Boshqarish bo‘yicha ma’lumotnomada
dasturiy ta’minot tizimini bitta kompyutorda yoki tarmoqda
boshqarish uchun xizmat qiladi. Unga tizimni boshlah yoki tugallash foydalanuvchilarni boshqarish va
huquqlarni berish, shuningdek tegishli qarorlar bilan birga, tizimning to‘xtab qolish signalizatsiyasi kabi
jarayonlar tegishli.
7.3 Dasturiy hujjatlar
Dasturiy – shuningdek tizim hujjatlari deb ataluvchi hujjatlar – dasturiy ta’minot tuzilishini va
uningtuzilmasining tavsiflab beradi. U xatolarni qidirishda yordamlashadi va tizimni o‘zgartirish va
kengaytirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qiladi. Dastur yoki tizim hujjatlari shunchalik to‘la va
shunday qurulishi kerak-ki, aloqasi yo‘q, dasturni o‘zi dasturlamagan kishi ham uni tushuna va qayta tiklay
olishi mumkin bo‘lsin.
Dasturiy hujjatlar dasturni ishlab chiqarishning eng boshlang‘ich bosqichida boshlangan bo‘lishi va
doim dolzarb ahvolda tutilishi kerak. Quyidagi tarkib muhim hisoblanadi:
•
Masalaning qo‘yilishini tavsiflash
(tizim tasnifi)
•
Amalga oshirish tavsifi
•
Foydalanuvchi ma’lumotlari tavsifi
•
Testli bayonlashtirish
•
Barcha dasturlar listingi
Dasturiy hujjatlaring muhim tarkibiy qismi, eng avvalo, tizim tasnifidir. U buyurtna haqida masala
qo‘yilishidan kelib chiqadi va 2.3 bobda ko‘rsatilgan elementlardan tarkib topadi. Dasturiy hujjatlarninng bu
qismi uchun hujjatlashtirishning 3.1 va 3.2 texnikalar (tuzilish diagrammari, diagrammalar, ma’lumotlar
oqimining o‘tish tizmasi, ob’ekt munosabat turidagi modellar (ER - modellar) va boshqalar) foydalanishi
mumkin.
Hujjatlarning har doim dolzarb holda tutilishi muhim, bu shu demakki, dastur tuzilishida yoki
dasturning boshlang‘ich kodida o‘zgarishlar bo‘lganida, ular dasturiy hujjatlarda ham aks etgan bo‘lishi
lozim.
Foydalanilgan massiv ma’lumotlarni tavsiflashi, sinovlar natijalarini protokollash va barcha
dasturlarni listinglari dasturiy hujjatning asosiy qismi deb hisoblanadi. Ular texnik xizmat ko‘rsatish va
dastiriy tizimni modifikasiyalash imkonini baradi va osonlashtiradi.
Ma’lumotlar massivi ularning nomlarini, mundarijasini, yozuv tuzilishini, fayl yaratishni, shuningdek,
imkon bolgan yozish va o‘qish amallarini ko‘rsatish orqali tavsiflanadi.
Boshlang‘ich dastur kodi izoh satri yordamida qancha yaxshi hujjatlashtirilgan bo‘lsa, shuncha
dasturni tavsifi modul tahlili, parametr va interfeyslarni tavsifi chegaralangan bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda dastur hujjatlari qisqa, aniq va ko‘rgazmali bo‘lishi, va albatta u yaratilgan dasturiy
ta’minot tizimi to‘liq yoritilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: