Dasturiy vositalarni testlash” fanidan 4-laboratoriya ishi yuzasidan TOPSHIRIQ 4-laboratoriya ishi.Testlash usullari 1.1. Testlash usullari. Test muhiti.
1.2. Testlanayotgan kodning sifatini baholash.
Testlash usullari.
Testlash muhiti.
Qora quti testlash tizimining asosiy g‟oyasi shuki, faqatgina bir qancha kiruvchi tashqi ta‟sirlarni keltiruvchi va bir qancha chiquvchi natijalarni kuzatuvchi bo‟lib ishlashi mumkin bo‟lgan, hamda tizim talablariga mos ravishda testlovchi uchun qulay bo‟lgan hom-ashyodan iborat. Ishlab chiqarilayotgan tizimning barcha ichki asoslari testlovchiga nisbatan maxfiy hisoblanadi, shuning uchun ham bu testlash tizimi “qora quti” deb ataladi. Bunda talablarga bo‟lgan munosabatlar holati to‟g‟riligi tekshiriladi.
Qora qutining dastur kodi ma‟lum tashqi interfeysga, ammo ko‟rib bo‟lmaydigan kiruvchi qiymatlarga ega bo‟lgan klasslar(yoki modullar) to‟plamini o‟zida aks ettirgan.
Testlovchining asosiy vazifasi talablar tizimi holatiga mos keluvchi ketma-ket tekshiruvdan iborat. Bundan tashqati testlovchi kiruvchi qiymat noto‟g‟ri bo‟lgan kritik holatlarida tizim ishini tekshirishi kerak. Ideal holatda esa kritik holatning barcha variantlari tizimga keltirilgan talablar ichida bo‟lishi kerak hisoblanadi va testlovchiga bu talablarni aniq tekshirishni bajarishgina qoladi.
Real holatda esa testlash natijasida odatda 2 ta tizim muammosi paydo bo‟ladi:
Tizim talablariga mos bo‟lmagan holat
Ko‟rib chiqilmagan talablar vaziyatida tizim holatining har xilligi
Qora quti testlash usuli talablar bo‟yicha testlash deb ham yuritiladi, bu esa test-loyihani qurish uchun yagona ahborot manbai hisoblanadi.
Shisha (oq) quti
SHisha quti testlash tizimida testlovchi faqatgina tizim talablariga murojaat qilmasdan, balki uning kiritish/chiqarishiga hamda uning ichki strukturasiga ya‟ni dastur kodini ham ko‟rishi mumkin.
Dastur kodini ko‟rish testlovchi uchun imkoniyatlarni kengaytiradi hamda u dastur kodi talablarga mosligini ko‟rishi mumkin. Dastur kodi talablar mavjud bo‟lmagan kod deb nomlanuvchidir. Bunday kod tizim holatining har xilligining potentsial manbai hisoblanadi. Tizim shaffofligi uning qismlarini analiz qilishni chuqurlashtiradi ya‟ni bir muammo boshqasini neytrallashtiruvchi va qolganlari esa bir vaqtning o‟zida paydo bo‟lmaydigan muammolarni chaqiradi.