«davlat huquqi» kafedrasi



Download 341,5 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2017
Hajmi341,5 Kb.
#6092
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


HUQUQShUNOSLIK FAKULTETI


«DAVLAT HUQUQI» KAFEDRASI


МАЛАКАВИЙ БИТИРУВ ИШИ
MAVZU: IJRO HOKIMIYaTI FAOLIYaTI YuZASIDAN

JAMOATChILIK NAZORATI.

Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi

Sharipov B.J.

Bajaruvchi: Nomozov Nodirbek.

S A M A R Q A N D – 2 0 1 2



MAVZU: IJRO HOKIMIYATI FAOLIYATI YUZASIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI

KIRISH


I BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI DAVLAT XOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI, JAMOATCHILIK NAZORATINING VAZIFALARI.
II BOB. FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI, DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV ORGANLARI.
III-BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI SUBYEKTI, O’ZINI-O’ZI BOSHQARISH ORGANLARI.

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

MUNDARIJA.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, mazkur institutlar faoliyatini yanada faollashtirish, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalasi dolzarb hisoblanadi. Binobarin, “Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o’zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o’zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda”1. Shu bois, davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabat, jumladan, davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati masalasi doimo ijtimoiy fanlar, xususan, yuridik fanning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Ayni paytda, davlat organlari tizimida ijro etuvchi hokimiyat o’ziga xos o’rin tutadi. Zotan, davlat boshqaruvi organlarining kundalik faoliyati qonunlarning ijrosini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog’liq holda kechadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda eng muhim masalalardan biri – bu boshqaruv va ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini o’rnatishdan iborat”2. Shu bois, ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati tushunchasi, uning turlari, subyektlari va amalga oshirish sohalari hamda shakllarini davlat va huquq nazariyasi nuqtai-nazaridan ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish – nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Binobarin, ko’rib chiqilayotgan muammolarga doir ilmiy adabiyotlar tahlili mamlakatimiz yuridik adabiyotida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratiga oid majmuaviy monografik nazariy tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmaganligini ko’rsatadi. Ushbu holat tadqiqotda hal etiladigan ilmiy vazifaning mohiyatini belgilab beradi. Shunga ko’ra, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy asoslarini tadqiq etish va shu asnoda uning samaradorligini oshirish yo’llarini kompleks o’rganishga qaratilgan mazkur tadqiqot dolzarb ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, ayni paytda, u mamlakatimiz yuridik adabiyotida amalga oshirilayotgan dastlabki nazariy tadqiqot hamdir.

Bundan tashqari, bugungi kunda jamoatchilik nazoratining muayyan huquqiy asoslari mavjudligi barobarida, ularning bir tizimga solinmaganligini, jumladan, ko’plab qonun hujjatlarida “jamoatchilik nazorati” iborasi ishlatilgan, ayrimlarida esa, bunday nazoratni amalga oshirishning qisqacha mexanizmi ham ko’rsatilgan bo’lishiga qaramay, amaldagi qonunchilikda jamoatchilik nazoratining huquqiy tushunchasi va tavsifi, uni amalga oshirish mexanizmi, shakl va usullari, qaysi sohalarda va qanday darajada amalga oshirilishi kabi masalalar yetarlicha mustahkamlanmagan. Shu bois, jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini tadqiq etish va uni takomillashtirish bo’yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish zarurati mavjud. Ushbu holat ham mavzuning dolzarbligini, uning amaliy ahamiyatini ko’rsatadi.

Mamlakatimiz davlat va fuqarolik jamiyatining kuchli institutlari o’rtasida hamkorlikka asoslanish yo’li orqali chinakam fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va muhofaza etish yo’lidan ketmoqdaki, bu yo’lni davlat va jamiyatning asrimizdagi rivojining bosh yo’li, bosh g’oyasi deb e’tirof etish mumkin. Dissertasiya konsepsiyasi ham shunga bog’liq holda shakllangan.



Muammoning o’rganilganlik darajasi. Davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabat, davlat faoliyati ustidan jamiyat nazorati zarurligi haqida umumiy tarzdagi dastlabki qarashlar: Platon, Aristotel, Siseron, T.Gobbs, J.Lokk, Sh.L.Monteskye, J.J.Russo, G.Gegel, I.Kant, M.Veber shuningdek, O’rta Osiyo ma’rifatchilari va siyosiy arboblarnidan Abu Nasr Forobiy, A.Navoiy, Amir Temur kabi buyuk allomalar asarlarida o’z ifodasini topgan.

Jamiyat va davlatning o’zaro aloqasini metodologik asoslarini tarixiy-huquqiy o’rganish masalalari, ijtimoiy-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanish muammolari, bugungi kunda taniqli mutaxassislar diqqat markazida turibdi. Davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabat, davlat va jamoatchilik nazorati bilan bog’liq masalalarni o’rgangan xorij olimlaridan V.P. Belyayev, K.S. Belskiy, S.A. Denisov, A.V. Yerisyan, Diyego Valades, Yu.A.Dmitriyev, Djon X.Xellouell, Ye.A.Mashtakova, A.N.Pilipenko, V.K. Rudenko, V.G. Smolkov, A.M. Tarasov, Entoni Giddens, V.Ye. Chirkin, V.V.Fedorov, A. Shayo kabilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin3.

O’zbekistonda davlat hokimiyati, hokimiyatlar bo’linishi prinsipi, hokimiyat tarmoqlarining o’zaro munosabati, jumladan, davlat nazorati, ijro xokimiyati ustidan parlament nazorati, konstitusiyaviy nazorat masalalari A.A.Azizxo’jayev, S.M.Adilxodjayeva, X.B.Boboyev, .B.Boydadayev, Z.M.Islomov, Sh.I.Jalilov, G.R.Malikova, Z.Yu.Muqimov, H.T.Odilqoriyev, M.X.Rustamboyev, F.X.Rahimov, A.X.Saidov, A.X.Sattarov, O.R.Oqilov, A.T.To’laganov, J.O’.Toshqulov, A.S.Tursunov, E.X.Xalilov, O.T.Husanov, M.M.Fayziyev kabi huquqshunos olimlarning ishlarida muayyan darajada o’zining ifodasini topgan.

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratiga maxsus bag’ishlangan tadqiqotlar mavjud emasligi bilan bir qatorda, qator yosh mutaxassis tadqiqotchilar maqolalarida fuqarolik jamiyati shakllanishining ayrim jihatlarini tahlil etish bilan bog’liq holda jamoatchilik nazoratining u yoki bu jihatlarini o’rganilganligini ta’kidlash zarur4. Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, bugungi kunda

mamlakatimiz yuridik adabiyotida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy muammolari va uni tashkil etish hamda faoliyat mexanizmini takomillashtirish masalalarini kompleks tarzda tadqiq etgan ishlar mavjud emas.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi.



Tadqiqot maqsadi – ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining ijtimoiy mohiyati va yuridik tabiatini, huquqiy asosi va mexanizmini tadqiq etish va shu asnoda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirish va uning qonunlarning ijrosi va fuqarolar huquqlarini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilangan bo’lib, u kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI DAVLAT XOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI, JAMOATCHILIK NAZORATINING VAZIFALARI
Qonunning qabul qilinishi jamoatchilik nazoratining vazifalarini aniq belgilab beradi. Shu bois qonun loyihasida fuqarolik institutlari tamonidan inson huquqlari, erkinliklari, va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga yo’naltirilgan qonunchilik hujjatlarini dalat hokimiyati va ularning mansabdor shaxslari tamonidan ijrosini nazorat qilish, aholi va alohida sosial guruhlarni  davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda huquq tartibot organlari tomonidan inson konstitusion huquq va erkinliklari ta’minlanishi va ularga rioya etilishi holati to’g’risida habordor qilish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan amaldagi qonunchilik normalariga rioya etilmaganligi hollarini aniqlash, bu to’g’risida keng jamoatchilikni habardor qilish, uning sabablarini keng jamoatchilik yordami bilan bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyilini rag’batlantirish,    davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash kabi muhum masalalar qamrab olingan.

Qo’yilgan maqsadga quyidagi vazifalarni hal etish orqali erishish nazarda tutiladi:

- ijtimoiy nazorat, uning funksiyalari, elementlari va tuzilishiga oid yuridik, sosiologik, falsafiy fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holda, ushbu institutning nazariy asoslarini tahlil etish va umumlashtirish;

- ijtimoiy nazoratning muhim bir shakli sifatida davlat nazoratini ontologik yondashuv asosida tahlil etish, uning ko’rinishlari va yuridik tabiatini nazariy jihatdan, bugungi davr davlat-huquqiy voqyeliklari asosida yoritish;

- davlat organlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini olib borishning zarurligini belgilovchi omillar mohiyatini tahlil etish asosida uning obyektiv zarurligini asoslash;

- nazorat va kontrol o’rtasidagi farqli jihatlarni yoritish, nazorat, xususan, jamoatchilik nazoratining predmeti, obyekti va subyektlar tarkibini muayyanlashtirish, uni tahlil qilish hamda jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati va vazifasini ko’rsatib berish;

- davlat organlarining asosiy qismini tashkil etuvchi ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borishning tushunchasi, maqsadi hamda bunday nazoratni olib borish sohalarini tahlil etish va shu asnoda bu masalalar yuzasidan o’z mualliflik yondashuvini ilgari surish;

- ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati subyektlar doirasini belgilash va ushbu masaladagi qarashlar tahlili asosida tegishli nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalarni shakllantirish;

- ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining (tashkiliy-huquqiy, instrumental) shakllarini tizimli tahlilga tortish va ushbu masalada mualliflik tavsiyalarini berish;

- ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining rivojlantirish istiqbollarini belgilash maqsadida xorijiy tajribani tahlil etib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar berish;

- O’zbekistonda jamoatchilik nazorati huquqiy asoslarini tahlil etish va uning asosida jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini mustahkamlashga va takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni, xususan, “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga taqdim etish;

- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi ” Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” bayon etilgan ma’ruzasida qo’yilgan vazifalarga mos holda O’zbekistonda mavjud jamoatchilik nazorati institutining tashkiliy - institusional asoslarini tahlil etish orqali, ushbu nazoratning tashkiliy - institusional asoslarini mustahkamlash yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish;

- O’zbekistonda jamoatchilik nazorati institutining jamiyat hayotida tutgan o’rnini belgilovchi sosiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali, real ahvolni aniqlash va shu asnoda davlatning ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining istiqbolli yo’nalishlarini belgilash va uning samaradorligini oshirish yo’llarini topish yuzasidan tegishli nazariy va amaliy tusdagi takliflar berish.

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot ishining obyektini ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmiga oid ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.

Tadqiqot ishining predmetini davlatning ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish, uning mexanizmini shakl va usullarini takomillashtirishning nazariy-huquqiy muammolari tashkil etadi.



Tadqiqot metodlari. Bitiruv malakaviy ishida ilmiy bilishning umume’tirof etilgan metodlaridan, jumladan, analiz va sintez, mantiqiylik, tarixiylik va tizimlashtirish, qiyosiy-huquqiy tahlil, rasmiy – yuridik uslublar, ilmiy bashoratlash va germenevtik tahlil kabi usul va uslublardan foydalanilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning davlat organlari, ayniqsa, ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi to’g’risidagi fikrlar va qarashlari dissertasiya tadqiqotining metodologik asosini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va amaldagi qonunchiligi, xususan, fuqarolik jamiyati institutlariga oid qonun hujjatlari ishning normativ-huquqiy asosini tashkil etgan.

Mamlakatimiz va xorij olimlarining jamoatchilik nazorati haqidagi g’oyalari, qarashlari ishning ilmiy-nazariy asosini tashkil etgan.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlardan muhimi – fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanganligi, ularning davlat faoliyati ustidan nazorat olib bora bilishidadir. Hozirgi jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizasiyalash sharoitida amaldagi davlat organlari faoliyati ustidan olib boriladigan davlat nazorati bilan bir qatorda, jamoatchilik nazorati obyektiv zarurat bo’lib, uni ilmiy tadqiq etishning dolzarbligi asoslandi;

Jamoatchilik nazoratining mohiyatini chuqur anglash maqsadida ijtimoiy nazorat, uning genezisi, evolyusiyasi va buguni kundagi ahamiyati masalasi nafaqat yuridik, balki sosiologik va aksiologik nuqtai-nazardan tadqiq etildi;

Jamoatchilik nazorati institutining mazmun va mohiyatini to’liqroq aniqlash uchun, uni davlat nazorati va uning turlari bilan nisbatlab o’rganish asosida jamoatchilik nazoratining ijtimoiy ahamiyati ochib berildi, “ijtimoiy nazorat”, “jamoatchilik nazorati”, “nazorat”, “davlat nazorati”, “ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati” kabi tushunchalarga zamonaviy yondashuv asosida mualliflik ta’riflari shakllantirildi;

Jamoatchilik nazorati ijro hokimiyati organlari ichida, ayniqsa, qonunda belgilangan tartib va asoslarda shaxs huquqini cheklashga vakolatli bo’lgan organlar faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish zarurligi – bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois, aynan shu toifa organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish zarurati asoslandi;

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining mazmun - mohiyati ijro hokimiyatining hokimiyat tarmog’i sifatidagi xususiyatlari bilan belgilanishini e’tiborga olgan holda, mazkur hokimiyat tarmog’ining o’ziga xos jihatlari tadqiq etilib, bunda ijro hokimiyati faoliyati qonunlarning ijrosini ta’minlash bilan bog’liq ekanligi bilan bir qatorda, mazkur hokimiyat tarmog’i davlat xizmatchilarining va davlat organlarining katta qismini o’z ichiga olishi, muhimi, o’z qo’lida kata ma’muriy va moliyaviy mablag’larni o’zida jamlaganligi bois, uning faoliyati yuzasidan davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi asoslantirildi;

Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining maqsadi, subyektlari, obyektlari va uni amalga oshirish mexanizmi nazariy-huquqiy jihatdan tadqiq etilib, shu asnoda uni takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar shakllantirildi; Jamoatchilik nazorati institutini shakllantirish va uni amalga oshirishning shakl va usullarini takomillashtirish yo’llarini aniqlash maqsadida xorijiy tajribani qiyosiy-huquqiy tahlil etish orqali, bunday tajribaning ijobiy jihatlari aniqlanib, mamlakatimiz amaliyotida qo’llash mumkin bo’lgan jihatlar ko’rsatildi;

Jamoatchilik nazorati institutining huquqiy va institusiyaviy asoslarini tadqiq etish orqali uni takomillashtirish maqsadida, jamoatchilik nazoratining huquqiy va institusiyaviy asoslarini mustahkamlash zarurligi asoslanib, tegishli taklif va xulosalar ilgari surildi, xususan, “Jamoatchilik nazorati asoslari” to’g’risida qonun loyihasi ishlab chiqildi;

Jamoatchilik nazoratining institusiyaviy asoslarini mustahkamlash, jumladan, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan faoliyatni muvofiqlashtiruvchi tuzilma sifatida yirik ijtimoiy tuzilmalar vakillaridan iborat Jamoatchilik Kengashi tuzish zarurligi asoslandi;

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi shunda ifodalanadiki, milliy yuridik fanda birinchi marta ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy masalalari monografik tarzda tadqiq etilganligida hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish muammolarini milliy va xorijiy amaliyot hamda tegishli qonunchilik va uning normalarini qo’llash amaliyoti tahlili asosida amalga oshirilgan kompleks tadqiqot ekanligida ifodalanadi.

Bitiruv malakaviy ishida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati tushunchasi shakllantirilgan va ilgari surilgan. Ijtimoiy nazoratning bir turi bo’lgan jamoatchilik nazoratining obyekti, predmeti, prinsiplari, sohalari, shartlari aniqlashtirilgan, mazkur nazorat turining genezisi, tadrijiy rivoji, maqsadi, vazifalari, elementlari, prinsiplari, vazifa va funksiyalari tahlili asosida bu hodisa kompleks tadqiq etilgan, mamlakatimizda bunday nazoratining mexanizmi o’rganilgan

hamda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini kuchaytirish va takomillashtirish yuzasidan qonun va huquq ijodkorlik jarayoni hamda huquq qo’llash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish mumkin bo’lgan qator tavsiya va takliflar shakllantirilgan va asoslantirilgan.



Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi:

1) Jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabat ijtimoiy hamkorlikka asoslanishi va bu obyektiv xususiyat kasb etishida; ularning zamirida ommaviy va xususiy manfaatlar o’rtasidagi farqlar yotishida; hozirgi vaqtda davlat o’z funksiyalarini jamoatchilikning faol ishtirokisiz samarali bajara olmasligida; jamoatchilik davlatning ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan muttasil nazoratni amalga oshirishi talab etilishini

ko’rsatib berishda;

2) Jamiyat va davlatning ijro hokimiyati o’rtasidagi o’zaro aloqalar tizimi optimal bo’lishi lozimligi, uning doirasida davlat mexanizmi jamiyatga huquqlar va erkinliklarning daxlsizligini ta’minlashi, jamiyat esa davlat faoliyatiga aralashib, ommaviy institutlarning shakllanishi va ular faoliyati ustidan nazorat olib borishda ishtirok etishi lozimligini asoslashda;

3) Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat shakllanishining zaruriy sharti hisoblanishi, mazkur institutlarning samarali faoliyati mezoniga aylanishi, shuningdek mamlakatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash kafolati sifatida amal qilishini ko’rsatib berishda.

4) Davlat hokimiyatining ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati tushunchasiga ta’rif berish, uni ilmiy tasniflash yuzasidan takliflar kiritishda, jamoatchilik nazoratini kompleks tahlil qilishda, O’zbekiston va chet el davlatlarining ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati mexanizmini o’rganishda, jamoatchilik nazoratining samaradorligi muammosini va bu samaradorlikni oshirish yo’llarini tadqiq etishda;

5) Davlatning ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati maxsus subyektlar (davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ayrim fuqarolar)ning alohida tartib-taomil asosida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining sifati, qonunlarning ijrosi darajasi, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini tekshirish va unga baho berish borasidagi faoliyati sifatida namoyon bo’lishini ko’rsatib berishda;

6) Jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirish omillari qatoriga quyidagilar kiradi: ijtimoiy barqarorlik (kuchli hokimiyat, qarama- qarshiliklardan xoli yagona huquqiy tizim, huquqqa nisbatan hurmat, barqaror iqtisodiyot); ijtimoiy muvozanat (jamiyatdagi tabaqalanishni tan olish, aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlarini ta’minlash, hududiy yaxlitlikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash); rivojlangan fuqarolik jamiyati (siyosiy plyuralizm, bozor iqtisodiyoti, aholi mentalitetini o’zgartirish, ijtimoiy faol shaxs) kirishini asoslashda;

8) O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligi, davlatning ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borish shakllari va usullarini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalarni asoslashda namoyon bo’ladi.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati yana shundan iboratki, unda “ijtimoiy nazorat”, “davlat nazorati”, “jamoatchilik nazorati” tushunchalari, jamoatchilik nazoratining shakl va usullari, uni amalga oshirishning nazariy-huquqiy muammolari tadqiq etilgan bo’lib, ushbu masalalar yuzasidan shakllantirilgan nazariy xulosalar fandagi “bo’shliq”ni muayyan darajada to’ldirishga, ushbu mavzuga oid keyingi ilmiy ishlarga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundaki, unda ko’tarilgan va tadqiq etilgan masalalar bevosita mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va uning institutlarini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog’liq. Shu bois, tadqiqotda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan shakllantirilgan takliflardan huquq ijodkorlik jarayonida foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishidagi nazariy xulosa va qoidalaridan yuridik ta’lim tizimida, jumladan, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari”kabi fan va maxsus kurslarni o’qitishda foydalanish mumkin.

II BOB. FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI, DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV ORGANLARI
Qonun loyihasi fuqarollik jamiyati institutlarini davlat bilan o’zaro aloqalariga doir munosabatlarni yana ham aniq va ravshan belgilab beradi. Bu bir tamondan fuqarolarga davlat va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratnini amalga oshirish imkonini bersa, ikkinchi tamondan davlat organlari faoliyati sohasiga tartibsiz aralashuvlarning oldini oladi va manfaatlar muvozanatini tartibga solishni nazarda tutadi.

Jamoatchilik nazorati  davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati  subyektining shaxsiy tashabbusi, shuningdek  yuridik va jismoniy shaxslarning murojaati bo’yicha,  jamoatchilik nazorati  subyektining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga belgilangan qonunchilik asosida adliya organlari va boshqa davlat organlari tamonidan davlat ro’yhatidan o’tgan va faoliyatini tegishli hududda amalga oshirayotgan  fuqarolik jamiyati institutlari ega bo’ladilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, fuqarolik jamiyati institutlari bugungi va ertangi kunimizga har qachongidan ham mas’uliyat bilan qaraydigan, xalqimizning orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishda amaliy ishlari bilan yordam berishga shay tashkilotlar majmuasi sifatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishonchli  hamkor bo’laoladi. Bu esa Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada belgilab berilganidek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rivojining yangi bosqichini boshlab beradi, milliy davlatchiligimiz taraqqiyotida tarixiy burilish yasash bilan birga fuqarolarimizda yurt ravnaqi va farovonligiga daxldorlik hissini kuchaytiradi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshiradi.

Natijalarining joriy etilishi. Tadqiqot natijalaridan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari” qo’mitasining qonun ijodkorlik faoliyatida hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi “Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish Markazi” faoliyatida. Qonunchilik palatasi huquq ijodkorlik faoliyatida, xususan, TDYuI o’quv jarayonida xususan, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari” maxsus kursini o’qitishda foydalanilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi sa’y harakatlar ham sifat, ham sur’at jihatdan yangi bosqichga o’tdi. Binobarin, jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan muhim vazifalar qatoriga fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, ularning faoliyatini yangi darajaga ko’tarish hamda davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kiradi. Jamoatchilik nazorati, xususan ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati o’z pirovard maqsadini qonuniylikni va inson huquqlarini ta’minlashini yanada kuchaytirishga qaratishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Aytish mumkinki, jamoatchilik nazoratining rivojlanganlik darajasi davlat va jamiyat o’rtasidagi samarali munosabatning ishonchli va xolis ifodasidir.

Yuqoridagilarga asoslangan holda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish va uning huquqiy, tashkiliy va institusional asoslarini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qaratilgan tegishli xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Bitiruv malakaviy ishida jamoatchilik nazorati tushunchasiga nisbatan umumiy hisoblangan ijtimoiy nazorat tushunchasi ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida tahlil etilgan, jumladan, ijtimoiy nazorat va uning turlari masalasiga oid ilmiy qarashlar, xususan, sosiologik yondashuv tahlil etilgan. Ijtimoiy nazorat o’z ichiga nafaqat davlat nazorati va jamoatchilik nazorati, balki, har qanday ijtimoiy guruh va birliklardagi (oila, guruh, millat, partiya, qatlam va b.) hokimiyatni olishi ta’kidlanishi barobarida mazkur ijtimoiy hodisaga mualliflik yondashuvi shakllantirilgan: ijtimoiy nazorat bu shaxsning jamiyatda mavjud ijtimoiy normalarga mos xulq - atvorini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy ta’sir ko’rsatish tizimidir.

2. Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning muhim va o’ziga xos ko’rinishi hisoblanib, uning ahamiyati butun dunyoda ortib bormoqda.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni keskin taqozo etmoqda. Garchi, davlat organlari, jumladan, ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati mavjud bo’lsa-da, biroq, demokratik rivojlanish talab va ehtiyojlari davlat faoliyati yuzasidan ijtimoiy tuzilmalar tomonidan jamoatchilik nazorati olib borishni talab etadi. Nodavlat ijtimoiy tuzilmalar tomonidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati davlat nazorati bilan birgalikda davlat organlari foliyatida qonuniylikning kuchayishiga xizmat qilishidan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini oshirishga olib keladi.

3. Jamoatchilik nazorati, jumladan, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining tushunchasi, ta’rifi, subyektlari doirasi, olib boriladigan sohalar va masalalar ko’lami, nazorat olib borish shartlari va chegaralari, shakl va usullari milliy yuridik adabiyotda davlat va huquq fani doirasida yetarli ishlab chiqilmagan. Mazkur dissertasiya ushbu masala yuzasidan amalga oshirilgan dastlabki maxsus tadqiqot bo’lganligi bois, undagi ta’rif va xulosalar qayd etilgan “bo’shliqni” ma’lum darajada to’ldirishga qaratilgan. Jumladan tadqiqotda jamoatchilik nazoratiga mualliflik ta’rifi shakllantirilgan: jamoatchilik nazorati - ommaviy axborot vositalari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar, olimlar jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, fuqarolar hamda ularning o’zini -o’zi boshqarish organlari hamda boshqa uyushmalari tomonidan davlat organlari faoliyatida qonuniylik va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazoratning bir turidir.

4. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati, umuman jamoatchilik nazoratining muhim ko’rinishi hisoblanadi. Chunki, ushbu hokimiyat tarmog’i davlat organlari va davlat xizmatchilarining asosiy qismini o’z ichiga oladi hamda fuqarolarning kundalik hayotiy talab va ehtiyojlari bilan bog’liq (sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim, jamoat xavfsizligi va b.). Dissertasiyada ushbu institutga mualliflik ta’rifi berilgan: ijro etuvchi hokimiyat faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati – bu fuqarolarning huquq va manfaatlarning buzilishini oldini olish maqsadida jamoat tashkilotlari va tashabbuskor guruhlar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ijro hokimiyati tizimiga kiruvchi korxona, muassasalarda va tegishli davlat organlari tomonidan rioya qilinishi yuzasidan amalga oshiradigan nazoratidir.

5. Ta’kidlash o’rinliki, ilmiy adabiyotda jamoatchilik nazorati, jumladan, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining subyektlari va ushbu nazorat olib boriladigan sohalar va masalalar doirasi yetarli darajada aniq belgilanmagan. Tadqiqotda bu masalaga aniqlik kirtishga harakat qilingan. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, o’zini-o’zi boshqarish organlari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar hamda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. Shunga ko’ra uning subyektlar doirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: jamoat birlashmalari; nodavlat notijorat tashkilotlar; siyosiy partiyalar; mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari; alohida fuqarolar; OAV, davlat boshqaruvi organlari huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari, fuqarolarning turli xil ko’ngilli tashkilotlari va b. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining sohalari aniqlanib, bunda davlat xavfsizligi, mudofaa, tashqi siyosat, davlat sirlariga bog’liq boshqa ayrim sohalar doirasi bilangina cheklanishi mumkinligi ko’rsatilgan.

6. Tadqiqotda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borishning mexanizmi nazariy asoslari ishlab chiqilgan va asoslantirilgan; nazoratning obyekti, predmeti, prinsiplari, maqsadlari, amalga oshirish shakllari va usullari aniqlangan va tahlil etilgan hamda shu asosda uni takomillashtirish bo’yicha taklif va mulohazalar ishlab chiqilgan.

7. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari va institusiyaviy shakllarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilib, bunda dastlab xalqaro tajriba milliy qonunchilik va amaliyot bilan qiyosiy tarzda tahlil etilgan. Ayni paytda jamiyatning davlat faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati rivojlangan davlatlar tajribasi, xususan AQSh tajribasi tahlil etiladi. Bunda mazkur institutning shakllanishi va rivojlanishi chinakam erkin matbuotning rivojlanishi bilan hamohang kechishi qonuniyati asoslantirilgan. MDH davlatlari, xususan, RF da tadqiqot obyektiga doir huquqiy asos va institusional shakllar tahlil etilib, shu asnoda, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini inventarizasiya qilish orqali uni bir tizimga solish zarurati asoslanadi.

8. Ishda bugungi kunda jamoatchilik nazoratining muayyan huquqiy asoslari mavjud ekanligi, biroq,jumladan, qator qonun hujjatlarida “jamoatchilik nazorati” iborasi ishlatilganligi, ayrimlarida esa, bunday nazoratni amalga oshirishning qisqacha mexanizmi ham ko’rsatilgan (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarda)ligiga qaramasdan, amaldagi qonunchilikda jamoatchilik nazoratining huquqiy tushunchasi va tavsifi, uni amalga oshirish mexanizmi, qaysi sohalarda va qanday darajada amalga oshirilishi kabi masalalarga javob yetarli emasligini e’tiborga olgan holda hamda qator davlatlar hamda o’z tajribamizga tayangan holda, “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun qabul qilish zarurligi asoslangan va uning loyihasi dissertasiyaga ilova qilingan.

9. Mamlakatimizda davlat organlari, xususan, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy masalalari maxsus tadqiq etilmaganligini e’tiborga olgan holda, ushbu masalaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish hamda oliy yuridik o’quv yurtlarida jamoatchilik nazoratining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini o’rganadigan maxsus o’quv kurslarini tashkil etish zarurligi yuzasidan amaliy takliflar ilgari surilgan.


Download 341,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish