Duradgorlik xonasi qanday bo`lishi kerak
Duradgorlik ustaxonasi binoning birinchi qavatida, yaxshi yoritilishi kerak. Gigienik nuqtai nazardan, ustaxonani yarim podvalda yoki podvalda joylashtirish qat'iyan man etiladi.duradgorlik xonasiga qo'yiladigan maxsus talablardan biri - bu yaxshi tabiiy yorug'lik, isitish va shamollatishdir. Eng muhimi, ustaxonada xavfsizlik qoidalariga rioya qilishdir. Xonada yong'in xavfsizligiga alohida e'tibor berilishi kerak. Buning sababi shundaki, yog'och chiplari tezda yonib ketadi. Shuning uchun, elektr isitgichlar pechda alohida o'rin egallashi kerak.
Yog`ochga ishlov berish jihozlari
Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta,brus , faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar ) buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema } tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari,eshik ,mebel ) tayyorlanadi. Yog`ochga iishlov berish jihozlari bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bn), jilvirlar va boshqalar kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, ishlab chshiqarish korxonalarida qoʻllaniladi.
Mexanik Yogochga ishlov berish jihozlari.
Mexanik Yog`ochga ishlov berish jihozlariga asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va b.dan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (mas, plitalar) ishlab chiqishda foydalanish mumkin
Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va b. tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish sta nokl ar i changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi. Koʻp qatlamli fanerlar, yogʻoch plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchun yogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |