Dastulashda ma’lumotlar tuzilmasining o’rni va ahamiyati



Download 0,52 Mb.
bet2/4
Sana03.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#633339
1   2   3   4
Bog'liq
Algoritmlar Umarov

Array (Massiv)
Array eng oddiy va eng keng qo’llaniladigan chiziqli ma’lumot tuzilmasi. Ko’p holatlarda array o’lchami oldindan aniqlangan va undagi ma’lumotlar bitta tipga tegishli bo’ladi (int, string, Student, Employee…). Arrayni ishlatishdan oldin quyidagi terminlarni tushunish kerak bo’ladi:
Element — arraydagi saqlanayotgan narsalar element deb ataladi
Index — elementlarning arraydagi joylashgan tartib raqami

Ko’plab dasturlash tillarida indeksatsiya 0 dan boshlanadi va oxirgi element indeksi array hajmidan 1 taga kichik bo’ladi. Bundan tashqari array bir o’lchamli (one dimensional) va ko’p o’lchamli (multi dimensional) bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilar biroz rasmiyroq ma’lumotlar edi. Endi oddiyroq tilda tushuntirishga harakat qilaman. Biz dasturda array e’lon qilgan paytimiz kompyuter uning uzunligi va bitta element hajmiga qarab xotiradan ketma-ket kelgan joyni ajratadi va elementlarni shu joylarga tartib bilan joylashtiradi. Taxminan quyidagi ko’rinishda


Aynan shunday joylashish sababli, dastur faqat birinchi elementning xotiradagi adressini eslab qolsa bo’lgani qolgan istalgan element indeksini bilgan holda uning xotiradagi adressini dastur osongina hisoblab oladi. Shu sababli arrayda ma’lumotni o’qib olish tez amalga oshadi.
Lekin, agar bizga birinchi aytilgandan ko’proq element qo’shish kerak bo’lib qolsa, muammo kelib chiqadi. Chunki biz hamma elementlarni boshqa ketma-ket kelgan joyga ko’chirishimiz kerak bo’ladi. Yoki xuddi shuningdek, agar biz array boshiga element qo’shishimiz kerak bo’lib qolsa ham biz hamma elementlarni surib chiqishimiz kerak bo’ladi. Biz birinchi elementning xotiradagi adressini o’zgartira olmaymiz. Shuning uchun, arrayda ma’lumot qo’shish va o’chirish sekin amalga oshadi.


C++ dastulash tilida ma’lumotlar.
C++ da ma’lumot turlari ikki kategoriyaga bo’linadi: fundamental va murakkab ma’lumot turlari.
Quyidagi ma’lumot turlari fundamental turlar hisoblanadi:
, Bu tur tugallanmaydigan (ya’ni, bu tur bilan obyekt, massiv va adres (reference, ссылка) lar e’lon qilinmaydi va aniqlanmaydi) ma’lumot turi hisoblanib hech qanday qiymat qabul qilmaydi. Lekin bu tur bilan ko’rsatgichlar e’lon qilinishi va aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari bu tur qiymat hosil qilmaydigan funksiyalarni e’lon qilish va aniqlashda foydalanilishi mumkin. Masalan, quyidagilar to’g’ri hisoblanadi:

std::nullptr_t (C++ 11 dan boshlab). Bu tur nol ko’rsatgich nullptr ning turi hisoblanadi, ya’ni nullptr std::nullptr_t ma’lumot turiga ega. 0 yoki nullptr qiymatlarini qabul qiladi. Hajmi sizeof(void*) ga teng. Misol:

Mantiqiy ma’lumotlar, o’zgaruvchilar turi. Faqat true va false qiymatlarini qabul qiladi. Hajmi kompillyatorga bo’g’liq, lekin kamida 1 bayt. Misol:

char, signed char, unsigned char. Bular belgilar turlari bo’lib, uchchalasi alohida turlar hisoblanadi. Uchchalasi bir xil hajmga ega va 1 baytga teng. char asosan belgilar to’plami, satrlar hosil qilishda foydalaniladi. U kompillyatorga bog’liq ravishda signed char yoki unsigned char bilan aynan bir xil bo’ladi. Shuning uchun -128 dan 127 gacha yoki 0 dan 255 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. signed char kichik hajmli, ishorali butun sonlar talab qilinganda foydalanilishi mumkin va -128 dan 127 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. unsigned char kichik hajmli, ishorasiz butun sonlar talab qilinganda foydalanilishi mumkin va 0 dan 255 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. Misol:

char16_t (C++ 11 dan boshlab). Unicode formatidagi belgilar uchun ishlatiladi. Qiymatlari uchun UTF-16 belgilar to’plami foydalaniladi. Hajmi kompillyatorga bog’liq, lekin kamida 2 bayt. Misol:

char32_t (C++ 11 dan boshlab). Unicode formatidagi belgilar uchun ishlatiladi va UTF-32 belgilar to’plami foydalaniladi. Hajmi kompillyatorga bog’liq, lekin kamida 4 bayt. Misol:

wchar_t. Unicode formatidagi belgilar uchun ishlatiladi va UTF-16 yoki UTF-32 belgilar to’plami foydalaniladi. Hajmi kompillyatorga, ya’ni foydalanilgan belgilar to’plamiga bo’g’liq. Misol:

int. Butun sonlarning asosiy (базовый) turi hisoblanadi. Uning hajmi kamida 2 baytga teng. Lekin 32/64 bit arxitekturali tizimlarda uning hajmi kamida 4 bayt. Bu tur o’zgartirgich (модификатор) lar bilan birga ishlatilishi mumkin. Quyidagi o’zgartirgichlar mavjud: signed, unsigned (ishorasini belgilaydi) va short, long, long long (hajmini belgilaydi). Demak, short, short int, signed short, signed short int lar aynan bir xil bo’lib, ishorali butun sonlar turi hisoblanadi. Hajmi kamida 2 bayt va -32768 dan 32767 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish