Image1.Picture = LoadPicture("c:\Image\smile.gif") qatorida Image1 ob’yektining Picture xossasiga LoadPicture fuktsiyasi qaytaradigan qiymatni o‘zlashtiradi.
9.53-rasm
7. Dasturni ishga tushiramiz – Run asosiy menyuining Start bo‘limi tanlanadi va quyidagi natijaga ega bo‘lamiz:
9.54-rasm
yoki
9.55-rasm
8. Dastur kodini quyidagicha o‘zgartiramiz: yutuq holatida matn va kartinka chiqaradi, yutuqsiz holatda esa faqat matn chiqaradi. Bunday holatda Command1 buyruq tugmasiga quyidagicha dastur kodi yoziladi:
Private Sub Command1_Click()
Dim a, b
Label1.Caption = Int(Rnd * 6) + 1
a = Int(Label1.Caption)
Label2.Caption = Int(Rnd * 6) + 1
b = Int(Label2.Caption)
If a + b > 6 Then
Label3.Caption = "УРА!!! Siz yuttingiz!!!"
Image1.Visible = True
Else
Label3.Caption = "Afsus... Siz yutqazdingiz..."
Image1.Visible = False
End If
End Sub
Natijada esa yutuq holatida o‘zgarmasdan qoladi, yutuqsiz holarda quyidagicha bo‘ladi:
9-bobga oid nazorat savollari
1)Vizual Basic qanday ishga tushuriladi?
2)Vizual Basicning integrallashgan muhiti nimadan iborat?
3)Vizual loyihalash asoslari nimadan iborat?
4)Boshqarish elementlari panelini ishlatoshga misollar keltiring?
10. O‘ZGARUVCHILAR
Boshqa dasturlash tillari kabi VB tilida ham vaqtinchalik qiymatlarni saqlash, parametrlarni uzatish va hisoblashlar olib boorish uchun o‘zgaruvchilardan foydalaniladi. VB tilida o‘zgaruvchilarni ta’riflash va ulardan foydalanish asosiy xususiyatlariga qisqacha tuxtalib utamiz. Odatda o‘zgaruvchilarni ishlatishdan oldin, uni e’lon qilishadi, ya’ni shu Visual Basic va o‘z dasturingizda o‘zgaruvchilar nomlaridan foydalanishingiz xaqida oldindan xabar berasiz, bunda o‘zgaruvchida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumot turi ham e’lon qilinadi
O‘zgaruvchilar operativ xotirada ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun o‘zini rezervga olingan holda e’lon qilinadi. Har bir o‘zgaruvchi shaxsiy nomlarga ega bo‘ladi. O‘zgaruvchiga qiymat o‘zlashtirilgandan keyin biz uni va qiymatini dasturda ishlatishimiz mumkin.
O‘zgaruvchilar Dim (dimension – o‘lcham degan so‘zdan kelib chiqqan) operatori yordamida e’lon qilinadi. Dim operatori o‘zgaruvchi bilan operativ xotiraning aniqlangan sohasini rezervga oladi. O‘zgaruvchini elon qilish uchun o‘zgaruvchi nomini Dim operatoridan keyin yozish darkor. O‘zgaruvchining nomidan keyin uning turini ko‘rsatish maqsadga muvofiq keladi.
Masalan, Dim X - X o‘zgaruvchisini turi ko‘rsatilmasdan e’lon qilinadi,
Dim X As Integer - X o‘zgaruvchisini turi ko‘rsatilgan holda ya’ni butun deb e’lon qiladi.
Visual Basic dasturlash muhitida ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni qabul qiladigan Variant turiga ega. Variant turiga mansub o‘zgaruvchi foydalanishga juda qulay, lekin o‘zgaruvchilarni aniq bir turda e’lon qilish operativ xotirani tejam ishlatilishiga imkon beradi va dasturning ishlashini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |