«Davlat byudjeti va g’aznachilik tizimi»


Yuridik majburiyatlarning vujudga kelishi



Download 34,87 Kb.
bet3/5
Sana26.02.2022
Hajmi34,87 Kb.
#468261
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shuhratov Sh byudjet

Yuridik majburiyatlarning vujudga kelishi

Davlat budjeti g'azna ijrosida foydalanilayotgan mabIag'larni maqsadli va samarali boshqarishda shartnomalar tizimi asosiy o'rinni egallaydi. Daviat budjeti mablag'larining to'rtinchi guruh xarajatlari tovar (ishIar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shartnomalami to'g'ri va sifatIi tuzish orqali Daviat budjeti mablag'laridan samarali va oqilona foydalanishga erishiladi.


G'aznachilik tizimi budjet mabIag'Iaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishda uch bosqichli nazoratni to'liq joriy qilishni taqozo etadi. Budjet tashkiloti mahsulot yetkazib beruvchi (kontragent)dan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) to'g'risida ofertani (takIifni) qabul qilih olganidan so'ng, shartnornani akseptlaydi (irnzolaydi) va G'aznachilikka ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun rnazkur shartnornaning ro'yxatdan o'tkazilishi talab qilinadi.
Yuridik majburiyat - iqtisodiy mazrnuniga ko'ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo'Iib, rna'lurn bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma'lum bir harakatlarni (mol-muIkni berish, ish bajarish, xizrnat ko'rsatish, pill to'lash yoki rna'ium harakatlardan voz kechish) amalga oshirilishini anglatadi. Yuridik majburiyatiami hisobga olishni asosiy maqsadi budjet nazoratining samaradorligini yanada orttirish, ya'ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib ketishiga yo'l qo'ymaslikdir. “Yuqorida ko'rsatilgan tartibda faoliyat yuritadigan g'aznachilik xodimlari quyidagilar asosida yuridik majburiyatlarni vujudga kelishidan avval, dastlabki nazoratni amalga oshiradi. Jumladan:
- budjet tasnitidan to'g'ri foydalanishni nazorat qilish;
- budjet rnablag'lari oluvchilar va boshqa javobgar shaxsiarning irnzo va rnuhrlarini solishtirish;
- narxlami asosliligi va belgilangan tartiblardan ortiq emasligini -tekshirish;
- buxgalteriya hisob-kitoblarini to'g'ri yuritilishini nazorat qilish;
- kreditorning rekvizitlari aniqligini nazorat qilish;
- budjet mablag'lari mavjudligini nazorat qilish.
Yuridik majburiyat budjet tashkiloti bilan kontragent o'rtasida ma'lum bir muddatdan so'ng rna'lum bir tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) to'g'risida shartnorna imzolanganidan va bu shartnorna tegishli tartibda G'aznachilikda ro'yxatdan o'tkazilganipan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- shartnoma ro'yxatdan o'tgandan keyin vujudga keladi;
- shartnomani imzolashdan oldin budjet rnablag'lari rnavjudligi tekshiriladi;
- shartnoma to'liq yuridik kuchga ega bo'lishi uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachilik boshqarmalari va bo'lirnlarida ro'yxatdan o'tiladi”2. Yuridik majburiyatlarni ro'yxatdan o'tkazishda narxlar rnonitoringini amalga oshirish zaruriyati vujudga keladi. Bunda budjet tashkiloti tomonidan sotib olinadigan tovarlar (ishlar. xizmatlar) narxi rnuqobil yetkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Budjet arnaliyotida muqobil yetkazib beruvchilar to'g'risida ma'lumot to'plashning turli usullari mavjud. Masalan, tovar xomashyo biIjalari, bozorlardan ma'lurnotnomalar. raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari, ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi ma'lumotlarni umumlashtirish mumkin. Har bir shartnomaga bir nechta (eng kamida 4 ta) yetkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda har bir yetkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari to'g'risidagi ma'lumotlari) aniq ko'rsatilishi, yetkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo'lgan,
yuqori mavqeli korxonalar bo'lishi lozim. O'zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, , aynan ishlab chiqaruvchining o'zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi narxlaming asossiz o'sishining oldini oladi. Budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini g'aznachilik tomonidan ro'yxatga olinishi mazkur muayyan budjet tashkilotlarining to'lashga qodirligi Davlat tomonidan tasdiqlanishini bildiradi va yetkazib beruvchi uchun shartnoma shartlari bajarilganda
to'lov kafolati hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, budjet tashkilotlari bilan ularning ta'minotchilari o’rtasida shartnomalar tuzishdagi yangilik majburiy tartibda shartnomaga to'lov jadvalida ko'rsatilgan summalar xarajatlar smetalarining tegishli moddalari bo'yicha limitlardan va budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida ko'zda tutilgan oylardan oshmasligi sharti bilan ilova qilinishi bo'ldi. Mazkur mexanizm moliya yili davomida budj et tashkilotlari tomonidan xarajatlar amalga oshirilishini barqarorlashtirish uchun xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi kassa uzilishlarida, ya'ni daromadlar tushmagan paytda oldin qabul qilingan majburiyatlar bo'yicha xarajatlar amalga oshirilishi lozim bo'lishi e'tiborga olinadi.
Budjet tashkilotlati bilan ularning ta'minotchilati o'rtasida shartomalarni ro'yxatga olish va budjet xarajatlatini amalga oshitish ustidan nazorat qilish mexanizmini amaliyotga keng joriy qilishni budjet tashkilotlari uchun tovar yetkazib beruvchi tijorat korxonalari shartnomalarning G'aznachilikda ro'yxatga olinishi, ular tomonidan yetkazib berilgan tovar (ish, xiz-mat)lar uchun davlatning to'lov kafolati hisoblanishini tushunadi. Shartnomalarni g'aznachilikda ro'yxatga olish budjet tashkilotlari va ularning yetkazib beruvchilari tomonidan shartnomaviy munosabatlarida qonun huijatlariga faqat rasman rioya qilishni oldini oladL Shartnomalarni majburiy ro'yxatga olinishi bilan budjet tashkilotlarining rahbarlari va moliya xodimlari va ularning yetkazib beruvchilarida shartnomalarni yuridik rasmiylashtirish, moliya va budjet intizomi masalalarini chuqurroq egallash zarurati
paydo bo'ladi.
Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish budjetdan mablag' oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma asl nusxasi va ko'chirma nusxasmmg birinchi varag'iga “Ro'yxatdan o'tkaziladi” yozuvini qo'yish va rO'yxatdan o'tkazish raqami va sanasi ko'rsatilgan holda amalga oshiriladi, ularni g'aznachilik organining mansabdor shaxsi o'z irnzosi va g'aznachilik muhri bilan tasdiqlaydi. RO'yxatdan o'tkazilgandan keyin ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomaning ko'chirma nusxasi hisobga olish va saqlash uchun g'aznachilikda qoladi, asl nusxasi budj et tashkilotiga qaytarib beriladL G'aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud, bu narxlar monitoringi orqali ta'minlanadi.
“Shartnomalarni g'aznachilikda ro'yxatga olish tartibiga asosan, yuridik majburiyatlarni ro 'yxatdan o'tkazish va narxlar monitoringi bo'limida quyidagilar e'tiborga olinadi:
1. Shartnomadagi xarajatlaming budjet tasnifiga mosligi.
2. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo'yicha mablag'lar mavjudligi.
3. Xarajatlar grant mablag'lari hisobiga amalga oshirilganda loyiha rahbarining imzosi yoki xulosasi.
4. To'lov jadvalida va asl nusxada ko'rsatilgan shartnoma raqami va sanalarning bir-biriga mosligi.
5. To'lov jadvali va shartnomada ko'rsatilgan oldindan to'lov rniqdori va sanasi hamda yakuniy to'lov miqdori va sanalarning bir-biriga mosligi”.3
Shartnomani hisobga olish g'aznachilik tomonidan budjetdan mablag' oluvchi va yetkazib beruvchining nomi hamda rekvizitIari, shartnoma sumrnasi, uning raqarnlari va tuzish sanasi, budjetdan mablag' oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar o'rtasida tuzilgan shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish kitobida ro'yxatdan o'tkazishraqami va sanasi ko'rsatilgan holda amalga oshiriladi .
Budjet mablag'lari oluvchilari yetkazib beruvchilar bilan xo'jalik shartnomalarini tuzadi va ular tegishli g'aznachilik organlarida majburiy ro 'yxatdan o'tkaziladi, ularga tegishli raqamlar beriladi va sana yozib qo'yiladi. Shartnomani
ro'yxatdan o'tkazish uchun budjetdan mablag' oluvchi g'aznachilikka shartnomaning bitta asl nusxasi va bitta ko'chirma nusxasini taqdim etadi. Shartnomalarga to' lovlar jadvali ilova qilinadi. Tovar yetkazib beruvchining rnazkur turdagi mahsulotni ishlab chiqarishi yoki sotishi (ishlar bajarishi, xizmatlar kO'rsatishi) uchun tegishli ruxsatnomalari mavjud-liligi va sifati talab darajasida ekanligini tekshirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomalar, faoliyat turi bilan shug'ullanish uchun litsenziyalar yoki patentlar, tovaming muvollqlik va sifat sertitikati kabi talab qilinuvchi huijatlar mavjudligi tekshiriladi va ularning nusxalari ilova qilinadi. G'aznachilik budjetdan mablag' oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan mablag' oluvchining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablag'lariga mosligi masalasida shartnomada ko'rsatilgan summani tekshiradi. Agar tuzilgan shartnomada to'lanadigan pul mablag'lari summasi xarajatlari smetasida nazarda tutilgan rejali budjet mahlag'lari summasidan oshib ketsa, mazkur shartnoma budjetdan mablag' oluvchiga ro'yxatdan o'tkazmasdan qaytariladi.
G'aznachilikning javobgar xodimi shartnomani ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidaso'rovnoma qabul qilgandan keyin quyidagilarni tekshirishi kerak: .
- budjet tasniti to'g'ri qo'llanilishi, tovar-moddiy qiymatliklar va xizmatlarning (shartnomalar bo'yicha) budjet xarajatlari tasniti moddalariga to'g'ri kelishi;
- shartnomalarga asosan qabul qilingan majburiyatlar bo'yicha xarajatlar smetasida mablag'larning mavjudligi;
- budjet tashkilotining muhri va mas'ul shaxslar imzolalining mavjudligi;
- tijorat takliti, tender yoki tanlov bayonnomalarining mavjudligi.
G'aznachilik bo'linmalari Daviat budjeti mablag'lari hisobiga joriy ta'mirlash amalga oshirilganda budjetdan mablag' oluvchilardan tuzilgan shartnomalarning sifati, maqsadga muvofiqligi va narxni baholash maqsadida bino va inshootlarni joriy ta'mirlash Ioyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatlarni talab qilish huquqiga ega. Budjet mablag'lari oluvchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2006-yil 22-dekabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Moliya organlari, budjetni g'azna ijrosi bo'linmalari tomonidan budjet tashkilotlarida oziq-ovqat narxlari monitoringini o'tkazish tartibi to'g'risida nizom ga asosan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning maqsadi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchilar va budj et tashkilotlari tomonidan xarid qilish narxlarini maqbullashtirish, narxlarning shakllanishi bo'yicha monitoring o'matish orqali budjet mablag'laridan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat.

Download 34,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish