DAVLAT BOSHQARUV TIZIMIDGI ISLOHATLAR
REJA:
Davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar: uchinchi renessans sari dadil qadam
Boshqaruv tizimini takomillashtirish.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishda qanday vazifalar uddalanilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
https://xs.uz/uz/post/davlat-boshqaruvi-tizimidagi-islohotlar-uchinchi-renessans-sari-dadil-qadam
https://yuz.uz/uz/news/boshqaruv-tizimini-takomillashtirish--hokimiyatni-xalqa-yaqinlashtirishdir
https://kun.uz/uz/news/2017/03/22/davlat-boskaruvi-tizimini-islo-kilisda-kandaj-vazifalar-uddalandi
https://lex.uz/docs/-173163
https://www.gazeta.uz/oz/2021/08/17/renaissance/
6. https://yuz.uz/uz/news/davlat-boshqaruvi-tizimini-tubdan-isloh-qilishning-asosiy- . yonalishlari-belgilab-olindi?view=evrilishning-uzun-yollari
1. Uchinchi Renessans nima degani?
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston konsepsiyalari nimani anglatishi haqida quyidagicha so’z yuritadi.
«Darvoqe, „yangi“ degan so‘zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng ko‘hna bayramlarimizdan biri Navro‘z — Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bog‘liq qadriyat va an’analar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, „Har tuning qadr o‘lubon, har kuning bo‘lsin Navro‘z!“ degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi», — dedi davlat rahbari.
«O‘tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz — „jadidchilik“, ya’ni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma’rifat va milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz» — deya davom etdi prezident.
«Bu ulug‘ zotlarning maqsadi — jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg‘or kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yo‘liga olib chiqishdan iborat edi. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga o‘qishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi», — dedi u.
«Afsuski, yurtimizda bolsheviklar diktaturasi o‘rnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati yangicha shaklda davom ettirilgani ma’rifatparvar bobolarimizga o‘z maqsad-muddaolarini to‘liq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz», — deya ta’kidladi O‘zbekiston yetakchisi.
«Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan „Yangi O‘zbekiston“ g‘oyasi zamirida ana shunday ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz», — dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga — Birinchi (ma’rifiy — IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar — XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo‘lgan. «Bu — jahon ilm-fanida o‘z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
«Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun „Yangi O‘zbekiston“ va „Uchinchi Renessans“ so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda», — deya xulosa qildi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofi ekanini alohida taʼkidladi.Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar oʻz mevalarini bera boshlab, Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda.Mazkur yangilanishlar davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Yaqin istiqboldagi innovatsion taraqqiyotimizning dasturilamali boʻlgan Harakatlar strategiyasining birinchi yoʻnalishi ham aynan davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga bagʻishlangani bejiz emas. Yangi Oʻzbekistonda demokratik davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan yuksak gʻoyaga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada hozirga qadar qilingan saʼy-harakatlarni tahlil etsak, quyidagi muhim jihatlarni koʻrish mumkin. Xalq bilan muloqot qilish, insonlar dardi, muammolarini samarali, tezkor hal qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Olib borilgan ishlar samarasi oʻlaroq, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari boʻyicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarni yechish, sohani toʻlaqonli tartibga solish amalga oshirilmoqda.Jahon andozasi boʻlgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) tamoyilining amalda oʻz aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi.Normarkazlashtirish siyosati namunasi oʻlaroq, “hududlardagi muammoni, eng avvalo, oʻsha hududda ishlaydigan va yashaydigan insonlar yaxshi hal qila oladi”, degan fikrdan kelib chiqqan holda davlat apparatining institutsional tizimi qayta koʻrib chiqilib, uni optimallashtirish, samaradorligini oshirish boʻyicha muhim islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim – sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 4 ta sektorga boʻlindi. Respublika darajasida qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi. Oʻz navbatida, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlardagi mahalliy Kengashlarga masʼul etib biriktirildi.Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimiga innovatsion yondashuv joriy etilib, fuqarolarga nisbatan byurokratik sansolorlik, sarsongarchilik holatlarini tubdan isloh qilishda katta qadamlar tashlandi. Avvallari fuqarolar turli norasmiy toʻlovlar, korrupsiya holatlaridan aziyat chekkan boʻlsa, davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omilining kamaytirilishi hisobiga bunday muammolarga chek qoʻyilmoqda. Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish masʼuliyati yuklangan alohida davlat organi – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. “Yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik subyektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat koʻrsatishda amal qiladigan boʻldi. Xususan, respublika boʻyicha tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilning boshida jami 37 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, 2019-yilga kelib ularning soni 130 ga yetdi (qariyb 3 baravar). 2020-yildan boshlab Markazlar orqali 143 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi. Markazlar orqali 2017-yilda 120 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, xizmat turlari ortganligi hisobiga, koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 2019-yilda 11,3 mln.ga yetdi (2018-yilga nisbatan 2,3 baravar koʻp). Inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shuningdek, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish mexanizmi va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish, ularning faoliyatini baholash mezoniga aylandi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi. Fuqarolarga Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati yaratildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimining qonunchilik asoslarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturining qoʻshimcha qulayliklarga ega yangi versiyasi ishlab chiqildi.Shu bilan bir qatorda, Hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi; Hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axboroti Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyildi; viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi. Qonunchilik palatasida davlat boshqaruvi organlari mutasaddilarining axborotini eshitish boʻyicha “Hukumat soati”ni oʻtkazib borish anʼana tusini oldi. Quyi palatada davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi. Parlament va ijro hokimiyatining hamkorligi kuchaytirildi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi taʼsis etildi va uning huquqiy maqomi belgilandi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining joylardagi dolzarb muammolarni hal etishdagi roli oshirildi. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimi yangicha, xalqchil koʻrinishda yoʻlga qoʻyildi.“Onlayn maslahatchi” moduli yaratildi va jami 94 ta davlat tashkilot va idoralari mazkur modulda birlashtirildi. 24 ta davlat xizmatlari elektron shaklga oʻtkazilib, xizmatlar soni 157 taga yetkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha, yaʼni fuqarolarning yashash va yuridik shaxslarning pochta manzilidan qatʼi nazar, respublikaning har qanday hududida olish imkoniga ega boʻldilar.Shubhasiz, bu saralash boshqaruv sohasidagi islohotlarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan, xolos. Biroq, shuni aytish lozimki, davlat boshqaruvi tizimidagi oʻzgarishlar boshqa sohalardagi islohotlarning ham muvaffaqiyati garovi boʻlib qolmoqda. Ishonch bilan qayd etish mumkinki, aynan shu sohadagi islohotlar samarasi Davlat rahbari tomonidan taʼkidlanganidek, Oʻzbekistondagi yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davrining poydevoriga tamal toshi vazifasini bajaradi.
2. Yilning bosh hujjatida mamlakatimiz rivojining strategiyasi, davlatimizda sodir boʻlayotgan jarayonlarga oid chuqur tahlilga asoslangan mulohazalar ilgari surildi. Prezidentimiz nutqi bugungi kunimizni anglash, erishilgan natijalarni xolisona baholash va shu bilan birga, kelajakda qilinajak ishlarni aniqlash uchun oʻta muhimdir.Shak-shubha yoʻqki, bugungi kunda har birimiz Murojaatnomada bayon etilgan fikr-mulohazalarni qunt bilan tahlil qilishimiz, unda ilgari surilgan gʻoyalardan kelib chiqqan holda ish-rejalarimiz, qolaversa, dunyoqarashimizni qayta koʻrib, oʻz shaxsiy pozitsiyamizni aniq belgilab olishimiz lozim.Maʼruzaning asosiy gʻoyasi — “qanchalik qiyin va murakkab boʻlmasin, demokratik islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz”.Xorijiy tajriba shuni koʻrsatadiki, chuqur islohotlar, ayniqsa, boshlangʻich bosqichda, doimo jamiyatdagi muammolarni, iqtisodiyotdagi ziddiyatlarni keskinlashtiradi. Bu tabiiy hol. Shu bilan birga, oʻzgarishlarning samarasini insonlar bugun, shu kunda, oʻz hayot darajasi yaxshilanishi orqali koʻrishi kerak. Bu esa hal qiluvchi jihatdan davlat boshqaruvi tizimi samaradorligi bilan bevosita bogʻliqdir.Soʻngi toʻrt yil mobaynida bu borada katta ishlar amalga oshirildi va ular oʻz natijasini bermoqda.Hukumatning tashkiliy tuzilmasi tubdan qayta koʻrib chiqildi. Uning safida dunyo koʻrgan, eng nufuzli xorijiy universitetlarni tugatgan, xalqaro tajribaga ega, keng fikrlovchi yurtdoshlarimiz koʻpaymoqda. Natijada hukumatimiz qiyofasi oʻzgardi, uning xalqaro raqobatbardoshligi ortdi.Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va birinchi navbatda, davlatning iqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi batamom yangi yondashuvini taʼminlashga qaratilgan oʻzgarishlar jadal davom ettirilmoqda.Davlat boshqaruvida shaffoflik va aholining keng ishtirokini taʼminlash maqsadida “Mening fikrim” maxsus veb-portali taʼsis etildi. Mamlakat byudjeti shakllanishi va ijrosi ochiqligini taʼminlash uchun “Openbudget” informatsion portali yaratilgani boshqaruv tizimi zamonaviylashganining muhim koʻrsatkichlaridan biridir.Mamlakatimizdagi islohotlarning dastlabki salmoqli natijalarini har bir yurtdoshimiz oʻzi, oilasi, mahallasi hayotidagi yangilanishlar misolida yaqqol koʻrmoqda. Bu zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida, yangidan bunyod etilayotgan shahar va qishloqlarimiz qiyofasida hamda ijtimoiy himoya masalasidagi amaliy ishlarda koʻzga tashlanadi.Vatanimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar jahonda nihoyatda yuqori baholanyapti, jamiyatimizda katta umidlar uygʻotdi. Mavjud muammolarga qaramasdan, bu siyosat yurtdoshlarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Odamlar oʻz haq-huquqlarini yangicha anglamoqda, ularda daxldorlik hissi kuchaymoqda, aholining siyosiy ongi va ijtimoiy faolligi ortmoqda. Bu — jamiyat ravnaqining garovi.Taʼkidlash kerakki, ilk oʻzgarishlar jarayonida davlat boshqaruv tizimi islohotining birlamchi, yuzada turgan qatlami amalga oshdi. Endilikda murakkabroq, yechimi yuqori malaka, chuqur bilim, yangicha dunyoqarash talab qiladigan vazifalarni hal qilish vaqti keldi. Bu vazifalar Prezident Murojaatnomasida aniq belgilandi.Yechimini kutayotgan eng katta muammolardan biri sifatida vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashganligi koʻrsatildi hamda mahalliy organlar vakolatini yana-da kengaytirish masalasi koʻndalang qoʻyildi.Boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish — har bir davlat oldida turgan jiddiy masala. Bu, ayniqsa, insoniyatning bugungi kundagi rivojiga xos aqidadir. Yer yuzida toʻrtinchi sanoat inqilobi tobora avj olmoqda. Uning asosini raqamli texnologiyalar, Internet, nanotexnologiya ishlab chiqarish vositalari, sunʼiy idrok, oʻzi oʻrganadigan va bir-biri bilan operatsion bogʻlangan uskunalar tashkil etadi.Yangi ishlab chiqarish vositalari yangi ijtimoiy munosabatlarni talab qiladi.Bugungi kunda boshqarish ilgarigi davrlarga nisbatan ancha murakkablashmoqda. Nafaqat tashqi, balki jamiyatlar ichidagi raqobat keskinlashyapti. Axborotga egaligi tobora ortib borayotgan aholining hukumatga talablari kuchaymoqda. Hokimiyat faqat davlatni boshqarish tizimigina emas, balki, aholi va biznesga xizmat koʻrsatish markazi sifatida koʻrilmoqda. Rivojlangan davlatlarda boshqaruvning moslashuvchanlik qobiliyatiga ega, “egiluvchan” usuli tatbiq etilmoqda.Jamiyat rivojining asosiy mezoni odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, ularning maʼnaviy va moddiy ehtiyojlarini toʻlaroq qondirishdan iborat. Taraqqiyot darajasi, birinchi navbatda, jamiyat oldida turgan masalalarni hal etishda har bir fuqaro qanchalik ishtirok etishi bilan belgilanadi.Shuning uchun, aholining siyosiy faolligi, umumdavlat darajasidan tortib mahalliygacha, barcha darajalarda jamiyat rivoji masalalarni hal etishda taʼsiri kuchayishi — taraqqiyotning asosiy omillaridan biri.Nomarkazlashtirish — davlat boshqaruvining muayyan vakolatlarini quyi tuzilmalarga, mahalliy hokimiyat organlariga berishni anglatadi.Har qanday davlatda markaziy hukumatdan umummilliy vazifalarni samarali ijro etish kutiladi. Bunga ichki va tashqi xavfsizlikni, qonuniylik hamda huquq-tartibotni, valyuta tizimi, makroiqtisodiy rivojlanish barqarorligini, yagona oʻlchov standartlari va hokazolarni taʼminlash singarilar kiradi. Mintaqalar, shaharlar va jamoalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq masalalarini hal etish esa mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga berilishi kerak. Boshqacha aytganda, nomarkazlashtirish — boshqaruv organlarining xalq ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq funksiyalarini avvalambor mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklash orqali davlatning xalqqa xizmati sifatini oshirish.Murojaatnomada bunga erishishga oid aniq fikr va mulohazalar ilgari surildi.Davlat boshqaruvining haddan tashqari markazlashtirilishi maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining asosiy xususiyatlaridan biri. Bunday sharoitda markaz barcha masalalar, shu jumladan, mintaqalar, mahalliy hududlar faoliyatiga tegishli boʻlgan mayda masalalar boʻyicha ham qaror qabul qiladi. Tabiiyki, bu ijtimoiy taraqqiyotning xususiyati va surʼatlariga, odamlar hayotining sifatiga taʼsir qilmasdan qolmas edi.Misol uchun, 2016-yilda mamlakatda 64 ta litsenziya turi mavjud boʻlsa, shundan atigi uchtasi viloyat hokimliklari va faqatgina bittasi tuman hokimliklari vakolatiga tegishli edi. Ruxsat berishga oid 220 ta hujjatdan faqatgina 11 tasini tuman yoki shaharlarda olish mumkin boʻlardi. Aksariyat holda kishilar oʻz hayotiy va ish faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun sarson-sargardon boʻlib, poytaxtga kelib, davlat idoralari boʻsagʻasida sargʻayib turishga majbur edi. Koʻp holatda bu poraxoʻrlik va taʼmagirlikka olib kelardi.Mahalliy hokimliklar hudud oldida turgan muammolarni hal etish uchun zarur mablagʻlarga ega boʻlmagan. 2016-yilga kelib, Oʻzbekistonda mahalliy byudjetning atigi 20 foizi mahalliy soliqlar hisobiga shakllantirilib, qolgan qismini esa markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadigan mablagʻlar — davlat byudjetidan ajratmalar, subvensiyalar va dotatsiyalar tashkil qilgan. Bu vaziyatda mahalliy organlar ijtimoiy dasturlarga xarajatlarni koʻp hollarda xususiy korxonalarning “ixtiyoriy-majburiy” ajratmalari evaziga qoplashga harakat qilardi. Bu esa biznesga maʼmuriy bosimni oshirib, ishbilarmonlik muhitini keskin yomonlashtirar va investitsiya oqimiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatgan.Keyingi toʻrt yilda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish davomida mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlari koʻlami sezilarli darajada kengaydi. Misol uchun, 2015-yilda hududlar mahalliy byudjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar 246 milliard soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich 6 trillion soʻmdan ortdi yoki 25 marotaba koʻproqni tashkil etdi.Nihoyatda katta mablagʻ va qoʻshimcha tushumlarni taqsimlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida tariximizda birinchi bor “2021-yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunga binoan mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijrosi boʻyicha mahalliy Kengashlar vakolatlari keskin kengaytirildi.Xususan, mahalliy byudjetlarning xarajatlarini qisqartirish boʻyicha qarorlar tegishli Kengashlar tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʻyildi. Shuningdek, ularga mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlar va daromadlarni hamda byudjetlararo transfertlarni taqsimlash hamda daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablagʻlarning bir qismini tuman va shaharlar byudjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratish vakolati berildi.Mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligini yana-da oshirish uchun 2021-yilda Soliq kodeksida belgilangan, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkasidan kelib chiqib, tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllash vakolatlari berildi.Mahalliy boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish koʻp jihatdan davlat xizmati tizimining oʻzini isloh qilish chora-tadbirlariga bogʻliq. Bu oʻrinda boshqaruv tizimini ekstensiv emas, balki intensiv rivojlantirishni taʼminlash asosiy maqsad hisoblanadi. Boshqacha aytganda, maʼmuriy menejmentning yangi shakllari, vositalari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish hisobiga boshqaruv tizimi kam xodimlar bilan koʻproq vazifalarni bajarishga qodir boʻlishi kerak.Shu bois, Murojaatnomada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan xodimlar sonini va ish jarayonlarini optimallashtirish choralarini amalga oshirish zaruriyatiga urgʻu berildi. Jumladan, hukumatga ikki oy muddatda boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar va funksiyalarni, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha hujjatlar loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklandi. Shuning evaziga davlat boshqaruvi xodimlari sonini oʻrtacha 15 foizgacha optimallashtirishga erishish belgilandi.Murojaatnomada qayd etilgan topshiriqqa muvofiq, kelgusi yil oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga koʻpaytirib, jami 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarur.Ushbu vazifalarga erishish mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarini takomillashtirishni talab etadi. Sohaga oid huquqiy hujjatlar davlat boshqaruvi funksiyalarini yuqoridan quyiga berish borasidagi aniq-ravshan siyosiy irodani, mahalliy organlarning vakolatlari va imkoniyatlari kengaytirilishini aks ettirishi lozim. Qonunlar va maʼmuriy reglamentlar ham hokimiyat organlarining majburiyatlari va huquqlarini, ularning yurisdiksiyasini aniq belgilashi, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyat samaradorligini oshirishga koʻmaklashishi kerak.Binobarin, davlatimiz rahbari tomonidan Qonunchilik palatasi va Senatga Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021-yil 1-aprelga qadar mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish topshirigʻi berildi.Davlat xizmati tizimini isloh qilish davlat organlari faoliyatini baholashga yondashishni tubdan oʻzgartirishni taqozo etadi. Inson hayoti darajasi, aholi va biznesga yuqori sifatli “ijtimoiy xizmatlar” koʻrsatilishi, iqtisodiy faoliyat uchun zarur boʻlgan qulay muhit yaratish davlat organlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichi boʻlmogʻi kerak. Vaholanki, mahalliy hokimlik va Kengashlar bundan 27 yil avval qabul qilingan, bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydigan Qonun asosida ishlamoqda. Shuning uchun, Murojaatnomada aytilganidek “vazirlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatiga tuman, shahar, qishloq va mahallada amalda qanday oʻzgarish boʻlganiga qarab baho beriladi”.Davlatimiz, jamiyatimiz oldida turgan maqsadlarga boshqaruv organlarining ilgarigidek “yopiq tizim” sifatida faoliyat koʻrsatishi doirasida erishib boʻlmaydi. Barcha darajalarda davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash hukumat institutlarining oʻz “ichki ishi” emas. U yoki bu masala boʻyicha qaror loyihasini tuzishdan boshlab uning ijrosi monitoringini olib borishgacha — barcha bosqichlar va darajalarda ochiq-oshkoralik, shaffoflik, ijtimoiy ekspertiza va nazorat zarur.Matbuot xizmatlarini faollashtirish hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun muntazam brefinglar oʻtkazish talab etiladi. Prezidentimiz qayd etganidek, “korrupsiyaning oldini olishda barcha davlat organlarida qaror qabul qilish jarayonlari ochiq va faqat ochiq boʻlishini taʼminlash hal qiluvchi ahamiyatga ega”.Bundan buyon qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazorati keng yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan, “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” tizimi joriy qilinadi. Bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ham faol jalb etiladi.Davlat boshqaruvi, tizimini takomillashtirish koʻp jihatdan mahalliy vakillik organlarining hududlar rivojida tutgan oʻrnini oshirish bilan bogʻliq. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini bajarishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish Kengashlar faoliyatining asosini tashkil qilishi zarur.Xalq deputatlari mahalliy Kengashi — bu vakillik organi, xalqning ishongan vakillari. Bugungi kunda respublikamizda 218 ta mahalliy Kengash faoliyat olib borayotgan boʻlib, ulardagi deputatlar soni 6 ming 567 nafarni tashkil etadi. Taʼkidlash lozimki, xalq deputatlari shahar Kengashlarining sezilarli ravishda faollashuvi qayd etilmoqda. Deputatlarning ongi, ularning siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi har tomonlama oʻzgarib yangi xarakterga ega boʻlmoqda.Shu bilan birga, tahlil Kengash faoliyatida oʻz yechimini kutayotgan muammolar va toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatdi. Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar oʻrganilganda, ularda tizimli muammolarning koʻtarilmagani, kamchilikka yoʻl qoʻygan davlat idoralari, mansabdor shaxslar faoliyatiga tegishli baho berilmagani, muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanmagani aniqlandi. Eng avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish va birinchi navbatda, kichik biznesga gʻov boʻlgan toʻsiqlarni bartaraf etish, xususiy mulk va tadbirkorlik himoya qilishga daxldor qonunlar bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyatga taalluqli.Prezidentimizning Murojaatnomasidan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi kunda mahalliy Kengashlar oldida ikkita asosiy vazifa turibdi, birinchisi, mahalliy Kengashlarning haqiqiy nazorat organiga aylanishiga erishish, ikkinchisi, deputatlarning joylardagi real muammolar bilan tizimli ishlashini taʼminlash.Shu bois, 2021-yilda har chorak yakunida hokim hamda sektor rahbarlarining hududda kambagʻallikni qisqartirishga oid manzilli dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini Kengashlar sessiyasida eshitish koʻzda tutilmoqda. Bundan tashqari, mahalliy Kengashlar hokimning hududlarda infratuzilmani, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan olingan mablagʻlar hisobidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini muhokama qilib borish kerak.Mahalliy byudjet bilan bogʻliq masalalarda vakillik organlarining roli ortib borayotganini inobatga olib, moliya organi rahbarining mahalliy byudjet ijrosi, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi yoki boʻlmasa davlat soliq organi rahbarining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlanganligi, soliq qarzdorligi haqidagi hisobotlarini eshitib borish amaliyoti joriy etiladi.Bu jarayonda deputatlar faqatgina hisobotni eshitish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, joylardagi muammolarning bartaraf etilishi, belgilangan vazifalarning ijrosini joyida oʻrganishi, buning uchun bevosita aholi bilan muloqot olib borishi talab etiladi.Masalan, kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha hisobotni eshitishdan oldin deputatlar oʻzlari saylangan hudud boʻyicha sektorlar tomonidan kambagʻallik roʻyxatidan chiqarilishi tavsiya etilayotgan har bir fuqaroning oilaviy sharoitini joyiga chiqib atroflicha oʻrganishi, haqiqatan ushbu oilani roʻyxatdan chiqarish mumkinligiga toʻla ishonch hosil qilishi maqsadga muvofiq.Murojaatnomada hududlar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida mamlakatda 3 trillion soʻm mablagʻga ega boʻlgan alohida jamgʻarma tuzish hamda uning mablagʻlarini mahalliy Kengashlar takliflariga asosan sarflash taʼkidlandi.Shundan kelib chiqib, deputatlarimiz nazorat tadbirlari davomida, aholi bilan uchrashuvlarda, fuqarolar murojaatlarida koʻtarilgan mahalla darajasidan tortib, viloyat darajasigacha boʻlgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan oʻz takliflarini kiritib borishi maqsadga muvofiq boʻladi.Agarda hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning qaysidir bandi bajarilmayotgan yoki ortda qolishlar kuzatilayotgan boʻlsa bevosita hududdagi senator orqali ushbu masalani Senatning tegishli qoʻmitasiga olib chiqish yoki oʻzlarining vakolatlaridan foydalangan holda tegishli vazirlikka soʻrov joʻnatish orqali hal etish choralarini koʻrishi lozim.
Bugun partiyalar, Kengashlar hech bir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy masaladan oʻzlarini chetga ololmaydi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalarni hayotga tatbiq etish, islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, har birimiz — senatorlar, shahar, tuman mahalliy Kengashlar deputatlari harakatlari surʼatiga, shaxsiy faolligiga, siyosiy, huquqiy madaniyatining yuksakligiga, Oʻzbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor boʻlishdek ulkan masʼuliyat hamda sharafga qay darajada loyiq ekaniga bevosita bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |