Fayllar bilan ishlashda oqim holatini tekshirish (eof(), fail(), good(), va bad() funksiyalari);
Operatorlarni qayta yuklash funksiyasi(Kalit so’zlar:operatorlar, +,-,* /)
Ob’yektlar massivi (circleArray);
vector sinfidan foydalanib massivlarni almashtirish (Massivlar va vector oʻrtasidagi oʻxshashliklar va farqli jixatlar);
Merosxo’rlik to’g’risidagi 4 asosiy tushunchalarni yozing (Kalit so’zlar: D. Liang muallifligidagi “Introduction to programming with C++” kitobning 567-betida ma’lumot keltirilgan).
Sinfda polimorfizm va me’rosxo’rlikdan foydalanish (Kalit so’zlar: polimorfizm, merosxo’rlik, meros sinf, supertur, turosti, protected, private)
Masalalar
(To’rtburchak sinfi) To’g’ri to’rtburchakni tavsiflovchi To’rtburchak nomli sinf yarating. Sinf quyidagilardan iborat bo’lsin:
To’g’ri to’rtburchaning bo’yi va enini tavsiflash uchun ikkita double turida bo’yi va eni nomli maydonlar;
bo’yi 1 va eni 1 qiymatli to’rtburchakni hosil qiluvchi argumentsiz konstruktor;
Barcha maydonlar uchun aksessor va mutetor funksiyalar;
To’rburchak yuzining qiymatini qaytaruvchi getArea() nomli funksiya;
Perimetrining qiymatini qaytaruvchi getPerimeter() nomli funksiya.
Sinfni (tanasini) implementatsiya qiling. To’rtburchak sinfida ikkita ob’yekt yaratib, test dastur yozing. Birinchi ob’yektda eni uchun 4, bo’yi uchun 40, ikkinchi ob’yektda esa eni uchun 3.5 va bo’yi uchun 35.9 qiymatlar berilsin. Ikkala ob’yektning ham xususiyatlarini hamda ularning yuzlari va perimatrlarini ekranga chiqaring.
(Nuqta sinfi) x va y koordinatalarni tavsiflovchi Nuqta nomli sinf yarating. Sinf quyidagilardan iborat:
Koordinatalrni tavsiflovchi x va y nomli maydonlar;
(0, 0) nuqtani yaratuvchi argumentsiz konstruktor;
Berilgan koordinatalar bilan nuqtani hosil qiluvchi konstruktor;
x va y maydonlar uchun ikkita get funksiyalar;
Ikki nuqta orasidagi masofani qaytaruvchi masofa nomli funksiya. Sinfni implementatsiya qiling. (0, 0) va (10, 30.5) koordinatali ikki nuqtani hosil qiluvchi test dastur yozing. Nuqtalar orasidagi masofa ekranga chiqarilsin.
Sinflar va obyektlarni namoyish qiluvchi dastur. Radius 1.0, 25 va 125 bo'lgan uchta aylana moslamalarni quradi va ularning har bir radiusini va maydonini ko'rsatadi. Ikkinchi obyekt radiusini 100 ga o'zgartirib, uning yangi radiusi va maydonini namoyish etadi.
Радиуси хусусий бўлган синф яратган ҳолда мазкур маълумотлар майдонига аксессор ва мутатор функциялар ёрдамида уланиб маълумотларни ўзгартирадиган дастур яратинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |