4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun:
a) ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun
agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa,
ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab
100 kv.m. gacha bo‘lganda
BHMning 1 baravari
100 kv.m. dan 200 kv.m.gacha bo‘lganda
BHMning 2 baravari
200 kv.m. va undan ortiq bo‘lganda
BHMning 3 baravari
agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa
100 kv.m. gacha bo‘lganda
BHMning 50 foizi
100 kv.m. dan 200 kv.m. gacha bo‘lganda
BHMning 1 baravari
200 kv.m. va undan ortiq bo‘lganda
BHMning 1,5 baravari
Izoh
. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va
ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga
ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji
belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan
ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini
tasdiqlaganlik uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga
boshqa davlatlardan kelgan hamda O‘zbekiston
Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet
ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan
— BHMning 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida
yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda
shartnoma summasining 10 foizi
v) “b” kichik bandga muvofiq davlat boji to‘lab sotib
olingan ko‘chmas mol-mulk xarid qilingan kundan e’tiboran
uch yil ichida boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq
shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun
BHMning 400 baravari
g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining)
ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga,
nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-
singillariga
BHMning 25 foizi
jismoniy shaxslar uchun
BHMning 50 foizi
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik
shaxs bo‘lsa
BHMning 1 baravari
Izoh
. Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan
stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini
tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandida
belgilangan hollar mustasno
BHMning 50 foizi
e) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritganlik uchun
shartnoma summasiga qarab jismoniy shaxslar uchun:
BHMning 1000 baravarigacha
BHMning 1 baravari
BHMning 1000 baravaridan 5000 baravarigacha
BHMning 1,5 baravari
BHMning 5000 baravari va undan ortiq miqdori uchun
BHMning 2 baravari
shartnoma summasiga qarab yuridik shaxslar uchun
BHMning 1000 baravarigacha
BHMning 2 baravari
BHMning 1000 baravaridan 5000 baravarigacha
BHMning 3 baravari
BHMning 5000 baravari va undan ortiq miqdori uchun
BHMning 4 baravari
Izoh
. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi
bitimlar rasmiylashtirilayotganda, davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
j) banklar va qarz oluvchilarning kredit bo‘yicha
qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobidan
qaytarish to‘g‘risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini)
tasdiqlaganlik uchun
BHMning 50 foizi
z) shartnoma summasiga qarab, qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
BHMning 100 baravarigacha
BHMning 25 foizi
BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha
BHMning 50 foizi
BHMning 300 baravari va undan ortiq miqdori uchun
BHMning 1 baravari
Do'stlaringiz bilan baham: |