1.2. Datchik va o’lchov sistemasi haqida umumiy ma’lumotlar
Har xil texnologik jarayonlami avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgich (yoki datchik)lar keng qo‘llaniladi.
Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi element- larida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi.
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan o‘zgartirgichlar, asosan, olti guruhga bo‘linadi: mexanik; elekt- romexanik; issiqlik; elektrokimyoviy; optik va elektron-ion.
Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkich (bo- sim, kuch, tezlik, sarf va h.k.)larni mexanik chiqish ko‘rsatkich (aylanish chastotasi, bosim va h.k.)larga o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar), poplavoklar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektr datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlar (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektr ko‘rsatkichlar (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilar)ga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi.
Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichi elektr zanjir kattaliklari (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi kabilar)dan tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulash zarur hamda ular alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak.
2.1-rasm. Elektrik datchiklarning turlanishi.
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali x chiqish signali Y ga o£zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali (EYUK) ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘lib, qo‘shimcha energiya manbayisiz ulanadi.
Aniqlik darajasi bo‘yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik sinflariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ishlash prinsipi bo‘yicha elektr datchiklar rezistivli, elekt- romagnitli, sig‘imli va taxometrik (generatorli) ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (2.1-rasm).
1.3. Datchiklarning asosiy parametrlari
Datchiklarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bir xildagi bir necha asosiy parametrlarga ega:
Statik tavsifnomasi — chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog‘liqligi (2.2-rasm). Chiziqli datchiklar (2.2-a rasm) uchun statik tavsifnomasi o‘zgarmaydi.
Statik tavsifnomasi nochiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffitsiyenti turli nuqtalarda (2.2-b rasm) har xil bo‘ladi va bu kattatik differensial sezgirlik deyiladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
Datchikning absolyut xatoligi — datchikning chiqish signalining haqiqiy Y1 va uning hisoblangan Y2 qiymatlarining farqi, ya’ni:
Datchikning nisbiy xatoligi
Datchikning dinamik tavsifnomasi — chiqish signalining vaqt mobaynida o‘zgarilishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |