Protseduraviy dasturlash tillari tarixi. Dasturlash tillari tarixida e`tiborga sazovor voqea 1971 yilda PASCAL tilining yaratilishi bo`ldi. Uning muallifi Shvetsariyalik professor Niklaus Virtdir. Virt bu tilni fransuz fizigi va matematigi Blez Paskal sharafiga qo`ydi (Blez Paskal 1642 yili hisoblash mexanizmini ixtiro qilgan). Dachtlab PASCAL o`rganish tili sifatida tuzilgan. Bu tilda dasturlashning yorqin tomonlari ochib berilgan. Amaliyotda keng qo`llanilishi shaxsiy kompbyuterlarda Turbo PASCAL versiyasidan boshlangan.
S (“Si”) dasturlash tili operatsion tizimlarni ishlab chiqish uchun yaratilgan. U UNIX operatsion tizimi bilan bir vaqtda yaratilgan. Ushbu UNIX operatsion tizimi va dasturlash tilining mualliflari amerikalik dasturchilar Dennis Richi va Kennet Tompsonlardir. Dastlab Kennet Tompson UNIX operatsion tizimini FORTRAN tilida yozgan. Keyinchalik S tili ishlab chiqilgandan so`ng, 1973 yilda operatsion tizimning yadrosi yordamchi dasturlar(utilita programmalar)i bilan S tilida qayta yozildi. Bu yuqori darajali tarkibli (strukturniy) dasturlash tilidir. Bugungi kunda bu til nafaqat operatsion tizimlar, balki translyatorlar, tizimli va amaliy dasturlar ishlab chiqishda qo`llaniladi.
Sun`iy intelekt tillari O`tgan asrning 90-yillarida “Sun`iy intelekt” nomli beshinchi avlod kompyuterlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgandi. Bu ishni asosiy dasturlash tillarida amalga oshirish amri mahol edi, shu sababli loyihada sun`iy intelekt tillari sifatida LISP va PROLOG tillari tanlandi.
LISP dasturlash tili (1956-1959 yillar) asoschisi Jon Makkarti bo`lib, u sun`iy intelektning otasi hisoblanadi. Aynan u birinchi bo`lib “sun`iy intelekt” atamasini ishlatgan. LISP tilida asosiy element rekursiv ajratilgan funksiyalar tushunish bo`lgan. Istalgan algoritm bir nechta rekursiv bilan funksiyalar to`plami vositasida izohlanishi isbotlangan. Ushbu tilning asosiy g`oyalari keyinroq Seymur Peypert boshchiligida Masachusets texnologiyalar institutida 70-yillarda bolalar uchun ishlab chiqilgan LOGO tilida qo`llanildi.
PROLOG tili ham 1972 yilda Fransiyada sun`iy intelekt muammolarini yechish uchun ishlayu chiqildi. PROLOG tili har xil fikrlarni formal ko`rnishda tavsiflash, mantiqni muxokama qilish, kompyuterni berilgan savollarga javob berdirishga imkoniyatli hisoyulanadi.