Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси


Alfavit buyicha ro’yxatni tartiblash



Download 1,78 Mb.
bet13/108
Sana26.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#511222
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
Bog'liq
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Alfavit buyicha ro’yxatni tartiblash.
Dasturlash tilida juda ko’p o’zgaruvchilar qatnashadi va ularni ismi buyicha aniqlash tuzuvchining o’ziga bog’liqdir. Shuning uchun tuzuvchining ishini osonlashtirish uchun ro’yxatlar tuziladi va ro’yxatlar 2 ta turga bo’linadi:
1. O’zgaruvchilar turi e`lon qilingandagi o’zgaruvchilar nomini ro’yxati.
2. Jarayon parametrlarining ro’yxati.
Alfavit buyicha tartiblashni operator argumetlari ro’yxatida jarayonlarni chaqirib tartiblash ham mumkin. Kichik ma`lumotlarni tartiblashning boshqa usuli - bu belgilarni raqamlash. Ro’yxatlar ustun shaklida bo’lishi kerak. Dasturchi ro’yxatni ustun shaklida tuzish uchun har bir o’zgaruvchilar ro’yxatidagi ismlarning eng ko’p belgilariga mos ravishda ismlar ostida joy qoldirish shart. Bunday joylashtirishlar kirish - chiqishdan tortib har bir berilganlar ro’yxatida bo’lishi kerak.
Qavslar. ( Skopki).
Qavslardan to’g’ri foydalanish dasturni o’qishni osonlashtiradi, chunki operatciyalar bajarilayotgan vaqtda bo’limlar ajralishi ma`lum bo’ladi va bunda dasturchi bir necha qavslardan foydalanishi mumkin, lekin bunda dasturni o’qish va tuzatish qiyinlashadi. Asosiy qoidalardan biri - gumonli joylarda qavs qo’ying. Bu esa dasturni tushunarli qilib, xato qilishni oldini oladi.
Qator boshidan o’tish. Operatorlarni yozishda ularni o’rtasidagi bog’liqni ko’rsatish uchun bir satrlar boshidan o’tishlar bajariladi. To’g’ri bajarilgan o’tishlar dasturni tarkibini ko’rsatadi. Bu matnni tushunarli tilda paragrflarga guruhiy so’zlarni mantiqiy bog’lab bo’ladi. Tcikllar - o’tishlarida foydalanishdagi oddiy holat. O’tishlarda faqat tcikllarda emas, balki buyruqlarni qulay guruhlashda ham kiritiladi.

Informatika sohasi yaratilgandan beri dasturiy ta'minot tizimlarining murakkabligi bilan bog'liq muammolarga duch keldi. Ilgari muammolarni murakkabligi ishlab chiquvchilar tomonidan ma'lumotlar tuzilmalarini to'g'ri tanlash, algoritmlarni ishlab chiqish va vakolatlarni chegaralash kontseptsiyasini qo'llash orqali hal qilinardi. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish sohasida "dasturiy ta'minot arxitekturasi" atamasi nisbatan yangi bo'lsada, ushbu sohadagi asosiy tamoyillar 1980-yillarning o'rtalaridan boshlab dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilar tomonidan tartibsiz holda qo'llanila boshlandi. Dasturiy ta'minot arxitekturasi tizimni tushunish va tushuntirishga qaratilgan birinchi urinishlarda noaniqliklar va tushunmovchiliklar yuzaga kelgan , ko'pincha bu qandaydir chiziqlar bilan bog'langan bloklar, diagrammalar bilan bog’liq bo’lgan. 1990-yillarda ushbu fanning asosiy jihatlarini aniqlash va tizimlashtirishga urinishlar bo'lgan. Dastlab loyihalash qoliplari, dizayn uslublari, tajribalar, tavsiflash tillari va formal mantiqning to'plamlari ishlab chiqilgan. Dasturiy ta’minot arxitekturasi fanining asosiy g'oyasi - bu abstraktsiya va huquqlarni chegaralash orqali tizimning murakkabligini kamaytirishdir. Bugungi kungacha "dasturiy ta'minot arxitekturasi" atamasining aniq ta'rifi bo'yicha hali ham aniq kelishuv mavjud emas.


Dastur arxitekturasi foydalanuvchisi nuqtai nazaridan dasturiy ta'minot arxitekturasi har bir foydalanuvchi, masalan, manfaatdor tomon, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi, dasturiy ta'minotni qo'llab - quvvatlash jamoasi, dasturiy ta'minotni qo'llab - quvvatlash bo'yicha mutaxassis, dasturiy ta'minotni o’rnashtirish bo'yicha mutaxassis, sinovchi va oxirida foydalanuvchi mutaxassisligi bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun yo'nalish beradi. Shu ma'noda, dasturiy ta'minot arxitekturasi aslida tizimdagi turli xil qarashlarni birlashtiradi. Ushbu turli xil qarashlarni dasturiy ta'minot arxitekturasida birlashtirish mumkinligi, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bosqichidan oldin ham dasturiy ta'minot arxitekturasini yaratish zaruriyatini anglatuvchi dalildir.
Dasturiy ta’minot arxitekturasi kontseptsiya sifatida 1968 yilda Edsger Deykstra va 1970 - yillarning boshlarida Devid Parnasning tadqiqot ishlari bilan boshlandi. Ushbu olimlar dasturiy ta'minot tizimining tuzilishi muhim ekanligini va to'g'ri tuzilmani yaratish juda muhimligini ta'kidladilar. Ushbu sohani ta’siri 1990 yillarning boshidan boshlab me'moriy uslublar (naqshlar), me'morchilikni tavsiflash tillari, me'morchilik hujjatlari va rasmiy usullar bo'yicha tadqiqot ishlari orqali oshdi. Dastur arxitekturasini fan sifatida rivojlantirishda tadqiqot muassasalari muhim rol o'ynaydi. Karnegi Mellon Universitetidan Meri Shou va Devid Garlan 1996 yilda dasturiy ta'minot me'morchiligi: yangi fan istiqboli deb nomlangan kitob yozdilar, unda tarkibiy qismlar, bog’lanuvchilar, uslublar va boshqalar kabi dasturiy ta'minot me'morchiligi tushunchalari ilgari surildi. Dasturiy ta'minot arxitekturasi odatda bir nechta ko'rinishni o'z ichiga oladi, ular bino qurilishidagi har xil turdagi loyihalarga o'xshashdir.
Arxitektura ko'rinishi 2 tarkibiy qismdan iborat:
Elementlar
Elementlar orasidagi munosabatlar

Arxitektura qarashlarini 3 asosiy turga bo'lish mumkin





  1. Modul ko'rinishlari tizimni turli dastur bloklarining tuzilishi sifatida ko'rsatadi.




  1. Komponent va bog’lanishli ko'rinishlari - tizimni parallel ishlaydigan elementlarning (tarkibiy qismlarning) tuzilishi va ularning o'zaro ta'sirini (ulagichlar) ko'rsatish.



  1. Joylashtirish (inglizcha ajratish ko'rinishlari) - tizim elementlarining tashqi muhitda joylashishini ko'rsatadi.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish