Eng oily mukofot
Eynshteyn Yaponiya safari chog’ida asrga tatigulik xabar eshitadi. U 1921 – yildagi fizika bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan edi. Shvedsiya ilmiy tadqiqot akademiyasi uning yorug’lik to’g’risidagi ixtirosi uchun mukofotlagandi, bu kashfiyot esa 1905 – yildayoq amalga oshirilgan edi. Buning sababi siyosat bilan bog’liq bo’lib, uning yahudiy millatiga mansubligi go’yoki Germaniya uchun tahdid edi. Shuning uchun uni taqdirlash ham ehtiyotkorlikni talab qilgandi. Nobel mukofotining nizomiga ko’ra, mukofot insoniyat uchun har tomonlama foydali bo’lgan ixtirolar uchun berilishi kerak. Uning nisbiylik nazariyasini odamlar tushinmasdi yoki uni amalda qo’llanishidan qo’rqishardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |