Bog'liq DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. QADAMLI SURISH YURITMALARI. Reja- 1.DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. 2. QADAMLI SURISH YURITMALARI.
DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. QADAMLI SURISH YURITMALARI. Reja: 1.DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. 2. QADAMLI SURISH YURITMALARI.
DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING
KLASSIFIKATSIYASI.
Dastgoh ishchi organining harakatini ta’minlovchi mexanikaviy, elektrik,
gidravlik, elektron va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tuzadi. Vazifasiga
qarab dastgohlarda bosh harakat, surish va yordamchi harakat yuritmalari mavjud.
Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi.
Surish harakatlari yuritmalari zagotovka yoki kesish asbobni kesish
zonasi ichida harakatini ta’minlab beradi.
Yordamchi yuritmalar zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning
yordamchi harakatlari, asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish
suyuqliklarni uzatish va boshqa harakatlarni ta’minlaydi.
Har bir yuritmaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq.
Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (Ne = const) ta’minlab berish
talab etiladi, chunki shpindelning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab
etadigan kuchli kesish amalga oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik
kesish kuchni talab etadigan toza ishlov berish bajariladi. Bunda SHpindelning
chastotalarini rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D shp ≈ 100).
Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab
etiladi (M = const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi
organning surilishi chog’idagi ishqalanish kuchlarni yengishga sarflanadi. Surish
yuritmalaridan o’ta keng surishlar diapazonini (Ds ≥ 10000) ta’minlab berish
talab etiladi, chunki raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda minimal
surilish boshqarish diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi.
Yuritma tomonidan faqat har bir diskretani amalga oshirish orqali yuqori aniqlik va
yuzaning tozaligiga erishish mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez
harakatlarni yuqori tezlikda amalga oshirishi va tezlikni olish hamda to’xtashda tez ishlaydigan bo’lishi kerak.
Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta
rostlash diapazoni va tez ishlash ko’p holatlarda talab etilmaydi.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik,
pnevmatik va elektrik yuritmalar qo’llanishi mumkin.
Mexanikaviy yuritma qo’pol bo’lib, rostlash ravonligini ta’minlab bera
olmaydi, baland tovush chiqaradi, dastgohning konstruktsiyasini
murakkablashtiradi. Lekin mexanikaviy yuritma yordamida doimiy quvvat bilan
rostlanishga oson erishiladi. SHuning uchun dastgohlarning bosh harakat
mexanizmlarida shunday yuritmalar ko’p uchrab turibdi.
Gidravlik yuritmalar keng diapazonda rostlanishni ta’minlay oladi, surish
mexanizmlarida aylanma harakatini ilgarilama harakatiga aylantirish talab
etmaydi, gidravlik dvigatellar tez ishlash qobiliyati va nisbatan kichik gabarit
o’lchamlarga ega. Lekin gidravlik yuritmalarni ishlashi uchun katta o’lchamli va
baland tovush bilan ishlaydigan gidrostantsiyalar mavjud bo’lishi kerak. Gidravlik
yuritmalar puxta qarovni talab etadi. Gidrodvigatellar cheklangan quvvat va
momentlarga ega. Ushbu foydalanish kamchiliklar tufayli raqamli dastur bilan
boshqariladigan dastgohlarda gidravlik yuritmalar elektrik yuritmalar bilan keng
ravishda almashtirilmoqda.
2. QADAMLI SURISH YURITMALARI.
Surish harakati yuritmalariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Ishlov berish rejimini ta’minlash, aniq uzatish sonlar diapazonini hosil
qilish;
2. Yuritmalarning kinematik va kuch xarakteristikalari ishlov berishda talab etilgan surishlar va kuchlarni ta’minlab berishi lozim;
3. Yuritmaning talab etilgan surishlar diapazonini (D = Smax /Smin)
ta’minlab berishi uchun
yuritma mexanizmlari minimal darajadagi oraliqlar (zazor) bilan tayyorlanishi
lozim;
4. Surish yuritmalari tezlanishning maksimal qiymatini ta’minlash kerak;
5. Yuritma mexanizmlarida ishqalanish kuchlarini kamaytirish, turli
holatlarda harakat
ravonligini ta’minlash (kichik tezliklarda, tezlikni sakrama o’zgarganda, katta
inertsiya
massalarida va hokazo);
6. Yuritma mexanizmlarini rezonans holatiga kelishiga yo’l bermaslik;
7. Mexanizmlar yeyilishini va qizib ketishini kamaytirish