"O’qilmaydigan " dasturlar.
Dastur ishlab chiqilgandan so’ng uni javobgar shaxs, bevosita loyihalovchi tasdiqlaydi. Aniqlikka talab standart usuli so’rab o’tirilmaydi. Bunday dasturlar kirayotgan ma`lumotni qabul qiladi va chiqaruvchi ma`lumotni chiqaradi. Xuddi “oldim, berdim” kabi. Shuning uchun bu dasturlar katta o’zgarishlar sodir bo’lgunga qadar kerakdir. Bu o’zgarishlardan so’ng bunday dasturlar tashlab yuborilib yangilari paydo bo’ladi. Chunki eskisini takomillashtirishdan ko’ra yangisini loyihalash osonroq. Shuning uchun bunday dasturlarga 2 chi shaxslar qo’l qo’yishi va dasturning usuli va o’lchami, hamda ishlashiga javob berishlari maqsadga muvofikdir. Operator IF yordamida aniqlanadigan operatorlarga qator boshidan bir o’tishlar bilan yoziladi. Kiritish - chiqarish operatoriga yozishda ham o’tishlardan foydalaniladi. teng hukukli fayllarni taoriflashda ham o’tishlardan foydalaning.
Agar dasturchi tuzayotgan dasturni biron - bir boshqa dasturchi yoki kishini o’qishini bilsa, u shu dasturni kodlashdagi fikri keskin o’zgaradi. U dasturni dasturlarga bo’lib, izohlar bilan to’ldiradi. Natijada dastur aniq va tushunarli bo’ladi. Bir xilgi loyihalarda dasturni oddiyligini ta`minlovchi uslub dasturni nazaorat qiluvchi tizimdan foydalaniladi.
Bu tizimda dastur loyihalanayotgan paytda kamida 2 ta dasturchidan foydalaniladi.
Birinchisi dastur tuzsa, ikkinchisi shu dasturni tuzish uchun ko’rib, o’qib chiqadi. Bu tizimni 2 ta yutug’i bor. Birinchidan u oddiy va tushunarli dastur ishlab chiqishni ta`minlaydi. Ikkinchidan, birinchi dasturchi loyihani tugata olmasa, ikkinchi dasturchi uni o’rniga tugatib qo’yadi.
Dasturni standartlarini bajarishlikka baholash uslubi ham shunga o’xshash uslubdir.
Xulosa.
- Keragidan ko’proq va yana ko’proq izoh bering.
- Kiritish izohlaridan foydalaning.
- Katta dasturlarda mundarija qiling.
- Izohlar boshini aylantirmasdan qo’shimcha ma`lumotlar bersin.
- Noto’g’ri izohdan ko’ra, uning yo’qligi yaxshi.
- Dasturni oson o’qilishi uchun oraliqlar bajaring.
- Fayllarni nomlashda prefiks va suffikslardan foydalaning.
- Alvafit bo’yicha ro’yxatlar tuzing.
- Dastur tarkibini aniqlash uchun o’tishlar hosil qiling.
- Ma`lumot tarkibini aniqlashda ham erinmang. Qator boshidan o’tishlardan foydalaning.
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar.
Ikki xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:
1. Umumiy mahsulotlar Bular autonom tizimlardir ya’ni ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotlar masalan ma’lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
2. Buyurtma mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin. Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta’minot xususiyatlarini dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy ta’minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora kamayib boryapti, chunki ko’pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va mijozlar talabiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP) tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin. Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1. Dasturiy ta’minot xususiyati
2. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
3. Dasturiy ta’minotni tekshirish
4. Dasturiy ta’minot evolutsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |