tuzilimali o‘z dasturini ishlab chiqishi kerak. 5.4 Samaradorlik va takror foydalanish imkoniyati Samaradorlik tushunchasi ostida barcha resurslardan eng yaxshi foydalanishni o‘z ichiga oluvchi
dastur tushuniladi. Resurslar tushunchasi xotira sohasiga aloqalar kanallariga va periferiy jihozlarga
taa’lluqlidir.
Samaradorlik tezlik bo‘yicha va tizimli dasturning xotira jabhasidan foydalanish bo‘yicha o‘lchanadi.
Tezlik, jumladan, samarali algoritmlardan foydalanishga bog‘liq. Dasturiy ta’minotning testlanishda tezlik
vaqt datchigini bevosita dastur kodiga kiritish va o‘lchangan vaqtni berish yo‘li bilan o‘lchanadi. Vaqt
datchiklari ayniqsa sikllarni ko‘rikdan o‘tkazishda, tarmoqlanishda va protseduralarga rekursiv
munosabatlarda ma’noga ega. Ko‘pincha xotira sohasini ko‘p iste’mol qilish ortiqcha jadvalli tuzilmalar
yoki ortiqcha o‘lchamli o‘zgaruvchan miqdorlar testlariga ega ma’lumotlar bazalarida sodir bo‘ladi. Shuning
uchun ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqishda meyorlashtirish juda muhim.
Hozirgi paytda chaqqon protsessorlar va eslab qoluvchi qurilmalar (RAM, qattiq disk) juda arzon
bo‘lib qolganligi sababli, dasturlashda samaradorlikka borgan sari kamroq ahamiyat berilmoqda. Shunday
bo‘lsada dasturlashning yaxshi uslubi samarali algoritmlar ishlab chiqishda va ma’lumotlar bazalarining
meyorlashtirilgan tuzilmalarida foydalanish bilan ajralib turadi.
Tizimli dasturning takror foydalanish imkoniyati dasturiy bloklarning meyorlashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Standartlashtirilgan qismlarning afzallik tomoni shu-ki, ular arzonroq, ishonchliroq va qoida bo‘yicha
agar ularning nuqsoni bo‘lsa, ularni ta’mirlash yoki almashtirish osonroq. Xuddi shu narsa dasturiy ta’minot
meyorlashtirilgan (standartlashtirilgan) qismlaridan takror foydalanishga ham xos-ki, bu dasturiy ta’minot
mahsuldorligi va sifatini oshirishning eng samarali imkoniyatlaridan biridir.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqishda takror foydalanish turli shakllarda yuz beradi.
•
Dasturning mavjud dastlabki kodlarini nushalash yordamida takror foydalanish.
•
Takror foydalanishning ushbu eng oddiy shakli uchun dasturning tuzilishi va mantiqini aniq bilish
zarur. Bu harakat usuli katta harajatlarini talab qiladi va ta’mirga yomon yaroqlilikka olib keladi.
•
Kutubxonalardan foydalanish
•
Takror foydalanish bu erda ham eng avvolo dasturning boshlang‘ich kodidan qayta tiklab
foydalanishga asoslanadi. To‘g‘ri mavhumlashtirish yuz beradi, protsedura kutubhonalaridagi
protsedura mavhumlashtirishi guruhlarning ob’ektga mo‘ljallangan kutubxonalarda tasniflanadi.
Dasturning boshlang‘ich kodi ichki mantiqning aniq bilimlarisiz takror foydalanish uchun
yaroqlidir. Kutubxonadan foydalanishda faqat uning mazmuni va masalalar obzoriga ega bo‘lish,
shuningdek ma’lumotlar uzatish ko‘rsatkichlarini bilish etarli.