2.1 Masalaning qo’yilishi Masalaning qo’yilishi: “Vazifa menejeri” mavzusi bo’yicha dastur yaratish
2.2 “Jetpack Compose” tushunchasi Jetpack Compose — Android dasturchilari uchun UI development ni osonlashtirish maqsadida yaratilgan zamonaviy va kuchli texnologiya bo’lib, reaktiv dasturlash modelini ixchamlashtirilgan kombinatsiyasi bo’ladi. U to’liqligicha declarative UI vositasi sifatida ko’riladi. Bu orqali siz ma’lumotlarni UI ierarxiyasiga aylantiradigan bir necha funksiyalarni chaqirib, foydalanuvchi interfeysini tasvirlashingiz mumkin.
Izoh:
Jetpack Compose ayni damda stable holatiga kelgan. Uni yangi Android Studioning Arctic Fox versiyasida topishingiz mumkin.
Jetpack Compose faqatgina Kotlin tilini qo’llab quvvatlaydi.
Declarative UI Declarative UI pattern foydalanuvchi interfeysini ‘’State’’ funksiyasi deb belgilaydi. “State” o’zgaruvchi yoki biror qiymatga ega bo’lgan obyekt sifatida qaralib, uni foydalanuvchi ma’lumotlari yoki boshqa biznes logikaga qarab o’zgartirish mumkin bo’ladi. Qachon UI state o’zgarsa, framework UI ni qayta chizadi.
Biz Android native loyihalarda ilovaning UI qismini yaratish uchun XML fayllardan foydalanamiz va har bir XML komponent o’z state ni saqlab ketadi. Component state lari getter va setter lar orqali o’zgartiriladi. Ammo Declarative UI bizga ishimizni yanada osonlashtiradi. Endi biz u orqali UI component kabi ishlaydigan funksiyalarni yaratishimiz mumkin. Jetpack Compose da Composable Function bizga UI ni yaratishda yordam beradi. Quyida Composable funksiyasiga misol keltiramiz:
Talablar
Kotlin dasturlash tilini boshlang’ich holatda bilish
Android App Developmentdan habardor bo’lish
Android Studioning Arctic Fox versiyasi bo’lishi kerak
Jetpack Compose ning Afzalliklari Jetpack Compose yordamida UI ni boshqarish juda osonlashdi. Hozirgi vaqtda ilova holati va UI holatini birgalikda boshqarish oson ish emas va ular orasida muloqotni yo’lga qo’yish uchun o’rtada juda ko’plab bosqichlarni bosib o’tishga to’g’ri keladi. Jetpack Compose qo’lda yoziladigan sinxronizatsiya bosqichlarini olib tashlaydi. U foydalanuvchi interfeysini state ga mos ravishda aftomatik tarzda yangilaydi.
Jetpack Compose UI va logikani yaratish uchun yagona tilga ega bo’ladi. Compose’siz yaratilgan Android loyihada biz XML faylini UI uchun va kotlin faylaridan Activity va Fragment uchun foydalanamiz. Compose esa kotlin ustiga qurilgani uchun ham, u orqali yaratilgan UI elementlari kotlin tilida bo’ladi.
Har bir Jetpack Compose elementlari boshidan yaratib chiqilgan va u to’liqligicha OS da mustaqil hisoblanadi. Undagi Elementlar barcha qurilmalarda bir xil ko’rinadi va ishlaydi. Misol uchun, Text va hokazo.
Jetpack Compose dan biz mavjud XML loyihamiz ichida foydalanishimiz mumkin. U ViewModel obyekt, LiveData, Flow va Observable larni qo’llab quvvatlaydi.
Jetpack Compose hajm jihatidan kamroq kod yozishga va ilovalarni tezroq ishlab chiqishga yordam beradi. Uning ajoyib xususiyati ham reaktiv ham deklarativ ekanligida.
Biz Deklarativ UI kuchini ReactJs, Flutter, iOS dagi SwiftUI va boshqalar kabi mashhur frameworklarda ko’rishimiz mumkin. Jetpack Compose, Android uchun eng yaxshi tillardan biri bo’lgan Kotlin dan foydalangan holda native Android platformasiga deklarativ UI ni olib keldi. Shuningdek siz o’z loyihangizga Compose ni qo’shib undan foydalansangiz ham bo’ladi. Compose XML orqali yaratilgan UI larga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega bo’lib UI development uchun samarali yondashuv hisoblanadi.