Bog'liq DAVLAT BYUDJETI TARKIBIY VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularningklassifikatsiyasi
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
soliq shaklidagidaromadlar;
soliq bo’lmagan daromadlar;
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Davlat byudjetiningsoliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardanso’ng);
davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardanso’ng);
fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat sub’yekt-lariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqadaromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushum-larning quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadiganmablag’lar;
kreditmuassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab- lag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadiganmablag’lar;
davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar;
qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchunhaq;
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagidaromadlar;
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardanso’ng);
davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqadaromadlar.
Davlat byudjetiningdaromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-maydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-jetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda72