Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Surdopsixologiya fanidan rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlar butun kurs mazmunini qamrab olgan. Uning mazmuni eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida ta`lim-tarbiya jarayoni mazmuni, maxsus psixologiya pedagogiko-psixologik fan sifatida ekanligi yoritiladi. Unda surdopsixologiyaning rivojlanish bosqichlari, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar pedagogik tasnifi, ta`lim tizimi, ta`limni tashkil etish shakllari metodlari va tarbiya usullari yoritiladi. Amaliy mashg’ulotlar auditoriyada va maktablarda tashkil etiladi. Auditoriyaga mo’ljallangan amaliy mashg’ulotlarda maxsus ta`lim jarayonining o’ziga xosligi, ta`lim usullari va tashkil etish shakllari, tarbiya usullari tahlil qilinadi.
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Maxsus maktab o’quvchilar tarkibi bilan tanishtirish. o’quvchilarni maishiy, o’yin va o’quv faoliyati jarayonida kuzatish, o’rganish. O’quvchilarning shaxsiy ishlari bilan tanishish. Olingan ma`lumotlarni tahlil qilish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar shaxsining shakllanishi, rivojlanishi. Muammo yuzasidan o’rganilgan adabiyotlarni tahlil qilish. Bolaning rivojlanish davrlarini o’rganish.
Surdopsixologiyada eshitish nuqsonini kompensatsiya qilish masalasi. Muammo yuzasidan surdopedegog, surdopsixologiya olimlarning izlanishlanishlari bilan tanishish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar diqqatining o’ziga xosligi.
O’quvchilar diqqatining xossalari, turlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganish diqqatini jalb qilish usullari va diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chirish, turg’un ixtiyoriy diqqatni shakllantirish usullari va yo’llarini o’rganish maqsadida dars jarayonida o’quvchilarni kuzatish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar shaxsining o’ziga xosligi.
Turli xil faoliyatlarda kuzatish orqali kar va zaif eshituvchi bolalar shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini o’rganish. O’quvchilar, tarbiyachi va o’qituvchilar bilan atroflicha suhbatlar uyushtirish. O’quvchiga psixologo-pedagogik tavsifnoma berish.
Talabalar tomonidan to’plangan materiallar, tuzilgan psixologo-pedagogik tavsifnomalarni atroflicha tahlil qilish.
Maxsus maktab o’quvchilar tarkibi o’rganish, psixologik tavsifnoma berish. Eshitish nuqsoni muammosi, uning kelib chiqish sabablari, R.M.Boskis, Z.Neyman tavsiflarini o’rganish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar shaxsining rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. SHaxsni atroflicha tekshirish usullarini o’rganish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning hissiy iroda sferasini tekshirish va natijalarni psixologik tahlil etish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgi va idrokini tekshirish yo’llarini o’rganish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar xotirasini tekshirish vositasini aniqlash va tahlil qilish.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar tafakkurini tekshirish usullari va rivojlantirish vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |