Dasturlash tillari tarixi Vikipediya, ochiq ensiklopediya Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Dasturlash tillari tarixi — dastlabki kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular matematik belgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisga tayangan[1].
Kompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarni yozib olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlish jarayonini belgilab berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan iborat edi.
Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan birinchi assembler tili edi.
XX asr davomida kompilyatorlar nazariyasi boʻyicha olib borilgan izlanishlar yuqori darajadagi dasturlash tillarini yaratishga olib keldi, ular koʻrsatmalarni uzatish uchun qulayroq sintaksisdan foydalanadilar.
Mundarija
1Tarixi
1.1Mashina kodlari va assembler
1.2Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari
1.2.1FORTRAN
1.2.2ALGOL
1.2.3LISP
1.2.4COBOL
2Manbalar
Tarixi Mashina kodlari va assembler
Kompyuterning elektron qurilmalari ishlashning fizik tamoyillari shundan iboratki, kompyuter faqat bir va noldan iborat buyruqlarni — kuchlanishning pasayishi ketma-ketligini, yaʼni mashina kodini idrok eta oladi. Kompyuterlar rivojlanishining dastlabki bosqichida odam kompyuterga tushunarli tilda, mashina kodlarida dasturlar tuzishi kerak edi. Har bir koʻrsatma birliklar va nollarning turli kombinatsiyasi sifatida ifodalangan opkod hamda operand manzillaridan iborat edi. Shunday qilib, protsessor uchun har qanday dastur oʻsha paytda birlar va nollar ketma-ketligi sifatida qaragan.
Keyinchalik kompyuter bilan muloqot qilish amaliyoti shuni koʻrsatdiki, bunday tilni oʻzlashtirish qiyin va noqulaydir. Uni ishlatganda 1 yoki 0 ni notoʻgʻri ketma-ketlikda yozib koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyish ehtimoli juda yuqori edi. Dasturni boshqarish juda qiyin boʻlgan. Bundan tashqari, mashina kodlarida dasturlashda kompyuterning ichki tuzilishini, har bir blokning ishlash prinsipini yaxshi bilish kerak edi va bunday tildagi eng yomon narsa shundaki, bu tildagi dasturlar — birlar va nollarning juda uzun ketma-ketligi mashinaga bogʻliq, yaʼni har bir kompyuter uchun oʻz dasturini tuzish kerak edi va mashina kodlarida dasturlash juda koʻp narsa: vaqt, ish va dasturchining eʼtiborini oshirishni talab etardi.
Tez orada mashina kodini yaratish jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi maʼlum boʻldi. 1950-yildan boshlab dasturlarni yozish uchun mnemonik til —