Albert musiqa shaydosi
Albert olti yoshga to’lganida onasi Povlina unga skripga sirlarini o’rgata boshlaydi.Pavlina o’z his-tuyg’ularini suyukli o’g’li bilan baham ko’rishni xush ko’rardi.Hatto, maxsus skripka o’qituvchisini ham yollaydi.Albertni bu mashg’ulotlarga ishtiyog’i bo’lmasada,talabchan ona, uni o’rganishga undashda davom etaveradi.Oradan biroz vaqt o’tib,u musiqani emas balki notalarni yod olishni jini suymasligini aytgan edi.U buyuk kompozitorlar Motsart va Betxovenlarning maftunkor asarlarini tinglaganida skripkaga maftun bo’lib qolardi.Borgan sari uning musiqaga bo’lgan muhabbati ortib boraveradi va skripka unga butun umri davomida hamrohlik qiladi.Ulg’ayib voyaga yetganida,do’stlari undan skripka chalib berishini iltimos qilishi odatiy holga aylanib qolgandi…
Do'stlaringiz bilan baham: |