2-ma’ruza
Dasturiy ta’minotni loyihalash. Loyihalashning o’rni.
Dasturiy ta’minotni loyihalash
«Loyixalash» sо‘zi lug‘atda “Rejaga mos shaklga keltirish” kabi aniqlanadi. «Dasturiy ta’minotni loyixalash” atamasi» NATO da 1968, 1969 yil tashkil etilgan ikkita konferensiyadan keyin vujudga keldi.
Dasturiy ta’minotni loyixalash iyerarxik dekompozitsiyani aks ettiradi, ya’ni murakkab loyixani (muammoni) bir nechta oson yechiladigan kichik muammolarga bо‘lishdan iborat. Kichik muammolar ham о‘z navbatida ichidagi har bir detal yetarlicha yaqqol aniqlanguncha qism muammolar bо‘linadi.
Qat’iy iyerarxik dekompozitsiya quyidagi qoidalarga rioya etadi:
1. Iyerarxiyaning har bir darajasida reja yoki loyixa jorriy detallashtirish darajasida tugallangan kо‘rinishda bо‘lishi kerak;
2. Iyerarxiyaning ixtiyoriy darajasidagi xar bir qism jorriy detallashtirish darajasiga mos bо‘lgan alohida funksiya yoki muammoni tо‘liq qoplab oladi.
Dasturiy vositalarning iyerarxik dekompozitsiyasining ba’zi formalari quyidagicha ataladi:
Dasturiy vositalarning iyerarxik dekompozitsiyasining ba’zi formalari quyidagicha ataladi:
— dasturiy ta’minotni yuqoridan quyiga loyixalash;
— dasturiy ta’minotni strukturali loyixalash;
— maxsulotning strukturalashtirilgan rejasi va tavsilotlari;
— dasturiy ta’minotni bosqichma – bosqich loyixalash;
— yuqoridan quyiga dasturlash;
— modulli dasturlash;
— strukturali dasturlash;
Dasturiy ta’minotni loyixalashni metodik ta’minoti
Dasturiy ta’minotni loyixalashning metodik ta’minoti о‘zida dasturlarni loyixalash qoidalarini mujassamlashtirgan standartlar, instruksiyalar va metodalar kompleksidan iborat.
Xujjatlar ishlab chiqish obyektini qurishni va uni yaratish jarayonini belgilab beradi. Metodika va instruksiyalarda dasturiy maxsulotni loyixalash tillari, simvol va ishoralardan foydalanish qoidalari, dastur komponentlarini strukturali qurish va ularning о‘zaro aloqa qilish qoidalari va dastur kompleksini tashkil etishning boshqa metodik prinsiplari konkretlashtiriladi. Bundan tashqari, xujjatlarda dasturiy maxsulotni yaratishning metodik asoslari: komponentlarni dasturlash va otladkalash qoidalari, komponentlarni sinash va sifatini baxolash va boshqa qoidalar mavjud bо‘ladi. Dasturiy maxsulotlarni loyixalashning metodik asoslaridan iborat bо‘lgan davlat va soxa standartlari asosida konkret dasturiy maxsulotni yoki bitta sinfdagi dasturiy maxsulotlar guruxini yaratish uchun konkret korxona standarti yaratiladi.
Birgalikda bu xujjatlar konkret dasturiy vostitasini yaratishning metodologik jixatlarini ifodalaydi.