Дастурлаш асослари фанидан маърузалар матни doc


 Dasturiy vositalarning ishlab chiqilishiga ob’ektli yondoshuv



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/235
Sana15.01.2022
Hajmi2,87 Mb.
#366280
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   235
Bog'liq
dasturlash asoslari

3.3 Dasturiy vositalarning ishlab chiqilishiga ob’ektli yondoshuv 
 
Tarkibi: ob’ektli dasturlash maqsadi, maqsadi va uning xususiyatlari 
 
3.3.1. Dasturlashda ob’ektlar va munosabatlar. Dasturiy vositalarning 
ishlab chiqilishiga ob’ektli yondoshuvning mohiyati 
 
Bizni  o‘rab  turgan  olam  ob’ektlar  hamda  ular  o‘rtasidagi  munosabatlardan  iborat.  V.Dal  lug‘atiga 
ko‘ra ob’ekt (predmet) bu his-tuyg‘u vositasida yoki aqlan idrok etiladigan barcha narsalardir (ya’ni moddiy 
ob’ekt  yoki  aqliy  ob’ekt).  Shunday  qilib, 
ob’ekt
  o‘zida  biron-bir  mohiyatni  aks  ettiradi  hamda  vaqt  o‘tishi 
bilan  o‘zi  bilan  biron-bir  munosabatlarga  kirishgan  boshqa  bir  ob’ekt  ta’sirida  o‘zgarishi  mumkin  bo‘lgan 
qandaydir holatga ega bo‘ladi. U ichki tuzilishga ega bo‘lishi, ya’ni, aytaylik, o‘zlari ham o‘zaro qandaydir 
munosabatlarga  kirishgan  boshqa  ob’ektlardan  tashkil  topishi  mumkin.  Bundan  kelib  chiqqan  holda, 
dunyoning ob’ektlardan iborat  tabaqaviy tuzilishini qurib chiqish mumkin. Biroq, bizni o‘rab turgan olamni 
har  gal  konkret  ko‘rib  chiqadigan  bo‘lsak,  ayrim  ob’ektlar  bo‘linmas  bo‘lib  chiqadi,  bunda  ko‘rib  chiqish 
maqsadlari  bilan  bog‘liq  holda  bunday  (bo‘linmas)  ob’ektlar  tabaqaning  turli  darajalariga  mansub  bo‘lishi 
mumkin. 
Munosabat
 ayrim ob’ektlarni bog‘laydi: bu ob’ektlarning o‘zaro bog‘lanishi biron-bir xususiyatga 
ega deb hisoblash mumkin. Agar munosabat n ta ob’ektni bog‘layotgan bo‘lsa, bu holda bunday munosabat 
n  o‘rinli  (n-li)  deb  ataladi.  Biron-bir  konkret  munosabat  bilan  bog‘lanishi  mumkin  bo‘lgan  ob’ektlarning 
birlashgan har bitta o‘rinda turli ob’ektlar (biroq aniq ob’ektlar) mavjud bo‘lishi mumkin (bunday hollarda 
ular 
ma’lum  sinfga  mansub  ob’ektlar
  deb  ataladi).  Bir  o‘rinli  munosabat 
ob’ektning  oddiy  xususiyati
  deb 
ataladi. Ob’ektlarning ko‘p o‘rinli munosabatlarini 
ob’ektning assotsiatsiyali xususiyati
 (agar ushbu ob’ekt 
ushbu munosabatda ishtirok etsa) deb ataymiz. Ob’ektning holati ushbu ob’ektning oddiy yoki assotsiatsiyali 
xususiyatlarining ma’nolari (qiymatlari) ga ko‘ra o‘rganilishi mumkin. Biron-bir umumiy xususiyatlarga ega 
bo‘lgan barcha ob’ektlar to‘plami 
ob’ektlar sinfi
 deb ataladi. 
Bizni o‘ragan olamni idrok etish yoki o‘zgartirish jarayonida biz hamma vaqt ushbu olamning u yoki 
bu soddalashtirilgan modelini olib qaraymiz hamda unga bizni o‘ragan olamdan o‘zimizni qiziqtirgan biron-
bir sinflarning ob’ektlari va munosabatlarini kiritamiz.  
Ichki tuzilishga ega bo‘lgan har bir ob’ekt o‘zining modelli olamidan iborat bo‘lib, ushbu tuzilmaning 
ob’ektlari  va  ularni  bog‘lab  turgan  munosabatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Shunday  qilib,  atrof  olamni  modelli 
olamlarning tabaqaviy tuzilmasi (aniqrog‘i, shunga yaqinroq) sifatida olib qarash mumkin. 
Hozirgi  paytda  bizni  o‘rab  turgan  olamni  idrok  etish  yoki  o‘zgartirish  jarayonida  turli  xildagi 
axborotni  ishlash  uchun  kompyuter  texnikasi  keng  qo‘llanadi.  Buning  bilan  bog‘liq  holda    ob’ektlar  va 
munosabatlarning    kompyuter  (axborotli)  taqdimoti  qo‘llanadi.  Har  bir  ob’ekt  axboriy  jihatdan  ushbu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


ob’ektning holatini aks ettiruvchi biron-bir tuzilma vositasida taqdim etilishi mumkin. Bu ob’ektning oddiy 
xususiyatlari bevosita ushbu tuzilmaning alohida komponentlari (tarkibiy qismlari) ko‘rinishida yoki ushbu 
ma’lumotlar tuzilmasi ustidagi maxsus funksiyalar vositasida berilishi mumkin. Assotsiatsiyali munosabatlar 
(n>1  uchun  n  o‘rinli  munosabatlar)  ni  yo  aktiv  (faol)  shaklda  yoki  passiv  shaklda  taqdim  etish  mumkin. 
Aktiv shaklda n o‘rinli munosabat biron-bir dasturiy fragment (qism) ko‘rinishiga ega bo‘lib, u yo n o‘rinli 
funksiyani  (tegishli  ob’ektlar  birlashmasi  xususiyatining  qiymatini  belgilaydigan  funksiyani),  yoki  taqdim 
etilayotgan  munosabatlar  vositasida  bog‘lanayotgan  ob’ektlarning  holati  bo‘yicha  ushbu  ob’ektlarning 
ayrimlarining  holatlarini  o‘zgartiradigan  protsedura  (amal)  ni  ishga  soladi.  Passiv  shakldagi  bunday 
munosabat  konkret  (muayyan,  aniq)  munosabatlarga  bog‘liq  bo‘lmagan  umumiy  protseduralar  bo‘yicha  
qabul  qilingan  bitimlar  asosida  talqin  etiladigan  biron-bir  ma’lumotlar  tuzilmasi  ko‘rinishiga  ega  bo‘lishi 
mumkin.  Qanday  holatda  bo‘lmasin,  munosabat  taqdimoti  ma’lumotlarni  ishlash  bo‘yicha    biron-bir  xatti-
harakatlarni belgilaydi. 
Modelli  olamni  tadqiq  etishda  foydalanuvchilar  kompyuterdan  axborotni  turlicha  yo‘llar  bilan 
olishlari (yoki olishni xohlashlari) mumkin. 
Bir  o‘rinda  ularni  muayyan  ob’ektlarning  ayrim  xususiyatlari  haqidagi  axborot  olish  yoki  modelli 
olamning  ayrim  ob’ektlari  o‘rtasidagi  qandaydir  natijalar  qiziqtirib  qolishi  mumkin.  Bunday  talablarni 
qondirish  maqsadida  foydalanuvchilarni  qiziqtirgan  funksiyalarni  bajaruvchi  tegishli  DV  lar  yoki 
foydalanuvchilarni  qiziqtirgan  munosabatlar  haqidagi  axborotni  chiqarib  bera  oladigan  axborot  tizimlari 
ishlab  chiqiladi.  Kompyuter  texnikasi  taraqqiyotining  boshlang‘ich  davrida  (kompyuterlar  quvvati  hali 
uncha  yuqori  bo‘lmagan  paytda)  modelli  olamga  bunday  yondoshuv  tabiiy  bir  hol  edi.  Aynan  shunday 
yondoshuv  DV  ning ishlab chiqilishiga avvalgi ma’ruzalarda batafsil ko‘rib chiqilgan 

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish