Dasturlash tillari
Key point. Dasturiy ta’minot deb nom olgan kompyuter dasturlari kompyuterga qanday vazifa bajarish lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.
Kompyuter inson tilini tushunmaydi, biroq kompyuterga dasturlash tili orqali tegishli buyruqlar berish mumkin. Insoniyat faoliyatini yengillashtirish maqsadida yuzlab dasturlash tillari ishlab chiqilgan. Ularning barchasi kompyuter tushunishi uchun mashina tiliga o‘girilishi lozim.
2.1.1. Mashina tili. Hozirgi kunda kompyuterlarning juda ko‘p turlari mavjud, ammo, ular yagona tilni tushunishadi – mashina tilini. Mashina tili dasturlash tillariga qaraganda soddalashtirilgan ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi. Ya’ni undagi barcha ko‘rsatmalar ikkilik kodda yoziladi. Misol uchun, agar kompyuterga ikkita sonni kiritmoqchi bo‘lsak, unga quyidagicha ikkilik kodni yozish lozim bo‘ladi:
1101101010011010
2.1.2. Yuqori darajali tillar. 1950-yilga kelib yuqori darajali tillar nomi bilan nom qozongan dasturlash tillari yaratildi. Ular dastur yozish uchun mustaqil muhitga ega bo‘lib, ularda turlicha toifadagi mashinalar uchun dastur yozish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Dasturlash tillari ingliz tili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rganishga va foydalanishga qulay hisoblanadi.
Yuqori darajali dasturlash tillarida yozilgan dastur dastur kodi deb yuritiladi. Chunki, dastur kodini kompyuter to‘g‘ridan-tog‘ri ishlata olmaydi. Buning uchun dastur kodi mashina kodiga o‘girilishi lozim. Dastur kodining o‘girilishi boshqa bir dasturiy vosita yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunday dasturiy vosita interpretator yoki kompilyator deb ataladi.
Hozirda ommabob bo‘lgan yuqori darajali dasturlash tillariga quyidagi jadvalda misol keltirilgan:
2.1.-jadval
|
Ada
|
Ada Lovalace nomiga qo‘yilgan bo‘lib, bu til dastlab xavfsizlik boshqarmasi uchun ishlab chiqilgan. Hozirda bu til axborot xavfsizligi sohalarida qo‘llanilib kelinmoqda
|
|
BASIC
|
Barcha maqsadlarda, boshlang‘ich belgili ko‘rsatmalar orqali ishlaydigan dasturlash tili. Bu til o‘rganish osonligi va oddiy dasturlar tuzish qulayligi bois xavaskor dasturchilar uchun qulay hisoblanadi.
|
|
C
|
Bell laboratoriyalarida ishlab chiqilgan. Bu til assembler tiliga ham yuqori darajali dasturlash tillariga ham oson o‘giriladi yoki moslaashadi.
|
|
C++
|
C tili asosi ishlab chiqilgan ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tili
|
|
C#
|
Aytilishi “C Sharp”. Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, C++ hamda Java dasturlash tillarining gibridi hisoblanadi
|
|
COBOL
|
Ommaviy biznes ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. Biznes sohasidagi dasturiy vositalar ishlab chiqishga mo‘ljallangan
|
|
FORTRAN
|
FORmula TRANslation. Ilmiy va matematika yo‘nalishlarida ommalashgan.
|
|
Java
|
Hozirda Oracle qismi bo‘lgan Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan. Internet dasturlari ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi
|
|
Pascal
|
Blaise Pascal nomiga atalgan bo‘lib, 17-asrda mashinada hisoblash amallarini bajarish uchun ishlab chiqilgan.
|
|
Python
|
Qisqa maqsadli skript dasturlash tili hisoblanib, qisqa dastur tuzish uchun qulay
|
|
Visual Basic
|
Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, dasturchiga grafik interfeysli dasturlar tuzishda qulayliklar yaratadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |