TADBIR KUN TARTIBI:
I.Kirish so‘zi:
O.Hamroqulova – “Mening baxt uyim” mehribonlik uyi direktori
II.“Mening baxt uyim” Mehribonlik uyi va O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolash
II. Tabrik so‘zi:
Yulduz Karimova - o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n.,
“Vodiylarni yayov kezganda…”
Hafiza Atabayeva – “Mening baxt uyim” Mehribonlik uyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
“O‘zaro ma’naviy hamkorlik - ta’lim istiqboli yo‘lida”
III. Badiiy qism:
1.“Hamid Olimjon ijodi haqida ocherk-suhbat” – Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari
2.“Shag‘irlaydi daryo betinim” – Mushoira, 103-guruh talabalari
“Jizzax – adiblar maskani” - Dilnavoz Salimova, o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi.
“Kutubxonamiz sizlarga muntazir” - Dilfuza Ahmadjonova, JDPI Axborot resurs markazi “Badiiy adabiyotlar” bo‘limi boshlig‘i
IV. Mehribonlik uyi hududi bo ‘ylab ekskursiya va fotosessiya.
ESHITILDI:
Jizzax viloyati 29-son “Mening baxt uyim” mehribonlik uyi direktori shoir, adabiyotshunos va tarjimon Hamid Olimjon tavalludi munozabati biln tashkil etilgan “Vodiylarni yayov kezganda” mavzusidagi tadbirni ochib berdi.
“Mening baxt uyim” mehribonlik uyi bilan “JDPI O’zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar belgilash va chora-tadbirlarga bag‘ishlangan hamkorlik memorandum imzolandi.
Memorandum imzolangandan so‘ng har ikki tomon tabrik uchun so‘z oldi. H.Anabayeva hamda Y.Karimova ushbu shartnomaning amalda ifoda etish yo‘lidagi rejalarni tuzib olishga kelishdilar. Mehribonlik uyi hamda O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi vakili tuzilgan hamda tasdiqlangan reja bilan har ikki muassasa xodimlarini tanishtirib o‘tdilar. Shuningdek, bugungi ilk hamkorlik uchrashuvi sifatida Hamid Olimjon tavalludiga bag‘ishlangan “Vodiylarni yayov kezganda” mavzusidagi adabiy tadbir bilan ham barcha ishtirokchi va yig‘ilganlarni tabrikladilar, shoir ijodi va faoliyatiga oid ma’ruza qildilar.
Badiiy qismga navbat e’lon qilindi. Mehribonlik uyi 7-9 sinf o‘quvchilari va jajji tarbiyalanuvchilari ijrosida kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi qoshidagi “Adabiyotshunos” to‘garagi a’zolari 103-guruh talabalari ishtirokida tayyorlangan adib qalamiga mansub mushoira hamda adabiy viktorina tadbir shukuhini ko‘tardi. Adabiy viktorinada faol qatnashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 103-guruh talabalari o‘zlari keltirgan sovg’alar bilan xushnud qildilar.
JDPI Axborot-resurs markazi xodimalari D.Ahmadjonova “Kutubxonamiz sizlarga muntazir” deb mehribonlik uyi xodimlari va tarbiyalanuvchilarini kutubxonadan foydalanishga chorlovchi nutq so‘zladi. ARM bo ‘lim boshlig‘ D.// kitoblardan tuhfa etdi.
Shundan so‘ng mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan esdalik fotolari tasvirga olindi, “Mening baxt uyim” hududi bo ‘ylab ekskursiya qilindi.
29-son Mehribonlik uyi direktori O.Hamroqulova
“O‘zbek adaiyoti o‘qitish
metodikasi kafedrasi” dotsenti Yu.Karimova
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
103-guruh murabbiysi D.Salimova
JDPI Axborot-resurs markazi
bo‘lim boshlig‘i
D.Ahmadjonova
Do'stlaringiz bilan baham: |