Amalga oshirish. Tanlangan dasturlar kodining bosqichmabosqich
yozilish (kodlash), ularni testlash va tuzatib olish jarayonini
amalga oshirishdir.
Birga qo‘shish. Yangi versiya dasturiy ta’minotning yaratish
va tadbiq qilish jarayonini birga qo‘shishdir. Yangi versiyalarni
chiqarish sabablari quyidagilar hisoblanadi:
• oldingi versiyalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida aniqlangan
xatolarni tuzatish zarurligi;
• oldingi versiyalarni takomillashtirish zarurligi, masalan, interfeysni
yaxshilash, bajariladigan funksiyalar tarkibini kengaytirish
yoki uning unumdorligini oshirish;
• faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘zgartirish, masalan, birga
qo‘shiladigan dasturiy ta’minot, o‘zaro ishlaydigan yangi texnik
vositalar yoki dasturiy ta’minotlarning yuzaga kelishi.
Ushbu bosqichda dasturiy mahsulotga zarur o‘zgartirishlar
kiritiladi, qolgan holatlardagi kabi oldingi istalgan bosqichda qabul
qilingan loyiha qarorlarini qayta kofib chiqish talab qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |