«davlat huquqi» kafedrasi


XULOSA Bitiruv malakaviy ishining “



Download 341,5 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2017
Hajmi341,5 Kb.
#6092
1   2   3   4

XULOSA
Bitiruv malakaviy ishining Kirishqismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslantirilgan, muammoning o’rganilganlik darajasi tahlil qilingan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti belgilangan hamda ilmiy yangiligi, nazariy va metodologik asoslari, ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi Jamoatchilik nazorati  davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoatchilik nazoratining vazifalarideb nomlangan bo’lib, u o’z ichiga “Ijtimoiy nazorat tuzilishi, tarkibiy elementlari va funksiyalari”, “Ijtimoiy nazorat shakli sifatida davlat nazorati, tushunchasi, turlari va yuridik tabiati” va “Ijro xokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati zarurligini belgilovchi omillar” mavzusini olgan. Ijtimoiy nazorat murakkab hodisa bo’lib, u bir qator ijtimoiy fanlar tomonidan o’rganiladi. Shu bois, sosiologik, falsafiy va yuridik fanlarda ijtimoiy nazorat tushunchasiga o’ziga xos yondashuvlar shakllangan.

Shunga bog’liq holda, tadqiqotda ijtimoiy nazoratga sosiologik yondashuv ham tahlil etilgan bo’lib, unga ko’ra, ijtimoiy nazorat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi va u ijtimoiy tizimning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy nazorat individuumlarga nisbatan majburiy tusda bo’lgan norma va qadriyatlar majmuini hamda ushbu norma va qadriyatlarni amalga oshirish maqsadida qo’llaniladigan sanksiyalarni o’z ichiga oladi.

Ijtimoiy nazoratga oid shakllangan bilimlar asosida o’z mualliflik tushunchasini berishga harakat qilgan: ijtimoiy nazorat bu shaxsning jamiyatda mavjud ijtimoiy normalarga mos xulq atvorini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy ta’sir ko’rsatish tizimidir.

Tadqiqotda ijtimoiy nazoratning turlari, unsurlari (elementlari), funksiyalari va amalga oshirish shakllari mavjud ilmiy qarashlar asosida tahlil etilgan.

Bitiruv malakaviy ishida jamoatchilik nazoratining mazmun va mohiyatini chuqur tushunish uchun dastlab, ijtimoiy nazoratning muhim ko’rinishi bo’lgan davlat nazorati va uning turlari hamda davlat nazoratiga oid ilmiy tushunchalar tizimi tahlil etilgan, jumladan, milliy qonunchilikda “kontrol” atamasining mavjud emasligi, uning o’rniga “nazorat” atamasi ishlatilayotganligi va mazkur atama yuqorida qayd etilgan ikki tushunchani ham o’zida ifoda etayotganligi ta’kidlanadi. Ayni paytda, “kontrol” va “nazorat” kategoriyalari, tekshirish subyektlari, tekshirish obyekti, tekshirish darajasi, tekshirish natijalari bo’yicha bir-biridan farq qilishini ta’kidlaydi. “Kontrol” asosan vertikal bo’ysunish munosabatida bo’lgan quyi organlarga nisbatan amalga oshirilib, ushbu organlar faoliyatida qonuniylik va maqsadga muvofiqlikni tekshirishni nazarda tutsa, nazorat shaklida esa ko’pincha o’ziga bevosita bo’ysunmaydigan organlar faoliyatida qonuniylik tekshiriladi11.

Ilmiy manbalarda davlat nazorati yuridik tabiatiga ko’ra turli mezonlar asosida tasniflanadi: konstitusiyaviy nazorat, parlament nazorati, ma’muriy nazorat, sud nazorati va prokuror nazorati kabilar12. Garchi davlat nazoratining yuqorida qayd etilgan shakllari amal qilsa-da, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish, demokratik tuzumni mustahkamlash vazifalari jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni talab qiladi. Binobarin, fuqarolik jamiyatining muhim vazifalaridan biri davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish hisoblanadi.

Jamoatchilik nazorati umuman ijtimoiy nazoratning bir ko’rinishi hisoblanadi. Shunga bog’liq holda ishda jamoatchilik nazoratini nazariy-huquqiy jihatdan tahlil etish va shu asnoda uning hozirgi zamon jamiyatida tutgan o’rni va ahamiyati, mazmun va mohiyatini, davlat faoliyatida qonuniylikning mustahkamlanishi hamda inson huquqlarining ta’minlashdagi pozitiv rolini ko’rsatish - nafaqat ilmiy - gnoseologik, balki amaliy ahamiyatga molik ekanligi ta’kidlanadi.

Jamoatchilik nazorati bu ijtimoiy tuzilmalar va fuqarolar tomonidan olib boriladigan nazorat bo’lib, uning muhim bir ko’rinishi ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratidir. Bunday nazoratning zarurligi ijro hokimiyatining vazifalari, tarkibi, tizimi va tuzilmasi, uning davlat hokimiyati tizimida tutgan o’rni xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ijro etuvchi hokimiyat - bu manbasiga ko’ra yagona va yaxlit bo’lgan davlat hokimiyatining hokimiyatlar bo’linishi prinsipiga muvofiq bo’lingan bir tarmog’i bo’lib, u qonunlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradigan davlat organlari va boshqa davlat tuzilmalari majmuidan iboratdir.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining zarurligi yana bir qator omillar ta’siri bilan tavsiflanadi. Xususan, ijro hokimiyati faoliyati boshqa hokimiyat tarmoqlariga ko’ra jamiyat tomonidan ko’proq nazorat qilinishni taqozo etadi. Zotan, ijro hokimiyati o’z tizimi va tarkibining kengligi bilan boshqa hokimiyat tarmoqlaridan ajralib turadi. Bu hokimiyat tarmog’ining juda katta boshqaruv va moliyaviy resurslarga, tashkiliy imkoniyatlarga hamda katta sonli xodimlar majmuasiga egaligi, shuningdek, qonunda belgilangan asoslarda va tartiblarda kuch ishlatish vakolatiga ega bo’lgan davlat organlarini ham o’z ichiga olganligi – ijro hokimiyatining davlat mexanizmida tutgan o’rnini belgilab beradi13.

Ayni paytda, dissertant ta’kidlaydiki, ijro hokimiyati organlari davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarining oddiy yig’indisi bo’lmay, balki boshqa hokimiyat tarmoqlariga nisbatan ta’sir etish vakolatlariga ega bo’lgan, barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo’lgan normativ tusdagi qonunosti hujjatlari chiqaradigan hokimiyat tarmog’idir.

Hozirgi kunda, davlat nazorati ijro hokimiyati tizimida qonuniylik, inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlashga o’z yo’nalishini qaratishi va samarali ekanligi bilan birga, ayni paytda, jamiyatni yanada demokratlashtirish vazifalari ushbu hokimiyat tarmog’i faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilishini taqozo etadi.

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi Fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari yuzasidan jamoatchilik nazorati, nazariy-huquqiy tahlildeb nomlanib, u quyidagi “Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati tushunchasi, maqsadi va prinsiplari”, “Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati subyektlari va sohalari”, “Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati shakllari: tizimli tahlil” mavzularini o’z ichiga olgan.

Milliy yuridik adabiyotda jamoatchilik nazoratining huquqiy fan nuqtai-nazaridan tushunchasi, uning mazmuni, jamoatchilik nazoratining subyektlari, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi masalalari alohida tadqiqot obyekti bo’lmagan. Binobarin, jamoatchilik nazoratining yuridik fan nuqtai-nazaridan e’tiborga loyiq tushunchasi ham shakllanmagan. Ushbu institutga bag’ishlangan ayrim ishlarda, aniqrog’i, asosan, maqolalarda yuqoridagi masalalar bo’yicha turlicha yondashuvni kuzatish mumkin. Ayni paytda bu yondashuvlar qarashlar ko’pligidangina guvohlik bermay, balki, hali bu masalada tugallangan tadqiqotlar yo’qligi bilan izohlanib, natijada milliy yuridik adabiyotda jamoatchilik nazorati tushunchasi, ta’rifi, uning subyektlari, amalga oshirish shakli va doirasi (sohalari) bo’yicha, shuningdek, jamoatchilik nazoratining ko’rinishlari masalasida umumiy, ilmiy asoslantirilgan xulosalar shakllanmagan. Mamlakatimizda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy masalalari alohida maxsus tadqiq etilmaganligi ham ushbu masala yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish zaruratini kun tartibiga qo’yadi. Dissertant shu maqsadda dastlab ilmiy adabiyotda jamoatchilik nazorati tushunchasining talqiniga e’tibor qaratib, dastlab milliy yuridik adabiyotda jamoatchilik nazoratiga oid definisiyalar masalasini tahlil etadi. Jumladan, yuridik fanlar doktori B.I.Ismoilov jamoatchilik nazorati tushunchasini fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning birlashmalarining davlat hokimiyati organlari va boshqaruvi ustidan nazoratidir14, deb tavsiflaydi. Tadqiqotchi J.Chorshanbiyev fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati haqida fikr yuritib, “jamoatchilik nazorati jamiyatda ijtimoiy adolat barqaror bo’lishida shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida tenglik, mas’uliyat va javobgarlik bo’lishi uchun xizmat qiladigan muhim omildir. U insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlanishi, balki davlat organlari faoliyatida ularning ustuvor bo’lishini ta’minlaydi.

Jamoatchilik nazorati – fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir”15, deb xulosa chiqaradi.

Jamoatchilik nazorati bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarish nafaqat davlat hokimiyati va boshqaruv organlari qarorlari qanchalik sifatli chiqarilib, ijrochilarga yetkazilishigagina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki, aholining mazkur ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarning hokimiyat tomonidan ko’zda tutilgan yechimlariga munosabati hamda aholi davlat-hokimiy vakolatlarga ega bo’lgan davlat organlari ta’sir ko’rsata oladimi va ularning faoliyatini nazorat qila oladimi degan masalalarga ham bog’liqdir. Shunga bog’liq holda bugungi kunda kun tartibida birinchi o’ringa davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish masalasi qo’yilmoqda16.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda fikr yuritilib, ta’kidlanadiki, “Davlat hokimiyati organlari ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi fuqarolik jamiyatining eng muhim shartlaridan biridir. Binobarin, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida fuqarolarning faolligi,ijtimoiy hodisalarga befarq bo’lmasligi hamda har bir davlat xizmatchisi o’z faoliyatining jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etishi muhim ahamiyatga egadir”17. Jamoatchilik nazoratini o’rnatishning zarurligi eng avvalo, mamlakatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida Vatanimizga xavf solayotgan turli xil korrupsiya, ta’magirlik, mahalliychilik, o’z vazifasini suiiste’mol qilish, firibgarlik, odamlar ongini har xil unsurlar bilan zaharlash kabi tahdidlarning oldini olish hamda ularga barham berishga xizmat qilishi bilan izohlanadi”18. Shu tariqa, jamoatchilik nazoratining mazmuni, maqsadi, mohiyati, usullari va shakli haqida fikrlar har xil bo’lib, bu masalada umume’tirof etilgan yondashuv kuzatilmaydi.

Shu bois, yuqorida qayd etilgan masalalarni tadqiq etish yuridik fan, xususan, davlat va huquq nazariyasi fanining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ishda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining tushunchasi, ta’rifi, subyektlari doirasi, nazorat olib boriladigan sohalar va masalalar ko’lami, nazorat olib borish shartlari va chegaralari, shakl va usullari tadqiq etilgan.

Davlat nazorati va jamoatchilik nazoratining o’zaro nisbati masalasi tahlil etilib, bunda jamoatchilik nazorati davlat nazoratiga nisbatan kam tuzilmalashganligi, institusiyaviy va normativ asoslari ham davlat nazoratiga nisbatan kamligi, shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi, muddatlari, sohalari bo’yicha ham davlat nazoratidan farqlanishi ta’kidlanadi.

Bitiruv malakaviy ishida mavzuga oid qator atama va kategoriyalarga mualliflik ta’rifi va yondashuvi shakllantirilgan. Jumladan, jamoatchilik nazorati bu fuqarolarning huquq va manfaatlarning buzilishini oldini olish maqsadida jamoat tashkilotlari va tashabbuskor guruhlar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ijro hokimiyati tizimiga kiruvchi korxona, muassasalarda va tegishli davlat organlari tomonidan rioya qilinishi yuzasidan amalga oshiradigan bevosita nazoratidir. Jamoatchilik nazorati - jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolar hamda ularning o’zini -o’zi boshqarish organlari hamda boshqa uyushmalari tomonidan nazorat qilinayotgan davlat organi faoliyatida qonuniylik va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijro hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylikni va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyati yuzasidan ijtimoiy nazoratning bir turi bo’lib, bu nazorat, odatda ijro hokimiyati organlari faoliyatida bevosita inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog’liq bo’lgan, ayni paytda keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan, fuqarolar yetarlicha boxabar bo’lmagan, biroq, bilishni istayotgan va ijtimoiy yoki mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar, axborotlarni qonunda belgilangan tartib va asoslarda olishga va shu asnoda tegishli muammoning amaliy yechimini topishga qaratilgan hamda oldindan belgilab olingan qator tadbirlar yig’indisi sifatida tavsiflash mumkin.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradigan subyektlar doirasini aniqlash ham nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, o’zini-o’zi boshqarish organlari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar hamda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. Shu tariqa, tadqiqotda jamoatchilik nazoratining subyektlar doirasi belgilangan: jamoat birlashmalari; nodavlat notijorat tashkilotlar; siyosiy partiyalar; mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari; alohida fuqarolar; OAV.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradigan subyektlar tizimida siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari kabi jamoat tashkilotlari muhim rol o’ynashi – bu tuzilmalarnig fuqarolik jamiyatida tutgan o’rni bilan tavsiflanadi.

Fuqarolik jamiyati institutlari ichida mahallaning o’rni o’ziga xos.

Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida joylardagi davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishda mahallaga muhim o’rin berilishi tabiiy. Binobarin, O’zbekston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Boshqaruv idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatishda mahallaning vazifalarini kengaytirib borish, davlat ijtimoiy dasturlarining hayotga tadbiq etilishi bo’yicha joylarda amalga oshiriladigan ishlardan jamoatchilikni keng xabardor qilish maqsadida davlat organlariniing fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralari bilan mustahkam hamkorligini ta’minlash bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo’lishi kerak”19.

Bitiruv malakaviy ishida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining doirasi va amalga oshirish shartlarini aniqlash va uni amaldagi qonunchilikda mustahkamlab qo’yish muhim masala ekanligi asoslanadi va tegishli xulosalar ilgari suriladi. Zotan, jamoatchilik nazorati hamma joyda va hamma masalalar bo’yicha amalga oshirilmasligi, jumladan, qurolli kuchlar, tashqi ishlar, davlat va davlat xizmati sirlarini qo’riqlashni ta’minlash kabi davlatning muhim ma’muriy-siyosiy faoliyati kabi sohalarda chegaralangan holda, ijro hokimiyatining qolgan tarmoqlarida esa umumiy tarzda amalga oshirilishi ta’kidlanadi. Shunga bog’liq holda, dissertasiyada ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining sohalari, xususan, davlat xavfsizligi, mudofaa, tashqi siyosat, davlat sirlariga bog’liq ayrim sohalar doirasi bilangina cheklanishi mumkinligi ta’kidlangan.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining muhim obyekti sifatida ozodlikdan mahrum etilganlar saqlanayotgan muassasalar faoliyatida mahkumlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishiga oid munosabatlar nazarda tutilib, ular yuzasidan jamoatchilik nazorati ham ma’lum darajada o’ziga xoslikka ega bo’lishi ta’kidlanadi. Vaholanki, ushbu sohadagi nazorat masalasi muayyan cheklashlar bog’liq bo’lib, bu cheklashlar uning zaruriy doirasini belgilab beradi. Jumladan, ozodlikdan mahrum etilganlar saqlanadigan muassasalarni qo’riqlashni tashkil etish, mahkumlarga nisbatan qo’llaniladigan - tezkor-qidiruv ishlari, ushbu toifa muassasalar ma’muriyatining intizomiy va boshqa huquq cheklovchi chora qo’llash haqidagi yurisdiksion qarorlari kabi masalalar jamoatchilik nazorati predmeti bo’la olmaydi. Binobarin, jazoni ijro etuvchi tuzilmalar faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati predmeti bo’lib mahkumlarning moddiy-maishiy, turar-joy, ijtimoiy-madaniy, tibbiy va tarbiyaviy ta’minlash sifati, mahkumlarning xavfsizligi, ularning mehnatini tashkil etish va shart-sharoitlarni ta’minlash, tergov izolyatorlarida, ozodlikdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lmagan jinoiy jazoni ijro etish axloq tuzatish muassasalarida mahkumlarni saqlash rejimi va shart-sharoiti sifati yuzasidan nazorati hisoblanadi20.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy, tashkiliy asoslari, mazkur nazoratning obyekti, predmeti, prinsiplari, maqsadlari, amalga oshirish shakllari va usullari aniqlangan va tahlil etilgan hamda shu asosda uni takomillashtirish bo’yicha taklif va mulohazalar shakllantirilgan.



O’zbekistonda jamoatchilik nazoratining huquqiy va institusional asoslarini takomillashtirish muammolarideb nomlanib, u “Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati: xalqaro tajriba (qiyosiy tahlil)” va “Jamiyatni demokratlashtirish sharoitida jamoatchilik nazoratining huquqiy-institusional asoslarini takomillashtirish masalalari” kabilardan iborat.

Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, uning huquqiy va institusiyaviy asoslarini mustahkamlashda xorijiy tajribani o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “yuksak darajada taraqqiy topgan demokratik davlatlarning o’zini har tomonlama oqlagan tajribasini tanqidiy tahlildan o’tkazib, o’zimizga qabul qilish va joriy etish, shu asosda hayotimizni qurish”21 zarurligi haqidagi fikrlari jamoatchilik nazoratiga ham to’liq oiddir. Ayni paytda, har bir davlat siyosiy, ijtimoiy rivojlanish bosqichlariga mos holda, o’z milliy tajribasi va jahon tajribasini uyg’unlashtirgan holda demokratik institutlarni rivojlantiradi. Bu jarayonning sifat va sur’ati jamiyat rivojiga hamohang holda kechadi va shunga bog’liq holda bu masalada tadrijiylik maqbul variant ekanligi tadqiqotchi tomonidan ta’kidlanadi.

Bitiruv malakaviy ishida xorijiy davlatlar ilmiy manbalarida nazorat funksiyasining nazariy asoslariga e’tibor qaratilgan. Jumladan, meksikalik olim Diyego Valades nazorat qilish faoliyatining hokimiy mazmunga ega ekanligi, nazorat qiluvchi hokimiyatning davlat hokimiyati ustidan olib boradigan nazoratning siyosiy mohiyati haqida fikr yuritib, shu asosda “davlat ustidan siyosiy nazorat - ayni paytda hokimiyat ustidan hokimiyatdir, deb xulosa qiladi. Biroq bu hokimiyat davlat hokimiyatini amalga oshirishning zaruriy elementidir, binobarin hokimiyat ustidan nazorat muammosi –hozirgi zamon hayotining o’zagidir” deb ta’kidlaydi22.

Bunday fikrni MDH ilmiy manbalarida ham kuzatish mumkin. Masalan, rossiyalik professor V.Ye.Chirkin davlat hokimiyatining nazorat qiluvchi tarmog’i shakllanmoqda, degan fikrni ilgari suradi, uning fikricha, “bugungi kunda jahonda yangi hokimiyat tarmog’i kontrol etuvchi tarmoqning ajralib chiqish jarayoni kechmoqda. Biroq, bu jarayon hali tugaganicha yo’q:

ko’pgina davlatlarda kontrol etuvchi hokimiyatning ajralib chiqish tendensiyasi ”izlanish” tusiga ega”23. Bunday g’oyani ilgari suruvchilar o’z fikrlarini asoslash uchun “ichki nazorat kutilgan samarani bermasligini” bir idora tizimidagi nazorat obyektiv va xolis bo’la olmasligini, faqat mustaqil, xolis nazorat organlari tizimigina bu vazifani ado etishlari mumkinligini24 ko’rsatishadi.

Mazkur ishda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari va institusiyaviy shakllarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilib, bunda dastlab xalqaro tajriba milliy qonunchilik va amaliyot bilan qiyosiy tarzda tahlil etiladi. Ayni paytda jamiyatning davlat faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati rivojlangan davlatlar, xususan AQSh tajribasi tahlil etiladi. Bunda mazkur institutning rivojlanishi chinakam erkin matbuotning rivojlanishi bilan hamohang kechganligiga e’tibor qaratiladi.

Xulosa qilib, aytish mumkinki, xorijda, MDH davlatlarida jamoatchilik nazorati va uning institusiyaviy va huquqiy asoslari ushbu jamiyatlardagi demokratik taraqqiyot darajasi, aholining huquqiy madaniyati va siyosiy faollligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy irodasi, qonuniylikning ta’minlanganlik darajasi, sudning nufuzi kabi qator omillarga bog’liq holda shakllangan.

MDH davlatlari, xususan, RF da tadqiqot obyektiga doir huquqiy asos va institusional shakllar tahlil etilib, shu asnoda, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratinng huquqiy asoslarini inventarizasiya qilish orqali uni bir tizimga solish zarurati asoslanadi. Shu maqsadda amaldagi qonunchilik tahlil etilib, unda normalar “sochma” holda ekanligi, ayrim qonun hujjatlarda mustahkamlangan nazorat olib borish tartibi nazoratni o’tkazish mexanizmi haqida yetarli tasavvur bermasligini ta’kidlash asosida, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini va uning mexanizmini ishlab chiqish zarurligi haqida hulosa asoslantirilgan.

Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo’lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o’z-o’zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O’zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o’z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog’liqdir25.

Jahon amaliyoti va mamlakatimizdagi mavjud holatga tayangan holda, “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Tavsiya etilayotgan qonun loyihada jamoatchilik nazoratining huquqiy tavsifi, qonunning maqsadi, jamoatchilik nazoratining subyektlari, obyektlari, uni amalga oshirish doirasi, jamoatchilik nazoratini olib borish shartlari, jamoatchilik nazorati shakllari, jamoatchilik nazorati subyektlari bilan davlat organlari o’rtasidagi munosabat, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishning huquqiy kafolatlari, jamoatchilik nazoratini olib borishning prinsiplari, jamoatchilik nazorati asosi va predmeti, jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan jamoatchilik tekshiruvi o’tkazishning chegarasi, jamoatchilik nazorati subyekti yoki uning vakili tomonidan jamoatchilik tekshiruvini o’tkazish yo’nalishlari, jamoatchilik nazorati faoliyatini muvofiqlashtirish, jamoatchilik nazoratini o’tkazishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish, jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalar o’zining ifodasini topgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:


  1. I.A.Karimov. «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». T., «O’zbekiston», 2011 yil.

  2. I.A.Karimov. «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi». T., «O’zbekiston», 2012 yil.

  3. Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 364 b.

  4. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O’zbekiston, 1996. – 380 b.

  5. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O’zbekiston, 1996. – 366 b.

  6. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo’lidan. T. 4. – T.: O’zbekiston, 1996. – 349 b.

  7. Karimov I. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: O’zbekiston, 1997. – 384 b.

  8. Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. – T.: O’zbekiston, 1998. – 429 b.

  9. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. – T.: “O’zbekiston”, 1999. – 410 b.

  10. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T. 8. – T.: O’zbekiston, 2000. – 528 b.

  11. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T. 9. – T.: “O’zbekiston”, 2001. – 432 b.

  12. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – T.: “O’zbekiston”, 2002. – 432 b.

  13. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11. - T.: “O’zbekiston”, 2003. – 320 b.

  14. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizlik o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. T.12. -T.: “O’zbekiston”, 2004. – 400 b.

  15. Karimov I.A. O’zbek halqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo’lmaydi. T.13.-T.: “O’zbekiston”, 2005. – 448 b.

  16. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T.14.-T.: “O’zbekiston”, 2006. – 280 b.

  17. Karimov. I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va halqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. –Toshkent.: “O’zbekiston”, 2007. - 318 b.

  18. Karimov. I.A. Mamlakatni modernizasiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. T.16.-Toshkent.: “O’zbekiston”, 2007. -366 b.

  19. Karimov. I.A. Vatanimizning bosqichma - bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. -T.17.-T.: “O’zbekiston”, 2009. -280 b.

  20. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko`tarish sari. – T.: “O`zbekiston”, 2010. – T.18. -264 b.

  21. Karimov I.A. O’zbekiston Konstitusiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir: O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza / 2009 yil 5 dek./ – Toshkent: O’zbekiston, 2009. – 32 b.

  22. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2010. – 80 b.

  23. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” mavzusidagi ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gazetasi. 2010 yil 28 yanvar, №19 (4934).

  24. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” to’g’risidagi ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gazetasi, 2010 yil 13 noyabr soni.

  25. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 7 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “Mamlakatimizni modernizasiya qilish yo’lini izchil davom ettirish-taraqqiyotimizning muhim omilidir” deb nomlangan ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gazetasi. 2010 yil 8 dekabr, №236 (5151).

  26. Karimov I.A. 2010 yilda Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan 2011 yil 21 yanvarda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” deya nomlangan ma’ruzasi // O’zbekiston Ovozi gazetasi. 2011 yil 22 yanvar, №10 (31.286)

  27. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, “O’zbekiston” 2010y. 40b

  28. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi 29.08.2003 y. 520-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2003 y. 9-10-son, 134-modda

  29. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 29.08.2003 y. 523-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2003 y. 9-10-son, 137-modda

  30. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi (Yangi tahriri) O’zbekiston Respublikasi 29.08.2003 y. 518-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2003 y. 9-10-son, 132-modda

  31. “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 04.04.2002 y. 350-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2002 y. 4-5-son, 60-modda

  32. “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi (Yangi tahriri) O’zbekiston Respublikasi 13.12.2002 y. 446-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2003 y. 1-son, 7-modda

  33. O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi (Yangi tahriri) O’zbekiston Respublikasi 30.08.2001 y. 265-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan. // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2001 y. 9-10-son, 176-modda // O’zbekiston Respublikasi 03.12.2004 y. 714-II-son Qonun bilan o’zgartirishlar kiritilgan

  34. “Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati azosini chaqirib olish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi. –2005. – №1. – 12- modda.

  35. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida”gi (Yangi tahriri) O’zbekiston Respublikasi 27.08.2004 y. 669-II Qonuni bilan tasdiqlangan

  36. O’zbekiston Respublikasi “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitusiyaviy qonuni// O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007.- №15.- 151-modda.

  37. Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Xalq so’zi. 2008 yil 27 dekabr

  38. O’zbekiston Respublikasi “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)” gi qonuni. Xalq so’zi, 2011yil, 18 aprel.

  39. Xusanov O.T. Konstitusiya Respubliki Uzbekistan i osnovы gosudarstvennoy vlasti na mestax: pravovыye, organizasionnыye voprosы i problemы. – T., 1995 . -78 s.

  40. Xusanov O.T. Mustaqillik va mahalliy hokimiyat, - T., Sharq, 1996.-89 b.

  41. Xusanov O.T. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida” va “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”gi qonunlariga sharhlar.-T.:Adolat, 1997.- 80 b.

  42. Xusanov O.T. O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, -T., Universitet, 1994. 46 b.

  43. Yakubova D.Sh. Organizasionno - pravovыye voprosы deyatelnosti mestnыx Sovetov narodnыx deputatov po realizasii gosudarstvennoy molodejnoy politiki. - M., 1991. -82 b.

  44. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga sharh. -T.: O’zbekiston.2008.- 406 b.

  45. Xalilov E.H. Saylov to’g’risidagi O’zbekiston qonunlarining qaror topishi va rivojlanishi (Oliy Majlis shakllanishining huquqiy asoslari). - T.: O’zbekiston. 1999. -96 b.

  46. Xusanov O.T. O’zbekiston Respublikasi davlat organlari. -T.: Sharq. 1996.-76 6.

  47. Qirg’izboyev M. Demokratik ko’ppartiyaviylik va parlamentarizm tamoyillarini rivojlantirish masalalari // O’zbekiston fuqarolik jamiyati sari (Maqolalar to’plami). – Toshkent: Sharq, 2003. –B. 205-207

  48. Qayumov R.Q. O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy huquqi. Darslik. – T.: IIV Akademiyasi, 1997. – 400 b.

  49. Tadjixonov U. va boshqalar. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy huquqi. Darslik.T.: Sharq.- 532 b.

  50. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy huquqi. Mualliflar jamoasi. Darslik.T.: Moliya.- 2002 -645 b.

  51. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy huquqi. Mualliflar jamoasi. Darslik.T.: T.Yu.Yu.I.- 2005 545 b.

  52. Tulyaganov A.T. Davlat hokimiyatini vakillik va o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etish. T.: Universitet, 1996. - 175 b.

  53. Konstitusionnoye pravo Rossii: sxemы, kommentarii. Uchebnoye posobiye. – M.: Yurisprudensiya, 1999. – 64 s

  54. Azizxo’jayev A.A. Hokimiyat taqsimlanishi taomilining amaliy ifodasi // “Hayot va qonun”. 1994. № 2 . 4-7 b.

  55. Azizxo’jayev A.A. “Demokratiya - xalq hokimiyati demakdir.// “O’zbekiston ovozi” 199b. 25 yanvar

  56. Azizxo’jayev A.A. “Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar” //Xalq so’zi. 2001. 10 fevral

  57. Azizxo’jayev A.A. “Mustaqil bo’lsang - mustaqil bo’l davlat bo’lsang davlat bo’l”// Halq so’zi. 2001. 27 aprel.

  58. Azizxo’jayev A.A. Erkinlikning g’alabasini muxrlagan qonun" // Xalq so’zi. 2001. 28 noyabr.

  59. Azizxo’jayev A.A. “Xalq-hokimiyatning birdan - bir manbai” //Xalq so’zi. 2002. 19 yanvar

  60. Azizxo’jayev A.A. ''Konstitusiyaviylik tamoyillari va kafolatlari// Xalq so’zi 2OO2 . 26 noyabr

  61. Respublika Uzbekistan: Ensiklopedicheskiy spravochnik // Avt.-sost.: N.Tuxliyev, A.Kremensova/-T.: Gos.nauch.izd-vo «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi», 2001. - 448 s.

  62. Uzbekistan i mejdunarodnыye dogovora po pravam cheloveka. Otv.red.A.X.Saidov. - T.: Adolat. 1998.

  63. Urazayev Sh.Z. Vlast i zakon. - T. Fan, 1991. 45 s.

  64. Xalilov E.X. Osnovnыye prioritetы Parlamenta Uzbekistana na poroge i v nachale XXI veka.// Xuquq-Pravo-Tash. 2000. №2. S.3-8.

  65. Xalilov E.X. O’zbekistonda Parlamentarizm maktabining ilk saboqlari.// Qonun himoyasida. 2000. № 8. 3-86.

  66. Politicheskiye partii i dvijeniya v Uzbekistane (Izdaniye tretye). - Tashkent, 1999. - 24 s.

  67. Xamedov Isa Axlimanovich. Organizasionno-pravovыye problemы sovershenstvovaniya sistemы gosudarstvennogo upravleniya v Respublike Uzbekistan: Avtoref...d-ra.yurid.nauk. – Toshkent., 2004. - 46 s

  68. Boltayev A.R. Ispolnitelnaya vlast v Respublike Uzbekistan. Monografiya. –Tashkent.: TDYuI, 2006.-268 s.

  69. Islomov Z.M. O’zbekiston modernizasiyalash va demokratik taraqqiyot sari. – Toshkent: O’zbekiston, 2005. -262 b

  70. Qirg’izboyev M. Demokratik ko’ppartiyaviylik va parlamentarizm tamoyillarini rivojlantirish masalalari // O’zbekiston fuqarolik jamiyati sari (Maqolalar to’plami). – Toshkent: Sharq, 2003. –B. 205-207

  71. Azizxo’jayev A.A. Huquqiy demokratik davlat qurilishi muammolari. – // “Xalk so’zi”,1992 17 sentyabr

  72. Azizxo’jayev A.A. Davlat boshqaruvi turli muammolari //“Xalq suzi”. 1992,.7 noyabr

  73. Azizxo’jayev A.A. Mustaqil O’zbekistonda davlat qurilishining dolzarb muammolar. – T.: “Muloqot” № 3. 1993. 3-6 b.


Download 341,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish