Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar



Download 84,57 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2023
Hajmi84,57 Kb.
#905539
  1   2   3
Bog'liq
Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar


Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar


Reja:

  1. Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Datchiklarni turlari.

  3. Datchiklarning asosiy ko’rsatkichlari.


Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
Har hil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko’rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o’zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo’llaniladi.
Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo’llash uchun qulay qiymatga o’zgartiradigan vositaga aytiladi.
Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o'lcham va og'irlikka, hamda past narxga ega bo'lishlari kerak.
Datchiklarni turlari
Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o'zgarishiga ta'sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o'zgartiradi. Bu miqdor, shunga o'xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So'ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini shakllantiradi. Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o'lchashadi.
Har bir turdagi datchiklarni, o'z navbatida, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo'yicha ham tasniflashadi, ya’ni guruhlarga bo'lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va fotomexanik guruhlarga bo'lishadi. Datchiklarni boshqacha turi, chiqish y miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. Chiqish miqdori–elektr bo'lgan datchiklar, yani qarshilik, induktivlik, sig'im, tok, kuchlanish, faza, chastota datchiklari eng ko'p tarqalgan.
Datchiklar kirish x signalini son va turi bo'yicha o'zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o'zgartiradigan datchiklar, kirish x signalni bevosita chiqish y signaliga o'zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o'zgartiruvchi qismlarga hojati bo'lmaydi. Oraliq o'zgartiruvchi qismlarga ega datchiklarda, signalni bir necha marta o'zgarishi murakkabliklarga, ma’lum darajada aniqlikni yo'qolishiga olib keladi. x-y o'zgartirishning ko'rinishi bo'yicha, datchiklar ikki guruhga: uzluksiz va diskret (uzlukli) o'zgartiruvchilarga bo'linishadi. Uzluksiz o'zgaradigan datchiklar o’lchagich bo'lib hisoblanadi. Ularda x ning uzluksiz o'zgarishiga, y ni uzluksiz o'zgarishi to'g'ri keladi. Ko'pincha, diskret ishlaydigan datchiklar diskret ob’ektlar holatini, ya’ni chekli holatga ega ob’ektlarni nazorat qilishadi. Nazorat qilinadigan ko'pchilik ob’ektlar ikki pozisiyaga ega, yani «ulangan» va «uzilgan» holatlarga ega bo'lishadi. Ana shu sababli, diskret datchiklar, chiqish miqdorlari y=0 yoki y=1 bo'ladigan ikkilik axborot datchiklari hisoblanishadi.

Download 84,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish