Daryolar 1)Daryo sistemasi,gidrografik to’r. 2)Suvayrg’ichlar,daryo havzasi va suv to’plash maydoni. 3)Daryo vodiysi va o’zani. 4)Daryolar suv rejimining elementlari. 5)Daryolar suv rejmining davrlari. 6)Daryolarning to’yinish manbalari. Daryo deb,havzaga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan yerusti va yer osti suvlari hisobiga to’yinib, tabiiy o’zanda oquvchi suv massalariga aytiladi. - O’z suvini okeanlarga,dengizlarga va ko’llarga quyadigan daryo bosh daryo deyiladi.Bosh daryolar qanday suv havzasiga quyilishiga bog’liq holda 2 guruhga bo’linadi: 1)Okean daryolari – bunday daryolar okean yoki okean bilan tutash bo’lgan dengizlarga quyiladi.Masalan:Amazonka,Amur,Don,Dunay,Lena,Nil va hokazo. 2)Kontinent daryolari – berk havzalardagi degiz yoki ko’llarga quyladi yoki ulargacha yetib bormasligi mumkin.Masalan:Amudaryo,Sirdaryo,Ural,Volga va boshqalar. Bosh daryoga quyiladigan daryolar unung irmoqlari deyiladi.Irmoqlar bosh daryoga qay tartibda quyilishiga qarab tiplarga bo’lindi.Bosh daryoga bevosita quyiladigan daryolar birinchi tartibli irmoqlar,birinchi tartibli irmoqlarga quyiladigan daryolar ikkinchi tartibli irmoqlar hisoblanadi.Bosh daryo va uning irmoqlari qo’shilib daryo sistemasini tashkil qiladi.Ma’lum bir hududdagi daryolar,irmoqlari,buloqlar,ko’llar,botqoqliklar,muzliklar,doimiy qorliklar shu hududning gidrografik to’rini hosil qiladi.
Yer sirtiga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan suvni ikki qarama-qarshi yo’nalishdagi yonbag’rlar bo’yicha taqsimlaydigan eng baland nuqtalar o’rni jahon suvayirg’ich chizig’ini hosil qiladi. - Yer kurrasining quruqlik qismiga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan yuza suvlarni jahon suvayirg’ich chizig’I quyidagi ikki yo’nalishda taqsimaydi: 1.Tinch-Hind okeanlari yo’nalishida; 2.Atlantika-Shimoliy Muz okeanlari yo’nalishida; Jahon suvayirg’ich chizig’i Janubiy Amerikadagi Gorn burnidan boshlanib,And,Kordilera tog’laridan Bering bo’g’oziga,undan Chukotka tizmalari,Anadir yassitog’lari,Gidan,Stanovoy,Yablonovoy,Markaziy Osiyo tog’liklari,Tyanshan,Pomir,Kopettog’,Arabiston yarim orolining shimoliy qismi, Afrikada esa meridian yo’nalishi bo’yicha o’tadi. Jahon suvayirg’ich chizig’idan tashqari nisbatan kichik o’lchamlardagi quyidagi suvayirg’ichlar mavjud. Ichki suvayirg’ichlar – materiklarga yoqqan yo’g’inlardan hosil bo’lgan suvni okeanga tutash va berg havzalar bo’yicha taqsimlaydi.Orol-Kaspiy berg havzasini chegaralaydigan suvayirg’ich chizig’ ichki suvayirg’ich chizig’iga misol bo’ladi.
Okean va dengiz suvayirg’ichlari – suvni okeanlar va dengizlar havzalari bo’yicha taqsimlaydi. Daryo suvayirg’ichlari – daryolar suv to’playdigan havzalarni bir-biridan ajralib turishini taminlaydi. - Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va suvayirg’ich chiziqlari bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi. Daryo sistemasi suv yig’digan maydon suv to’plash maydoni deyiladi.
Daryo vodiysi va uning elementlari .Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga keladi.U daryoning boshlanishidan quyi oqimi tomon ketgan yassi yonbag’irlari va nishabligi bilan xarekterlanadi har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo’ladi: - - daryo o’zani – vodiyning oqar suv egallagan qismi; - qayir – daryoda toshqin yoki to’linsuv bo’lganida vodiyning suv bosadigan qismi; - talveg – daryo uzunligi bo’yicha o’zandagi eng chuqur nuqtalarni birlashtiradigan egri chiziq; - vodiy tubi – daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi; - terassalar – yonbag’irlardagi gorizontal yoki biroz qiyalikka ega bo’lgan maydonchalar; - yonbag’irlar – vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryga qarab qiya joylashgan maydonlar; - vodiy qoshi – vodiy uzunligi bo’yicha yonbagirlarning eng yuqori nuqtalarin itutashtiruvchi chiziq.
Daryoda oqayotgan suv miqdori,ya’ni suv sarfi,suv yuzasi sathining holati, uning oqish tezligi,harorati,erigan moddalar oqimi miqdori va boshqa omillar ta’sirida vaqt bo’yicha o’zgarib turadi.Daryoda mana shu qayd etilgan elementlarning bir-biriga bog’liq holda o’zgarishi unung suv rejmini ifodalaydi. - Suv sarfi(Q) deb,daryoning ko’ndalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan suv miqdoriga aytiladi.U m3\s yoki L\s larda ifodalanadi
Daryolar suv rejmining yillik o’zgarishini bir necha xarekterli qismlarga – ko’p suvli,ya’ni to’linsuv,kam suvli va toshqin davrlarigaajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan suv rejmi davrlari deb ataladi. - Masalan,tekislik hududlarida quyidagi to’rt davr kuzatiladi;bahorgi to’linsuv davri(polovode),yozgi kam suvli davr(yozgi mejen),kuzgi toshqin davri(pavodok),qishki kam suvli davr(kuzgi mejen).Ba’zi tekislik daryolarida kuzgi tishqin davri kuzatilmasligi mumkin,yozgi to’linsuv davri uzoq muddatga cho’ziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr kuzatilmaydi.
Daryolar to’yinishining asosiy manbayi atmosfera yog’inlaridir.Yomg’ir ko’rinishida tushgan yog’inlar Yer yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar yo’yinishining bevosita manbai hisoblanadi. - Daryolar to’yinishining to’rt manbai mavjud: - yomg’ir suvlari; -mavsumiy qor qoplamining erishidan hosil bo’lgan suvlar; -muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suvlar; -yer osti suvlari;
O’rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga kata hissa qo’shgan olim V.L.Shulst 1944-yilda hudud daryolarining to’yinish manbalariga ko’ra tasnifini ishlab chiqqan.Unda qayd etilishicha,O’rta Osiyo daryolarining umumiy to’yinishida qor suvlaari boshqa manbalar – muzlik,yomg’ir suvlari va yer osti suvlariga nisbatan ustun turadi. - V.L.Shulst ,asosan yer osti suvlaridan to’yinuvchi kichik daryolarni hisobga olmagan holda,O’rta Osiyo daryolarini quyidagi to’rt turga bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |