Mahalliy vagonlar bilan ishlash texnologiyasi
4.1. Yuk obyektlariga xizmat koʻrsatish vaqtlarini me’yorlash
Mahallliy vagonlar deb, stansiyaning oʻzida yuklash, tushirish, saralash va qayta yuklash amallari bajariladigan vagonlarga aytiladi.
Mahalliy vagonlarga ishlov berish va ular bilan yuk amallarini bajarish yuk hovlisi yoki shaxobcha yoʻllarida amalga oshiriladi. Mahalliy vagonlar uchastka stansiyalariga yukli holatda keladi va yuklari tushirilganidan soʻng qayta yuk yuklanadi, boʻsh qolgan vagonlar esa topshiriqda koʻrsatilgan stansiyasiga yoʻnaltiriladi.
Mahalliy vagonlarning ishlovi umumiy texnik jarayonlardan tashqari qayta ishlovga keluvchi tranzit vagonlar bilan ham amalga oshiriladi va u vagonlarni yuk obyektlariga uzatish, ularni yuk tushirish joylariga oʻrnatish, amallar tugallangandan soʻng yana stansiyaga olib chiqish va boshqa amallar bajarilishini oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |