Bobur portreti. 1969.
Rassomning ko‘p yillik tinimsiz mehnati natijasida yaratilgan Bobur portreti olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Beruniy tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan 1973 yilda Beruniyning eng yaxshi portreti uchun e’lon qilingan tanlovda Malik Nabievning ishi birinchi mukofotni oldi. Bu portret YuNESKO ning ― Kur’er jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarining ko‘pgina jurnal va gazetalarida ham berildi.
M.Nabiev ijodida 1994 yilda yaratilgan ― Amir Temur portreti asosiy o‘rinni egallaydi. Bu asarda chizish istagi 1941-yilda sohibqiron go‘ri ochilib uning kalla suyagi olingani hamda bu asosda Amir Temurning haykalini rus haykaltaroshi M.Gerasimov tomonidan ishlashga kirishilgan paytdan boshlangan edi deb eslaydi rassom. Sohibqironning bosh suyagini tarix muzeyida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan M.Nabiev uning portretini ishlashga kirishadi.
Buyuk shaxsni portretini ishlash qanchalik ma’suliyatli va murakkab bo‘lganligini bilgan rassom bunga ellik yildan ortiq vaqt sarfladi. Bu davrda u Xindiston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarning muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan Amir Temur hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘jaz rangtasvir asarlarini, u xaqida yaratilgan ko‘plab adabiyotlarni o‘rgandi.
Beruniy portreti. 1973.
Oxir oqibatda davlat arbobi, harbiy qo‘mondan obrazini realistik tarzda zo‘r mahorat bilan yaratishga muvaffaq bo‘ldi. 1994 yilda eng yaxshi yaratilgan Amir Temur obrazi uchun e’lon qilingan tanlovdan M.Nabievning bu asari bosh mukofatga sazovor bo‘ldi.
Amir Temur portreti. 1994.
Malik Nabiev yana Ibn Sino, Jomiy va Navoiy, ar-Roziy, Rudakiy, al-Xorazmiy kabi bir qancha yirik arboblar, olim, shoir, mutafakkirlarning obrazlarini jonli tasvirlaydi.
“Hayotda o‘z qo‘shig‘ini topa olgan, uni betakror ohangda ko‘pchilikka manzur qilib kuylay olgan san’atkorni baxtli desa bo‘ladi”, ― deb ta’kidlagan edi taniqli rassom O‘rol Tansiqboyev. Rassom Malik Nabiyev hayoti va ijodi davomida O‘.Tansiqboyev ta’kidlaganidek, nafaqat o‘z ovoziga, balki baxtiga ham erishgan ustoz san’atkor darajasiga ko‘tarildi. Ijodkorning sermaxsul ijodiy faoliyati xukumat tomonidan munosib taqdirlanib, unga “Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni berilgan.
“Dastgohli rangtasvir sohasida ijod qilgan buyuk namoyandalar” mavzusi 6-sinf tasviriy san’at darsligida bor. Bu mavzuda buyuk rassomlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berilgan. Bu mavzu orqali o’quvchilarda vatanparvar, milliy g’urur, iftixor kabi tuyg’ularni shakllantiradi. M.Nabiyevning asarlari orqali o’quvchilar buyuk bobolarimizning siymosi, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi. “Dastgohli rangtasvir sohasida ijod qilgan buyuk namoyondalar” mavzusidagi dars mashg’ulotlarida “inavatsion texnalogiyalar”dan hamda turli metodlar, ya’ni “BBB”, “Baliq skleti”, “Tarmoqlash”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Charxpalak”, “Aqliy hujum”, “Blits-so’rov”, “Zinama-zina”, “Tushunchalar tahlili” kabi metodlardan foydalanish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |