik quvurlar” va GOST 12.1.010-76 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
104. Quvur materiallari, qismlari va armaturalarni tanlashda, quvurlar tasnifi hisobidan tashqari, ularning shartli o‘tish va transportlash parametrlari, agressiv va emirilish xususiyati hamda oddiy efirlarni kimyoviy tarkibining saqlanishini hisobga olish zarur.
105. Quvurlar tayanchi orasiga zanglamaydigan po‘lat qistirgich joylashtirish tavsiya etiladi.
106. Tashqi material o‘tkazgichlar — payvandlangan bo‘lishi kerak, ularni yonmaydigan materiallardan tayyorlangan estakadalarda o‘tkazish mumkin.
107. Tashqi quvurlarini o‘z ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari bo‘yicha kronshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza o‘rnini kesib o‘tmasligi lozim.
108. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga to‘liq bo‘shatish imkoniyati ta’minlanadigan, qiyalik bilan joylashtirish lozim.
109. Sexlarda kirish quvurlariga texnologik tugunlar va to‘siqli armatura o‘rnatilishi kerak.
110. Quvurlardan foydalanishda, ularning tashqi yuzasining ahvoliga va uning detallari (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari) korroziyaga qarshi himoya va izolatsiyasi, drenajli moslamalar, moslashtirgichlar, tirgovuch qurilmalar va boshqalar holati yuzasidan nazorat amalga oshirilishi zarur. Nazorat natijalari jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
111. Portlash xavfi bo‘lgan texnologik tizimlarda, qoidaga ko‘ra, egiluvchan shlanglarni qo‘llash man etiladi, to‘kish-quyish hollarida egiluvchan shlanglarni qo‘llash mumkin.
3-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
112. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari” va SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
113. GOST 12.1.003-83 talablariga ko‘ra, shovqin ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida ruxsat etilgan me’yorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablarigi muvofiq bo‘lishi kerak.
114. Ish joylarida tebranish parametrlarini o‘lchash kamida bir yilda bir marta, xodimlarni qo‘liga uzatiladigan lokal tebranishlarni bir yilda kamida ikki marotaba nazoratdan o‘tkazish kerak.
115. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishi noqulay ta’sirini bartaraf etish maqsadida, xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
116. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq bo‘lgan hududlarda GOST 12.4.026-76 talablariga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan bo‘lishi kerak.
117. Tovush bosimining oktava darajasi har qanday oktava chizig‘ida 135 dBA dan yuqori bo‘lgan zonalarda, qisqa vaqt davomida ham bo‘lish taqiqlanadi.
V. Ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
118. Ishlayotgan tashkilot hududida ishlab chiqarish (sex)ni yoki ishlayotgan sexda qurilma, agregat, ayrim asbob va uskunalarni ta’mirlashga to‘xtatish uchun tashkilot (sex) bo‘yicha chiqarilgan buyruq (farmoyish) asosida amalga oshiriladi.
119. Barcha asbob va uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval bo‘yicha belgilangan muddatlarda rejali-ehtiyot ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi.
120. Ta’mirlash ishlarini olib boruvchi pudratchi tashkilotning xodimlari ishni boshlashidan oldin, ushbu sexning xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma talablari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishlari kerak. Yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi va yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish jurnaliga qayd etiladi.
121. Buyurtmachi tomonidan pudratchi ishlayotgan zonada zararli va portlash xavfi bo‘lgan moddalarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan me’yoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi lozim.
122. Asbob va uskunani ta’mirga tayyorlashda quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
elektr energiya o‘chirilishi, yig‘ma va shchitlardagi kuchlanishni uzish, ta’mirlanadigan obyektni tiqinlar yordamida obyektga barcha kelayotgan va undan ketayotgan kommunikatsiyalardan uzish;
asbob va uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob va uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlaridan (yuvish, bug‘lash, puflash va shamollatish) bo‘shatish;
ta’mirlanadigan asbob va uskuna, kommunikatsiya, quduq va o‘ralardagi inert, yonuvchi zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillar o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish;
tiqin o‘rnatiladigan joylarni tayyorlash va ularni o‘rnatish.
123. Gaz xavfi bo‘lgan ishlarni o‘tkazish zarur bo‘lganda, ishlar boshlangunga qadar pudratchining xodimi nafas olish yo‘llarining shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalariga o‘qitilgan bo‘lishi, zaharli va zararli omillar va ularni belgilarini, evakuatsiya tartibi va yo‘li hamda jabrlanuvchiga shifokor kelguncha birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi lozim.
124. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan ta’minlangan soz narvonlardan foydalanish kerak. Narvonlar xavfsizlik texnikasi talablariga mos sinalgan, soz bo‘lishi lozim.
125. Maydonchalar va zinalardagi to‘siqlarni soz holatda ushlab turish zarur. Xavfli joylarda ogohlantiruvchi plakatlar mavjudligi ko‘zda tutilishi kerak.
126. Pudratchilar ish bajarishda, qazilgan kotlovan va chuqurliklari xavfsizlik to‘siqlari bilan to‘siladi, sexda va tashkilot hududida qazilgan transheyalar orqali odamlar o‘tadigan joylarga panjarali ko‘prikchalar o‘rnatiladi. To‘siqlarga ogohlantiruvchi yozuv va belgilar, tungi vaqtda maxsus chiroqlar o‘rnatiladi.
127. Ta’mirlash ishlarini bajarish uchun statsionar yuk ko‘taradigan — transport vositalari va amaldagi siqilgan havo, bug‘, suv va kislorod tarmoqlaridan foydalanish naryad-ruxsatnomada tegishli yozuv bilan bevosita pudratchining ishlar bo‘yicha rahbarining buyurtmasiga binoan ta’mir o‘tkazilayotgan sex boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
128. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
129. Agarda sinov o‘tkazilgandan so‘ng, ta’mirlash jarayonida me’yoriy hujjatlarning barcha talablariga rioya etilganligi tasdiqlanganda va ko‘rsatkichlari pasport ma’lumotlariga mos kelsa, asbob va uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob va uskunalar uchun ish rejimi belgilanib, asbob va uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqanidan so‘ng, ta’mirlangan asbob va uskunalar ishlatishga qo‘yiladi.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik
130. Mazkur Qoidalarni buzgan aybdor mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
VII.Yakuniy qoidalar
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti va “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi A. IKRAMOV
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti rahbari S. RAShIDOVA
“O‘zkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikat agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
“Polimer materiallarni reaktor bilan olishda xavfsizlik qoidalari” kelishuv varag‘iga qo‘shimcha
“O‘zkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi X. ShERMATOV

Download 55,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish