Ichki qurilmalar bilan muloqot almashivu uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud.
Umumiy portlarga printer, sichqoncha ulanish mumkin. Umumiy portlar ikki xil bo‘ladi: paralell - LTP1-LTP4 bilan belgilanadi va ketma-ket -COM1- COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi.
Monitor (displey) – matn yoki grafikli ma’lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. U ikki xil rejimda ishlashi mumkin: matnli va grafikli.
Matn rejimida displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustun 25 satrga bo’linadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin xarflari, sonlar va yordamchi belgilar
- ~ ! @ # $ % ^ & * ( ) _ Q | { } ? G’ ; : , < . > bo’lishi mumkin.
Grafik rejimda ekranga matnli ma’luotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar xam chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o’lchamga ega bo’ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar to’plamidan iborat. Masalan, 640x200 imkonyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi.Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |