Repititor
Oʻz kasbini yaxshi egallagan fan oʻqituvchilari repititorlik qilishyapti. Ular tayyorlagan abituriyentlarning 90-95%i oʻqishga kiryapti. 50-60%i davlat grantiga ega boʻlishyapti. Oʻqituvchilarning oylik maoshlari orttirilyapti. Shunda ham koʻpchilik oʻqituvchilarning oʻquvchilari repititorlarga qatnashyapti. Bitiruvchilarning birontasi ham oliy taʼlim yurtiga kirmagan ( qizil ) maktablar ham bor.
Repititorga boshqa hududga borib, oʻsha yerda yotib oʻqiyotgan oʻquvchilar ham bor. Ular oʻzining maktabdagi darslariga umuman qatnashmaydi. Buni nazorat qiladigan, tartibga soladigan xalq taʼlimi vazirligining umuman oʻrni yoʻq. Bunga oʻxshash statistikachi vazirliklar koʻp. Jurnalistlar , radio-televizion studiyalar ham keragicha topiladi. Nima qilyapmiz?
Repititorni taqiqlash kerak demoqchi emasman. Ularga katta rahmat. Biz yoʻl qoʻygan xatolar oʻrnini to'ldirishyapti. Otalariga Rahmat.
Bu kamchilik oʻrnini qanday toʻldirish, maktablarning ayrim savodsiz oʻqituvchilarini oʻz ustlarida ishlashga ragʻbatlantirish uchun nim qilak boʻladi?
Bu juda nozik masaladir. Oʻzimiz ham ayrim fanlardan yaxshi bilim olgan boʻlsak, ayrim oʻqituvchilarimiz hech narsani o'rgatishmagan. Shuning uchun oʻqituvchi degan nomga xushyor boʻlib murojaat qilishga toʻgʻri keladi. Xolis boʻlish uchun oʻqituvchilarni razryadlab chiqish kerakka oʻxshaydi. Oliy oʻquv yurtlariga ham oʻzi bilmagan narsasini (fanini) oʻqitib kelayotganlar bor. Mutaxasislikka, amaliy ish tajribasi, ilmiy daraja deganlar eskirib ulgurdi.
Moxir tajribali oʻqituvchilarni shaxsiyatini ehtiyotlab bir ish qilsak boʻlarmikin? Yaʼni barcha fan oʻqituvchilarini bir kunda, tast markazi orqali, oʻz mutaxassisliklari boʻyicha masofaviy test sinovlaridan oʻtkazilsa boʻladimi ? 100% toʻgʻri yechgan fan oʻqituvchisi 10-razryad, 95% dan ortiq yechganlarga 9-razryad, 90-95%gacha 8-razryad ,85-90 gacha 7- razryad, 80-85% gacha 6-razryad, 75-80% gacha 5-razryad, 79-75% gacha 4-razryad, 65-79% gacha 3-razryad, 69-65 gacha 2- razryad, 55-60 % gacha 1-razryad, 55% gacha yechganlarga 0-razryad berilib, maoshini ham razryadiga moslab, har yili shunday imkoniyat berilsa yaxshi boʻlarmidi.
Oʻqituvchilar oʻz ustida ishlay boshlashgach oʻquvchilar ham oʻzgarishni sezishadi. Lekin akademik yoki 10- razryadli oʻqituvchi dars oʻtsada, bilim olishni xoxlamaydigan oʻquvchilar ham boʻladi. Yoki iqtidori yoʻqlar ham uchraydi. Ularni sinfda qoldirish kerak emas. Chunki, pensiyaga chiqquniga ha oʻqisa ham, oʻzlashtira olmaydiganlar ham boʻladi. Ularni oʻqituvchi oʻz masʼuliyatidan xoli qilishi kerak. Buni esa qonuniy rasmiylashtirib , oʻquvchilarning ota-onalraiga rasman maʼlum qilib, pedkengashda muhokama qilish kerak. Oʻquvchilarning bobosi, buvisi, otasi, onasi, togʻa, amaki, amma-xolasiga oila boshligʻi xabar berib , keyincha shikoyatbozlik qilib yurishining oldi olinishi kerak. Bunday bolani maktabdan chiqarib yubora olmaymiz. Majburiy taʼlim toʻgʻrisidagi qonun bor. Ota onasi va oʻzi xoxlasa repititorga borsin. Pulini toʻlab oʻqisin. Oʻzgarish boʻlsa bir yildan keyin oddiy oʻqituvchilar roʻyxatiga kiritilsin. Aks holda uning kelajagi uchun maktab javobgar boʻlmaydi. Reyting hisoblab chiqarayotgan qizil oʻquvchilar natijalari hisobga olinmaydi. Shunda , maktab maktab, oʻqituvchi oʻquvchi boʻladi. Bolalar joynamoz koʻtarib ,masjidlarda turmaydi.
Past razryad olgan oʻqituvchi yil davomida 2 marta takror test topshirib, bilimini isbotlashiga ruxsat berish mumkin. Test topshirish uchun odamlarni ovora qilgani uchun davlat boji toʻlashi kerak. Boj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam boasligi kerak. Oliy oʻquv yurti oquvchisi oʻz mutaxassisligi boʻyicha test topshirib, qoniqarli natijaga erishsaaktablarda ishlash huquqini qoʻlga kiritadi. Demak, vazirliklar oʻquv-uslubiy , amaliy-innovatsion maktablarga aylanib kerakli ishlardan pul topishga oʻtishi kerak. Yaʼni, darsliklar yozishsin, tavsiyalar ishlab chiqishsin, testlar tuzishsin. Amaliyot labaratoriya ishlari uchun dan oʻqituvchisi sotib olib foydalanadigan qoʻllanma-tavfsiyalar yozishsin. Ilmni mablagʻga aylantirsinlar. Byudjet mablagʻlari Oliy Majlis, mudofaa, xavfsizlik, ichki tartibni saqlash kabi eng muhim ishlarga sarflansin. Shunda, soliqlarni 2-3 variant kamaytirib, tadbirkorlikka, obodonchilikka va tashqi sayohatlarga keng imkoniyatla yaratib bera olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |