Dastur avtomatlashtirish jarayoni 33


Bakalavr ishining tuzilishi va hajmi



Download 4,59 Mb.
bet3/37
Sana18.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#823818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Boburjon diplom

Bakalavr ishining tuzilishi va hajmi.
Bakalavrlik ishiga kirish qismi, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Asosiy qism bakalavrlik ishining uchta bobidan tashkil topgan. Diplom ishining asosiy mazmuni 73 sahifada bayon etilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 24 nomni manbalar tashkil etadi.

I BOB. OCHIQ AXBOROT TIZIMLARIDA HUKUMAT FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA'MINLASH VA “ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMINI JORIY ETISHNING ILMIY-NAZARIY VA ME'YORIY-HUQUQIY VA ASOSLARI


Ochiq ma’lumotlardan samarali foydalanish davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirishda davlat organlari faoliyatini nazorat qilish va monitoringini olib borish imkoniyati orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun “Ochiq hukumat” konsepsiyasini amalga oshirish yoritilgan.

1.1. Ochiq axborot tizimlarida hukumat faoliyatiga oid ilmiy-nazariy, me’yoriy-huquqiy asoslari va xalqaro tajriyabalar tahlili


Ochiq axborot tizimlarida hukumat faoliyatining ochiqligi va shaffofligi shakllanishining tarixiy-tadrijiy va ilmiy-nazariy asoslari. “Ochiq hukumat” tavsifiga turli xil manbalarda turlicha yondashuvlar mavjud. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT, ингл. Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) 2016 yilda bu terminga “Demokratiya va va barqaror rivojlanishga zamin yaratuvchi, innovasiya va barqaror ijtimoiy siyosat va amaliyotga asoslangan hamda ochiqlik, davriy hisobot berish va fuqarolar ishtiroki erkinligi tamoyillariga mos bo’lgan boshqaruv madaniyati” deb ta'rif bergan. Ammo, IHRT ning ta'kidlashicha dunyodagi 49% mamlakatlarda mazkur fenomen bo’yicha kelishilgan yagona tushuncha shakllanmagan deb baho beradi. Ochiqlik va shaffoflik, shuningdek, fuqarolarning hukumatga ishonchi hamda korrupsion muhit masalalari bir-biriga ta'sir o’tkazuvchi omillar bo’lganligi sababli aholining davlat va hukumatga bo’lgan ishonchini qozonishda ochiqlik va shaffoflik me'zoni ahamiyatlidir.
Aslida hukumatning fuqarolarga nisbatan ochiq bo’lishi g’oyasi qadimgi grek davlatchiligi davriga borib taqaladi. Eramizdan oldingi 6 asrda grek elitasini himoyalash maqsadida mulkning konfidensialligi haqidagi qonunlar qabul qilingan[8]. XIII asr boshlarida, xususan 1215 yilda Angliyada davlatning fuqarolar oldida hisobot berishi tamoyilini ilgari surgan Buyuk erkinlik xartiyasi imzolangan. Bu hujjat ochiqlik va shaffoflik masalasi rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlardan biri hisoblanadi. Shvesiya konstitusiyasining 1766 yilgi tahriridayoq fuqarolar hukumatning qabul qilgan qaror va qonunlari bilan bevosita tanishish va ma'lumot olish masalalari qayd etilgan.
Yevropa uyg’onish davri namoyondalari Jon Lokk va Jan Jak Russo, absolyut monarxiyani qoralab, davlat faoliyatiga tegishli axborotni sir saqlashni tanqid qilib chiqqanlar. 1970 yilda Fransiya milliy arxivining fuqarolar uchun ham ochiqligi rasmiy tus olgan. 1989 yilda esa inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilingan bo’lib, unda davlat xarajatlaridan voqif bo’lish huquqi qayd etilgan.
XX asrda Fransuz faylasufi Anri Bergson 1932 yili davlat boshqaruvi ochiqligi va shaffofligi fenomenini mustahkamlovchi yana bir terminni – “ochiq jamiyat”[9] tushunchasini ilgari surdi. 1946 yili Birlashgan millatlar tashkiloti axborot erkinligi insonning birlamchi huquqi hisoblanishi qayd etilgan rezalyusiyasini qabul qiladi, 1948 yili esa Amerikaning inson huquqlari va majburiyatlar deklaratsiyasi imzolanadi. 1957 yili Vashington universitetining qonunlar sharhi jurnalida Uolles Parks o’zining “Ochiq hukumat tamoyili: Konstitusiyadagi huquqlardan foydalanish va qo’llash” maqolasini chop etadi. Unda muallif bir qator partiyalarning hukumat faoliyatiga doir axborotlarni oshkor etishni va'da berganliklari, ammo bu va'da bajarilmaganligi haqida tanqid qiladi.
1960 yillarda esa Karl popper o’zining mashxur “Ochiq jamiyat va uning dushmanlari”[10] asarini chop etadi va ochiq hukumat tushunchasi ochiq jamiyat tushunchasi bilan uyg’unlashadi va bir-birini to’ldiradi. 1966 yili AQShda Axborot erkinligi to’g’risida qonun qabul qilinadi. 1970 yillarda Amerikalik Daniel' Ivestr, Britaniyalik olim Donal'd Vreyt singari olimlar hukumatning keng jamoatchilikdan axborotni sir saqlashi bilan bog’liq maqolalarini chop etadilar.
1979 yil Yevropa Kengashi №854 tavsiyasini e'lon qiladi. Unda korrupsiya va davlat mablag’larini talon-taroj qilish ustidan nazorat mexanizmlarini joriy etish maqsadida, fuqarolari hukumat faoliyatiga doir axborotga to’la ega bo’lgan parlamentlargina demokratik organ sifatida tan olinishi haqida qayd etiladi. 1983 yilga kelib Daniya, Fransiya, Gollandiya, Norvegiya va Shvesiya davlatlarida axborot erkinligi huquqi rasmiylashtirilgan qonunlar paydo bo’ladi. 1987 yilda britaniyalik siyosatshunos Richard Chapman tomonidan “ochiq hukumat” mavzusi atroflicha tavsiflab chiqilgan ilmiy ishini [11] chop ettiradi. 1990 yillarda Amerikalik faylasuf Aleksandr Maykljon komp'yuter va internetning yaratilishi axborot saqlanuvchi ma'lumotlar bazalarining ko’payishi hukumat faoliyati ochiqligi va shaffofligiga ijobiy ta'sir ko’rsatishiga umid va bashorat qiluvchi maqolalarini chop etadi.
Yevropa Ittifoqi shakllanishini tartibga soluvchi birlamchi hujjatlarda ham uning faoliyati ochiqligini ta'minlash me'zonlariga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Xususan, 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasi tarkibida Deklaratsiya qabul qilingan bo’lib, unda axborot olish imkoniyati va huquqi mustahkamlab qo’yilgan va bu Yevropa Ittifoqi siyosiy institutlarining demokratik xarakterini tavsiflovchi omil sifatida baholangan.
1995 yilga kelib, o’z faoliyati ochiqligi va shaffofligini namoyon etuvchi rivojlangan davlatlarida butun jahon Internet tarmog’i keng tarqala boshlaganidan so’ng, ochiq ma'lumotlar bazalarini shakllantirish udumga kira boshladi. Bu esa o’z o’rnida davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlarini maksimal darajada qo’llash katta samara berishini ko’rsata boshladi. 2001 yilda “Ochiq hukumat” xalqaro hamkorlik faoliyati avj oldi va unga a'zo bo’lgan 67 ta davlatda mazkur tamoyilni joriy etishga ko’maklasha boshladi. 2015 yilga kelib Yevropa Ittifoqidagi jami 28 ta davlat zamonaviy AKT orqali “ochiq hukumat” tamoyilini o’z faoliyatlarida to’la qo’llay boshladi. Shu o’rinda rivojlangan davlat tajribasiga e'tibor beradigan bo’lsak, elektron boshqaruv ya'ni Elektron hukumat tizimini tashkil etish va bu sohada huquqiy bazani yaratish bo’yicha 2000 yillarda xalqaro darajada faol amaliy harakatlar boshlanganini kuzatishimiz mumkin. Chunki, 2000 yil Okinavada - “Katta sakkizlik” davlat rahbarlari sammitida «Global axborotlashgan jamiyat Okinava xartiyasi» qabul qilinib, unda samarali ommaviy boshqaruvni tashkil etish, davlat va fuqarolik jamiyati o’rtasida o’zaro aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yishda zamonaviy AKT muhim omil ekanligi ta'kidlandi. 2013 yilda esa "Katta sakkizlik" sammitida Xalqaro ochiq ma'lumotlar Xartiyasi (keyingi o’rinlarda – Xartiya) qabul qilindi. Xartiyaning asosiy maqsadi – ishtirokchilarning axborotning ochiqligi, mavjudligi va inklyuziv rivojlanishiga intilishini ifoda etuvchi prinsiplarga muvofiq siyosiy o’zgarishlarga chidamliligini oshirish uchun hukumatlarda ochiqlik madaniyati va amaliyotini joriy etish ekanligini ko’rsatib o’tdi. Xartiyada bayon etilgan asosiy qoidalar - bu ma'lumotlarning ochiqligi, ularni o’z vaqtida mashinada o’qiydigan formatda taqdim qilinishi, shaffoflik va dasturchilar uchun ochiq ma'lumotlarga tayanib dasturiy ta'minot va ilovalar yaratish sharoitlarni ta'minlash majburiyatlaridan iborat. Shuningdek, [20] manba ilovasida ma'lumotlarni oshkor qilishning 14 ta ustuvor yo’nalishlari keltirilib va ular quyidagilardan iborat: Kompaniyalar ochiq ma'lumotlari, huquqbuzarlik va sud tizimi, Atrof muhitni kuzatish, Ta'lim sohasi, Energetika va atrof-muhit, ekologiya, Moliya va shartnoma masalalari, Geomuhit ma'lumotlari, Xalqaro rivojlanish, Hukumatning hisobdorligi va demokratiyasi, Sog’liqni saqlash, Fan va ilmiy-tadqiqot, Statistikalar, Ijtimoiy harakatlanish va farovonlik, Transport va infratuzilma. Hozirgi kunda, Ochiq hukumat ma'lumotlari mafkurasi dunyoning eng yirik davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, masalan Open Government Partnership (OGP), International Budget Partnership (IBP), World Wide Web Consortium (W3C), The World Bank Group (Jahon Banki), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (ОЭСР), Open Knowledge Foundation (OKF) va boshqalar.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish