«Davlat byudjeti va g’aznachilik tizimi»



Download 34,87 Kb.
bet2/5
Sana26.02.2022
Hajmi34,87 Kb.
#468261
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shuhratov Sh byudjet

Majburiyatlaming turlari

Majburiyat - bu fuqarolik huquqiy munosabat bo'lib, ma'lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga rna'lum bir xarakatlami amalga oshirishi, ya'ni: mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish, pul to'lovlarini amalga oshirish yoki ma'lum harakatlardan voz kechish va boshqalardir. Shartnomalarga asosan vujudga keladigan majburiyatlar Fuqorolik kodeksi talablaridan kelib chiqadi.
Davlat budjeti majburiyatlari budjet tashkilotlari majbu-riyatlrining yig'indisidan iborat bo'ladi. Davlat budjetini budjet tasnifi orqali tartibga solinishi, budjet majburiyatlari nazorati, buxgalteriya hisob-kitobining yuritilishi, hisobotni sifatli tayyorlanishi xalqaro iqtisodiy aloqalami amalga oshirilishida muhim o'rin tutadi. Majburiyat me'yoriy-huquqiy huiiatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqi bo'lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi (tashkilot rahbari yoki uning buyrug'i bilan vakolat berilgan mas'ul shaxs). Budjet tashkilotlari tomonidan qabul qilingan majbmiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag'lari me 'yoridan oshib ketmasligi lozim.
G'aznachilik tizimidagi huquqiy-me 'yoriy huiiatlarda majburiyatlami qabul qilish asoslari belgilangan:
~ kontrakt va shartnomalar irnzolash asosida tender yoki tanlov bO'yichaxaridlar, tovar va xizmatlar sotib olish, qarzdorlik bo'yicha shartnomalar, patentlar, litsenziyalar;
~ stipendiya, nafaqa pullari va boshqalar ;
~ jarimalar va sud qarorlariga asosan penyalar ;
~ dotatsiyalar, grantiar, mukofotlar.
Shartnomalardagi majburiyatlarni hisobga olish tizimida uch asosiy omil: majburiyatlarni qabul qilish asoslari, majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas'ul shaxslar faoliyati va budjet tashkilotlari majburiyatlarning ikki turi mavjud: 1) Yuridik majburiyat, 2) Moliy_aviy majburiyat.
Majburiyatlami qabul qilish budj et mablag'ini oluvchilarining vazifasiga kiradi. Budjet mablag'lari oluvchilari budjet tashkiloti rahbari yoki bu vazifa yuklatilgan shaxslar hisoblanadi. G'aznachilik tomonidan xizmat ko'rsatiladigan barcha budjetdan mablag' oluvchi tashkiloti rahbarlari va bosh hisobchi imzo namunalari hamda budj et tashkiloti muhri nanmnalari bo'lishi kerak, namunalar g'aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Budjet mablag'lari oluvchi – budjet tashkilotining rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan mas'ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega. Majburiyatlarni qabul qilish budjet mablag'ini oluvchilarining vazifasiga kiradi. Budjet mablag'lari oluvchilari budjet tashkiloti rahbari yoki bu vazifa yuklatilgan shaxslar hisoblanadi.
Yuridik majburiyat budjet tashkiloti bilan kontragent o'rtasida tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) to'g'risida shartnoma imzolanib, shartnoma tegishli tartibda g'aznachilikda ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyat shu shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib berilgan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko'rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli huiiatlar bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Masalan, schyot fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko'rsatilganligini tasdiqlovchi olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi huiiatlardir. Mazkur huiiatlar tegishli vakolatga ega bo'lgan mac;'ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Moliyaviy majburiyat G'aznachilik Bosh kitobida qayd qilinadi. Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlaming muddati 0 'tgunga qadar qoplanishi lozim. Budjet tashklloti va ta'minotchi o'rtasida tuzilgan shartnoma g'aznachilik bo'limida ro'yxatdan o'tkazilib, ta'minotchi ro'yxatdan o'tgan shartnomani olgandan keyin, shartnoma shartlariga asosan tovar va xizmatlar yetkazib berishni boshlaydi. G'aznachilik bo'limlarida ro'yxatdan o'tmagan shartnomalar bo'yicha ta'minotchi tovar va xizmatlar yetkazib berishga haqli hisoblanmaydi.
“Yuridik majburiyat - yuridik shaxslaming ikkinchi tomon bilan tuzgan shartnomalari, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organiarining qarorlari bo'yicha yuzaga kelgan majburiyatiaridir. Moliyaviy majburiyat yuridik shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to'lashni tasdiqlovchi huiiatlardir. Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi qabul qilingan yuridik majburiyatiar, tasdiqlangan budjet rejasi me'yorida xarajatlar to'lovini amalga oshirishni ta'minlash hamda budjet tashkilotlari kreditorlik qarzlarini nazorat qilishdir. G'aznachilikdagi budjet to'lovlarini amalga oshirish jarayonida budjetdan mablag' oluvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan to'loy arizasiga majburiy tarzda ilova qilinadigan majburiyatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni nazorat qiladi.”1
G'aznachilik bo'linmalari tomonidan shartnomaning ro'yxatga olinishi shartnomaning summasi xarajatlar smetasidagi tegishli modda ho'yicha summasidan oshmagan va maqsadli yo'naltirishga muvofiq bo'lgandagina amalga oshiriladi. Shartnomalar ro'yxatga olingandan so'ng hisobvaraq fakturalar va to'lov topshiriqnomalari xuddi shunday nazorat qilinadi.
Bank tizimida Daviat budjeti mablag'laridan foydalanuvchilar tomonidan mablag'laridan maqsadli foydalanmasIik, mazkur mablag'larni noqonuniy yo'llar bilan o'zlashtirish hollari ham ko'zga tashlandi. Daviat bosh islohotchi sifatida budjet xarajatlarini ustuvor Yo'nalishlar bo'yicha samarali foydalanishga qaratilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Endilikda ushbu vaziia joriy etilayotgan
g'aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladigan bo'ldi. Daviat budjeti mablag'lari doimo aniq bir maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Mana shu jarayonlarda budjet majburiyatlari, shartnomalar va to'Iovlarini boshqarish mexanizrruru takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor heriladi. Budjet ijrosining tezkorligi va sifatini oshirish hamda budjet mablaglarini samarali boshqarish g'aznachilik mexanizmini takornillashtirish bo'yicha tezkor chora-tadbirlarni ko'rishni talab etadi. O'zbekiston Respublikasidagi g'aznachilik tizimida budjet majburiyatiarini qabul qilish, shartnomalar va to'Iovlarni boshqarishning amaldagi holatini tahIil. qilish va mazkur sohadagi dolzarb muammolarni o'rganish lozim.




  1. Download 34,87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish