sifatining muvofiqligini tekshirishda;
Tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o’tkazilgan so’rov yoki
tergov jarayonida savollarga javob berishda.
Auditorlik tashkiloti o’z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq to’lash
tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi zarur. Auditorlik
xizmatlari uchun to’lanadigan haq ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmi va sifati bilan
aniqlanib, ularning murakkabligi, auditorlarning malakasi, tajribasi, professional obro’si va
mas’uliyatlilik darajasiga bog’liq. Auditorlik xizmatlarini reklama qilish halol, odob
doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo’lishi
lozim.
Auditorlar hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo’lishlari, ular bilan auditorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |