Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida muntazam muhokama qilinadi, yakunlari boʻyicha tegishli choralar koʻriladi;
ommaviy axborot vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida va ushbu Markazning veb-saytida doimiy yoritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga fuqarolik jamiyati rivojlanishi boʻyicha Markaz tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillarning natijalarini parlament va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida koʻrib chiqish amaliyotini joriy qilish tavsiya etilsin;
b) Markaz har yili Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, u esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot beradi.
8. Markazga uch oy muddatda fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) Markaz hududiy boʻlinmalarining egallab turgan binolaridan begʻaraz foydalanish huquqi saqlanib qolishini taʼminlasin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan:
Markaz hududiy boʻlinmalari oʻz vazifa va funksiyalarini samarali bajarishi uchun zarur moddiy-texnik sharoitlar yaratib bersin;
Markaz hududiy boʻlinmalari buyurtmanomalari asosida bino va xonalarni joriy taʼmirlash, ularni zamonaviy orgtexnika, mebel va zarur aloqa turlari bilan jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil etsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazga xorijiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, tajriba almashish hamda zamonaviy uslub va yondashuvlar asosida fuqarolik jamiyati rivojlanishini oʻrganishni tashkil etish va tahlil qilish koʻnikmalarini takomillashtirish uchun ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda koʻmaklashsin.
11. Markaz:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin;
b) quyidagi majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat, Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik maʼlumotlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi byulletenlari va kunlik maʼlumotlari toʻplami;
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi xorijiy matbuot sharhlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy maʼruza maʼlumotnomalari.
12. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.J.Xadjayev va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K.Koʻchimovga fuqarolik jamiyati rivojlanishini oʻrganish va tahlil qilish natijalari ommaviy axborot vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida doimiy yoritilishi;
vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Markaz oʻz vazifalarini samarali amalga oshirishi uchun unga har tomonlama va toʻliq koʻmaklashish yuzasidan shaxsan javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–2851-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markazni mazkur qarorga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirsin.
15. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat, Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik maʼlumotlari majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–2851-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markazni mazkur qarorga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirsin deya prizident SH.Mirziyoyev farmonni imzoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |