“Labcenter Electronics” kompaniyasi tomonidan ishlangan “Proteus 7” dasturi yordamida turli xil elektron qurilmalarni kompyuterda yig`ish, ishlashini tekshirish imkonini beradi. Bu dasturda deyarli barcha zamonaviy komponentalarning modellari jamlangan. Bu dasturdan rezistor, kondenstatorlardan boshlab, to mikrokontroller, mikroprotsessorlargacha bo`lgan xar qanday turdagi komponenta, detallarni virtual modelini to`pishingiz mumkin. Bu detallar asosida murakkab sxemalarni yig`ib, ishlashini tekshirishingiz mumkin. Ya`ni bu dastur tayyor virtual ekektron laboratoriyadir.
Dasturning asosiy ish oynasi
Dastur oynasining eng katta qismini “ish joyi” tashkil etadi.
To'plam PSpice -da qabul qilingan elektron komponentlar modellariga asoslangan modellashtirish tizimi. PROTEUS VSM paketining o'ziga xos xususiyati dasturlashtiriladigan qurilmalarning ishini simulyatsiya qilish qobiliyatidir: mikrokontrollerlar, mikroprotsessorlar, DSP va boshqalar. Bundan tashqari, Proteus oxirigacha dizayn kontseptsiyasini to'liq amalga oshiradi, masalan, muhandis sxemaning mantig'ida biror narsani o'zgartirganda va dasturiy ta'minot to'plami kuzatuv tizimidagi o'zgarishlarni darhol "qabul qilsa". Kontent markazi ma'lumotnomalarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, PROTEUS VSM to'plami PCB dizayn tizimini o'z ichiga oladi. Proteus to'plami ikki qismdan, ikkita kichik dasturdan iborat: ISIS - elektron sxemalarni to'g'ridan -to'g'ri sintez qilish va simulyatsiya qilish dasturi va ARES - bosma platalarni ishlab chiqish dasturi. Dastur bilan birgalikda ko'rib chiqish uchun demo -loyihalar to'plami o'rnatilgan.
Shuningdek, sakkizinchi versiya VSM Studio ishlab chiqish muhitini o'z ichiga oladi, bu sizga loyihada ishlatiladigan mikrokontroller uchun dasturni tez yozish va kompilyatsiya qilish imkonini beradi.
Paket tijoratdir. Bepul sinov versiyasi to'liq ishlaydi, lekin fayllarni saqlash imkoniyatiga ega emas.
E'tiborli jihati shundaki, ARES -da siz ishlab chiqaruvchiga o'z qurilmasini ishlab chiqish bosqichida ham baholash imkonini beruvchi bosma plataning 3D modelini ko'rishingiz mumkin.
Tizim yangi elementlarni (SPICE) ulashni va turli xil kompilyatorlarni (PICOLO, ARM-shunga o'xshash, AVR va boshqalarni) ulashni qo'llab-quvvatlaydi. Bu dasturning barcha imkoniyatlaridan o`zim xam bexabarman, shuning uchun boshlanishiga fizika darsidan o`tilgan Om qonunini virtual laboratoriyamizda tajribada sinab ko`ramiz.
Buning uchun bizga kerak bo`ladigan elementlar, bular: doimiy elektr tok manbai, qarshilik, voltmetr va ampermetr.
Doimiy elektr tok manbaini ish joyiga qo`yish uchun, vertikal menyudagi tugmasi bosilib ochilgan ro`yhatdan “DC” elementi sichqoncha bilan tanlanadi va ish joyida bir martta sichqoncha tugmasi bosiladi.
Ish joyida quyidagi belgi xosil bo`ladi. Bu belgi doimiy tok manbai (DTM) belgisi.
Endi esa bu manbaaning asosiy parametri bo`lmish kuchlanishini o`rnatishimiz kerak. Buning uchun DTM belgisi ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosiladi va DTM parametrlarini o`zgatirishi uchun oyna ochiladi.
Bu oynaning “Voltage (Volts):” maydoniga “5” deb yozamiz, yani DTM dan 5 Volt kuchlanish chiqadi. “Generator Name:” (DTM ning nomi) maydoniga “5 V” deb yozib qo`ymaiz va Ok tugmasini bosamiz.
Tokning o`ishi uchun bitta nuqtaning o`zi etarli emas, xar qanday sxemada tok manbai bilan birda umumiy sim (erga ulanish) xam bo`lishi kerak. Umumiy simni ish joyiga qo`yish uchun vertikal menyudan tugmasi bosiladi, ochilgan ro`yxatdan “GROUND” elementi tanlanib ish joyiga sichqoncha bilan bosiladi.
Agarda ish joyidagi sxemangiz mayda bo`lsa uni [F6] tugmasi bilan yaqinlashtirish va aksincha [F7] tugmasini bosib uzoqlashtirish mumkin. Sichqonchaning o`rta tugmasini bosib, sxemani chap/o`ng va yuqori/past tomonga surish mumkin.
Endi esa bizga qarshilik kerak boladi. Buning uchun “Komponentlar to`plami” [P] klavishasini bosib ochamiz.
“Category” (Kategoriya) ro`yxatidan “Resistors” elementi va “Sub-category” ro`yxatidan “0.6W Metal Film” (0.6 Vatt) elementini tanlaymiz va “Results” jadvalidan kerakli qiymatdagi qarshilikni tanlaymiz, misol uchun “MINRES1K” – 1 kilo Om li qarshilik.
Ok tugmasini bosib ish joyiga sichqoncha bilan 3 matra bosamiz.
Bu qarshilikni bir uchini manbaaga ulaymiz. Buning uchun sichqoncha ko`rsatgichini manbaa simining uchiga olib borilsa, kichik qizil kvadrat xosil bo`ladi. Sichqoncha tugmasi bosilgan xolda qarshilikning kerakli uchigacha olib boriladi va sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
Xuddi shu tarzda ikkinchi uchu ulanadi.
Voltmetr va Ampermetr o`lchov asboblari vertikal menyudagi “Virtual Instruments Mode” tugmasi bosilib, ro`yxatdan avval “DC VOLTMENTR” keyin “DC AMMETR” ish joyiga qo`yiladi va quyidagicha ulanadi.
Sxemani ishga tushirish uchun “Play” tugmasi bosiladi.
Ampermetrimiz “-0.00” qiymatini ko`rsatishi sababi shundaki, biz Ampermetrni manbaaga qutblarini teskari uladik, shuning uchun “-” son. Undan juda kichik tok
Do'stlaringiz bilan baham: |